К содержанию
РецензированоUZ2025

NUTQIDA OG‘IR NUQSONI BOR BOLALARDA BOG‘LANGAN NUTQNI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI

Abdullayeva Ra’noxonNodirjon qizi · ORCID ID: ---X · NUTQIDAOG‘IRNUQSONI BORBOLALARDA BOG‘LANGAN NUTQNI · RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI

ИКРО журнал · 14 · 2025

Аннотация

This article describes the development of speech in children with severe speech defects and the characteristics of the child's activity, the process of forming speech skills, as well as the observed violationsof articulation, voiceand mental abilities. Keywords:speech, dysarthria, cognitiveactivity, tool,ability, method. KIRISH. Inson til boyliklarini egallab borgani sari umri davomida o‘z nutqini ham shakllantirib boradi. Har bir davr uning nutqiy rivojlanishiga muayyan yangiliklarni kiritib boradi. Nutqni egallashning muhim pog‘onalari bolaning maktabgacha bo‘lgan davriga to‘gri keladi. Nutq kishilarning tug‘ma qobiliyati bo‘lmay, bolalar o‘sib, rivojlangan sayin nutq ham asta-sekin shakllanib, mukammallashib boradi. Bolalar nutqining maromida bo‘lishi uchun bosh miya po‘stidagi nutq markazi to‘liq rivojlangan bo‘lishi, ularning sezgi a’zolari: eshitish, ko‘rish, ta’m bilish, hid bilish, teri sezgisi ham yetarli darajada rivojlangan bo‘lishi kerak. Chunki sezgi a’zolariatrof-muhit bilan uzviy bog‘langan bo‘ladi. Agar bola yangi taassurotlar olib turmasa, uning harakatlari va nutqi uchun sharoit yaratib berilmasa, bolaning jismoniy va ruhiy rivojlanishi tormozlanadi. Sog‘lom bola ilk yosh davrida ehtiyojini guvranish, gugulash kabi nutqning sodda ko‘rinishi, bir yoshlariga kelib esa dastlabki so‘zlar orqali qondiradi. Uning nutqi dastlab atrofidagi kattalarning nutqiga taqlid qilishasosida rivojlanadi. Dastlab bolao‘zxoxish va fikrlarini aniq grammatik tizimdan mustasno bo‘lgan alohida so‘zlar yordamida ifoda etsa, 2 yoshlarga yaqin nutqi til tizimi, uning qonuniyatlariga asoslangan holda tarkib topa boshlaydi. U til tarkibiga oid hech qanday qonun-qoidalarni bilmasada, so‘zlarni hech bir xatosiz turlaydi, tuslaydi, so‘z birikmalarini tuza oladi, xatto-ki, so‘z birikmalari qonunlariga mos ravishda mutlaqo yangi so‘zlarni tuzadi. U tilning murakkab tizimini eshitish yordamida o‘zlashtiradi: talaffuz malakalari –ko‘pgina so‘zlarning tovush tarkibini, ulardan foydalanishni o‘zlashtiradi, so‘zlar va www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 14,issue02,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 gaplarning grammatik jihatdan o‘zgarib borishi va hosil bo‘lishi bilan bog‘liq holda yuzaga kelayotgan ma’nolarning mazmunini tushuna boshlaydi. Nutq dastlab ijtimoiy hodisa, muloqot vositasi sifatida yuzaga kelgan bo‘lsa, asta-sekin atrof olamni anglash, faoliyatni rejalashtirish vositasiga aylana boradi. Bola ulg‘aygan sari murakkab bo‘lgan tilbirliklarini egallaydi: lug‘atni, frazeologik birikmalarni o‘zlashtiradi, so‘z tuzilishi, so‘z o‘zgarishi va so‘z birikmasi, shuningdek, turli-tuman sintaktik birliklar qonuniyatlarini egallab boradi. Tilning ushbu vositalaridan u murakkablashib borayotgan bilimlarini o‘zgalarga yetkazish, faoliyati jarayonida atrofini o‘rab turgan insonlar bilan muloqotga kirishish uchun foydalanadi. Nutqni tushunish, bola hali so‘zlamasdan avval sodir bo‘lib, o‘z rivojlanishida turli bosqichlar hajmiga ko‘ra o‘sib borish va sifat jihatdan o‘zgara boruvchi jarayonlarni bosib o‘tadi. Nutqni tushunish deb ataluvchi jarayon tovush signaliga nisbatan reaksiya berish emas, balki uning ma’nosiga bo’lgan munosabatni bildiradi. 2-3 yoshdagi bolaning faol nutqi uning tajribasidan kelib chiquvchi va muloqot doirasidagi nutqdan iborat bo‘lsa-da, uning nofaol nutqi nafaqat undovchi (topshiriqli) nutqni idrok etishni, balki atrof olamni idrok etish vositasi bo‘lgan hikoya-nutqni ham tushunish imkonini beradi. 2 yoshga kirgan bolaning faol lug‘at zahirasi 250-300 so‘zni tashkil etadi. Bu davrda bolaning ma’noli nutqi ham rivojlanib boradi. U fikrlarini bir necha so‘zlardan iborat bo‘lgan sodda gap orqali yetkazishga erishadi. 3 yoshga kirgan bolaning faol lug‘atining tarkibi 800-1000 ta so‘zni tashkil etsa, 4 yoshga kirganida 1500-2000 ta so‘zni, 5 yoshga yetganida 2500-3000 ta so‘zni tashkil etadi. Nutq bolaga faqatgina atrofdagilar bilan muloqotga kirishish uchungina emas, balki, eng avvalo, o‘z ehtiyojlarini qondirish, atrof olamni anglash, o‘z xatti- xarakatlarini rejalashtirish uchun vosita, uni egallash voqelikni anglash usuli sanalgani bois, bolaning nutqiy faoliyati, o‘zgalar bilan muloqoti va o‘z fikrlarini bildirishi uchun yetarli sharoit yaratish muhim hisoblanadi. Bola tomonidan nutqning o‘zlashtirilishi o‘z ichiga turli-tuman ko‘rinishdagi bir necha bosqichlarni oluvchi murakkab jarayon bo‘lib, dastlabki bosqich o‘z ichiga murojaat etilgan nutqni tushunish (nofaol nutq)ni oladi. Ushbu davrning amaliy ko‘rinishi bolaning aytilgan so‘zga javoban xatti-harakatini bildiradi. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR. Nutqiy rivojlanish quyidagi nazariy yo‘nalishlarga asoslanadi: L.S. Vygotskiy – nutqning psixologik va ijtimoiy mohiyatini ta’kidlab, nutq tafakkur bilan chambarchas bog‘liqligini tushuntirgan. A.R. Luriya – nutq rivojlanishi neyropsixologik asoslarini o‘rgangan va miya faoliyatining nutqqata’sirinitadqiq qilgan. M.M. Kolt

Доказательный фрагмент

«This article describes the development of speech in children with severe speech defects and the characteristics of the child's activity, the process of forming speech skills, as well as the observed violationsof artic…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article describes the development of speech in children with severe speech defects and the characteristics of the child's activity, the process of forming speech skills, as well as the observed violationsof artic… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
speech, dysarthria, cognitiveactivity, tool, ability, method, dizartriya, kognitiv, metod, nutq, motor, qobiliyat
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники