Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ROSSIYA IMPERIYASINING TURKISTONNI BOSIB OLISHI VATURKISTONDA MUSTAMLAKACHILIK BOSHQARUV TIZIMINING O‘RNATILISHI
Joʻrayeva Zuhra Jalol qizi · ROSSIYAIMPERIYASINING TURKISTONNI BOSIBOLISHI VATURKISTONDA · MUSTAMLAKACHILIKBOSHQARUV TIZIMINING O‘RNATILISHI
ИКРО журнал · 14 · 2025
Аннотация
Mazkur maqolada Rossiya imperiyasining XIX asrning o‘rtalarida Turkistonni bosib olish jarayoni va mustamlakachilik boshqaruv tizimini shakllantirish masalalari tahlil etiladi. Turkiston hududidagi siyosiy va iqtisodiy tanglik, o‘zbek xonliklari o‘rtasidagi o‘zaro kurashlar, Rossiya va Buyuk Britaniya imperiyalarining geosiyosiy manfaatlari natijasida mintaqaga bosim kuchaygani yoritiladi. Rossiya imperiyasining harbiy yurishlari tafsilotlari, asosiy janglar va bosib olingan hududlar to‘g‘risidagi tarixiy manbalarga tayangan holda bayon qilinadi. Shuningdek, Rossiya imperiyasining bosib olingan yerlarda harbiy-ma’muriy boshqaruvni tashkil etish jarayoni, qabul qilingan nizomlar va mustamlakachilik siyosatining natijalari haqida ham so‘zboradi. Kalit so‘zlar: Rossiya imperiyasi, Turkiston, mustamlakachilik, Qo‘qon xonligi, Buxoro amirligi, Xiva xonligi, harbiy yurishlar, siyosiy tanglik, general-gubernatorlik, harbiy boshqaruv tizimi. XIX asming o‘rtalariga kelib Turkistondagi ikki xonlik, ya’ni Xiva va Qo‘qon xonliklari hamda Buxoro amirligida jamiyat hayotining barcha sohalari - siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy hayotda tanglik yanada chuqurlashib ketdi. Taxt uchun kurash, ayrim hududlar uchun muttasil olib borilgan urushlar, ijtimoiy- iqtisodiy va madaniy hayotning orqaga ketishi bu davlatlarga xos xususiyatlar bo’lib qoldi. XVI-XIX asrlarda muttasil davom etgan feodal urushlar, Buxoro- Xiva, Buxoro-Qo‘qon mojarolari, mustaqillikka intilgan viloyat hokimlari va qabila zodagonlariga qarshi olib borilgan harbiy harakatlar, chet el bosqinchilarining O‘rta Osiyo xonliklari hududlariga tajovuzlari ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiyhayotni izdan chiqardi. Uchala o‘zbek davlatining biror bir hukmdori Turkistonni yagona bitta davlat, uning aholisini yagona bir xalq qilib birlashtirishga intilmadi. Xonliklarga siyosiy barqarorlikning yo‘qligi xos bo‘lib, buning asosiy sabablaridan biri, viloyatlar bilan markaziy hokimiyat o‘rtasidagi kelishmovchiliklar, hukmron suiola vakillarining taxt uchun muttasil olib borgan kurashlari edi. Masalan, Qo‘qon xonligida 1709-1860-yillar mobaynida 24 marotaba xon almashdi. Bu xonlardan 7 kishi o‘ldirilgan bo‘lsa, 7 nafari taxtdan chetlatildi, 6 tasi bir yilgina hukmronlik qildi [1, 10-11-b]. XIX asrning o‘rtalariga kelib, Turkiston hududlarida joylashgan o‘zbek davlatlarida murakkab siyosiy vaziyat yuzaga kela boshladi. Bu vaziyat, birinchidan, xonliklarning ichki ahvoli va o ‘zaro munosabatlari bilan belgilansa, ikkinchidan, tashqi dunyo, ya’ni Rossiya va Buyuk Britaniya imperiyalarining bu xonliklami o‘z ta’sir doirasiga tortish uchun qilgan xatti-harakatlari bilan bevositabogʻliqedi. Rossiya imperiyasining Turkistonni bosib olishga qaratilgan harbiy harakatlari 1853-yilda general Perovskiy boshchiligidagi 2500 kishilik qo‘shin va. 17 ta to‘p bilan Oqmachit (hozirgi QiziIo‘rda) qal’asiga hujumdan boshlandi. Qal’ani 400 ga yaqin himoyachi qariyb bir oy mudofaa qildi va 28-iyulda mag‘lubiyatga uchradi. Rus hukumati Oqmachit bosqini qatnashchilarining unvonlarini oshirib, orden-medallar va pul mukofotlari bilan taqdirladi. www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 14,issue02,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 Oqmachit o'rniga qurilgan rus qal’asiga general Perovskiy nomi berilib, «Perovskiy porti» deb ataldi. 1853-1856-yillardagi Rossiya-Turkiya urushi tufayli vaqtincha to‘xtab qolgan harbiy harakatlar 1860-yil yozida yana faollashdi. Shu yilda polkovnik Simmerman qo‘mondonligidagi rus qo‘shinlari To‘qmoq, Pishpak (hozirgi Beshkek) qal’alarini egalladi.861-yil 21- iyunda podsho Aleksandr II saroy kengashida Qo‘qon xonligi hududlarini egallash zarurligini ta’kidladi. Shunga ko‘ra, 1861-1863-yillar mobaynida rus qo‘shinlari Yangi Qo‘rg‘on, Din Qo‘rg‘on, Merka, Oqsuv, Pishtepa, Choldevor qal’alarini bosib oldi. 1863-yilning yozida polkovnik Chemyayev boshchiligidagi rus qo‘shinlari So‘zoq qal’asini egalladi. Polkovnik Chemyayev boshchiligidagi 2500 kishilik qo‘shin 1864-yil 4-iyunda Qo‘qon xonligiga qarashli Avliyoota (hozirgi Jambul) qal’asini zabt etdi. Chemyayev Avliyoota qal’asini bosib olganligi uchun general unvoni va orden bilan taqdirlandi [2]. 1864-yil 12- iyunda polkovnik Veryovkin qo‘mondonligidagi qo'shin Turkiston shahrini, general Chemyayev qo‘shini 22- sentyabrda Chimkent shahrini bosib oldi. Rossiya imperiyasi Turkiston boshqaruvini tashkil qiiishni uni bosib olishga kirishgan damdan boshladi. 1865-yiI 2-martda Rossiya hukumati Orenburg general-gubernatorligi tarkibida Orol dengizidan to Issiqko‘lgacha o‘zbek xonliklari bilan chegaradosh hududlarda Turkiston viloyatini tashkil qildi. Turkiston viloyatining harbiy gubernatori qilib general Chemyayev tayinlandi. Turkiston viloyatining ma’muriyhududiy bo‘linishi sof harbiy vazifalami hal qilishga qaratildi va uning asosini harbiy-hududiy birliklar tashkil qildi.Viloyat uch bo'limga: o‘ng qanot, markaz va chap qanotga bo‘lindi.Keyinchalik Sird
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada Rossiya imperiyasining XIX asrning o‘rtalarida Turkistonni bosib olish jarayoni va mustamlakachilik boshqaruv tizimini shakllantirish masalalari tahlil etiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada Rossiya imperiyasining XIX asrning o‘rtalarida Turkistonni bosib olish jarayoni va mustamlakachilik boshqaruv tizimini shakllantirish masalalari tahlil etiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Turkiston, mustamlakachilik, siyosiy tanglik, harbiy yurishlar, harbiy boshqaruv tizimi., Xiva xonligi, Buxoro amirligi, Rossiya imperiyasi, general-gubernatorlik, Qo‘qon xonligi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014