Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
PEDAGOGIK QOBILIYATLARNI SHAKLLANTIRISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR
AbdiyevaShodiyona Yodgorqizi · PEDAGOGIK QOBILIYATLARNI SHAKLLANTIRISHDAINNOVATSION (Shahrisabz davlat pedogogika instituti)
ИКРО журнал · 14 · 2025
Аннотация
Pedagogik qobiliyatlarni shakllantirish jarayonida innovatsion yondashuvlar muhim ahamiyat kasb etadi. Zamonaviy ta’lim tizimi o‘qituvchilardan nafaqat an’anaviy metodlarni, balki yangi pedagogik texnologiyalar, interaktiv usullar va kreativ ta’lim yondashuvlarini qo‘llashni talab qiladi. Ushbu maqolada innovatsion pedagogik yondashuvlarning mohiyati, ularning ta’lim jarayoniga ta’siri va o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan samarali foydalanish yo‘llari vapedagogik qobiliyatlarni rivojlantirishgaoidtavsiyalar beriladi. Kalit so‘zlar: Pedagogik qobiliyat, innovatsion yondashuv, zamonaviy ta’lim, interaktiv metodlar, pedagogik texnologiyalar, kreativ ta’lim,kasbiy mahorat, o‘qituvchi kompetensiyasi. Bugun mamlakatimiz ta’lim tizimida innovatsion texnologiyalarga asoslangan ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, har tomonlama kompetentli, ijtimoiy faol va malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni jahon andozalari darajasiga olib chiqish muammolariga oid ko‘plab tadqiqotlar olib borilmoqda. Ta’lim sohasidagi sifat o‘zgarishlari va yuqori samaradorlik ularning jahon ta’lim talablari bilan mosligi va pedagoglarning kelgusi mehnat faoliyatlarida o‘zlashtirgan kompetensiyalari qay darajada amaliyotga tatbiq qilinayotganligiga bog‘liq. Ta’lim-tarbiyadagi sifat o‘zgarishlari va yuqori samaradorlik esa mazkur sohaga ijobiy yangilik kiritish natijasida ta’limda sifat va samaradorlik ta’minlanib,pedagogik innovatsion jarayon vujudga keladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning “...Yosh avlodni barkamol, ma’naviy va jismonan sog‘lom, yuqori malakali kasb egasi qilib tarbiyalash, ularni mustakil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy saloxiyatga ega bulib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz.”[1], degan fikrlari yurtimizda olib borilayotgan islohotlarning yaratuvchisi sifatida shakllanayotgan yosh avlodni voyaga yetkazish, ularning zamon talablari darajasida bilim olishi, shaxs sifatida kamol topishi, pedagogika sirlarini o‘rganishi va kundalik turmush yumushlarini hal etishga tayyorlab borish masalasi asosiy muammolar tariqasida ta’lim jarayonida ko‘ndalang bo‘lib turibdi. Ko‘rinib turibdiki, bugungi kun ta’limi oldida turgan asosiy vazifa bu ta’lim oluvchilarga bilim berish bilan birga ularda hayotiy ko‘nikmalarni tarkib toptirish hamda zaruriy kompetentlikka ega bo‘lishlarini ta’minlashdan iborat. Ushbu talablarni sifatli amalga oshirishda innovatsion yondashuvlar muhimahamiyatga ega bo‘ladi. Ma’lumki, har bir zamonaviy sifatli ta’lim avvalo insonda kommunikativ kompetensiyaning shakllanganligi bilan baholanadi. Demak, ta’lim jarayonida pedagogning mahorati asosida o‘quvchi bilan kommunikativmunosabatlarni yangi bosqichga o‘tishi quyidagilarni talab etadi: www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 14,issue02,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 - o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro do‘stona munosabatlarga asoslangan kommunikativligini ta’minlash; - o‘qituvchi va o‘quvchilardagi kommunikativ munosabatlar uzluksiz ta’lim tizimining alohida birpog‘onasi ekanliginibilish; - tezkor axborotlar hajmining uzluksiz kengayib borishi o‘qituvchi bilan o‘quvchilar kommunikativmunosabatlar shakllariga o‘zgartirishlarkiritishga ehtiyojni e’tiborga olish; - o‘qituvchining shaxsiy sifatlari, kasbiy bilimdonligi, pedagogik mahoratiga qo‘yiladigan mezon va talablarni bilish vao‘z ustidamuntazam ishlash; - o‘quvchilarning dunyoqarashi, qiziqishi va qobiliyatini, ehtiyojlarini inobatga olib ish jarayonini tashkiletish; - ta’lim samaradorligini ta’minlashda o‘qituvchi bilan o‘quvchilar kommunikativ munosabat usullariga ilmiy asoslangan holdao‘zgartirishlarkiritibborish; - o‘qituvchining nutq madaniyati, muomala odobi, shaxslararo muloqotga kirishishi, o‘z-o‘zini boshqarishi, muammoli vaziyatlarda yechim topa olishi, psixologik bilimlarga ega bo‘lishi kabilar.[2; 432-b] Pedagogik qobiliyatlarni shakllantirishda innovatsion yondashuvlarning yana bir muhim omili - bu turli xil muloqot uslublari va vaziyatlariga ta'sir qilishdir. Bu kitoblar, filmlar va yangiliklar maqolalari kabi ommaviy axborot vositalarining turli shakllari bilan shug'ullanish, shuningdek, turli kelib chiqishi va madaniyatiga ega bo'lgan shaxslar bilan muloqotni o'z ichiga olishi mumkin. O'zimizni turli xil muloqot uslublari bilan tanishtirish orqali biz tilning turli kontekstlarda qanday ishlatilishi va talqin qilinishi haqidagi tushunchamizni kengaytirishimiz mumkin. Bundan tashqari, texnologiya o'rta maktab o'quvchilari sifatida qanday muloqot qilishimizni shakllantirishda muhim rol o'ynaydi. Ijtimoiy tarmoqlar, xabar almashish ilovalari va videokonferensaloqa vositalari kabi platfo
Доказательный фрагмент
«Pedagogik qobiliyatlarni shakllantirish jarayonida innovatsion yondashuvlar muhim ahamiyat kasb etadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюPedagogik qobiliyatlarni shakllantirish jarayonida innovatsion yondashuvlar muhim ahamiyat kasb etadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- innovatsion yondashuv, o‘qituvchi kompetensiyasi., zamonaviy ta’lim, interaktiv metodlar, Pedagogik qobiliyat, kreativ ta’lim, kasbiy mahorat, pedagogik texnologiyalar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014