К содержанию
РецензированоUZ2025

ABU NASR FOROBIY: TA’LIM-TARBIYA FALSAFASI

Eshmuratova DildorNormuratovna · Rustamova Sevinch Faxriddinqizi (Shahrisabzdavlat pedagogikainstituti o’qituvchisi) · ABUNASR FOROBIY: TA’LIM-TARBIYAFALSAFASI (Shahrisabz davlat pedagogika institutitalabasi)

ИКРО журнал · 14 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada Abu Nasr Forobiyning ta’lim-tarbiya falsafasi, uning ilmiy merosi va ilmiy tasniflash tizimi yoritilgan. U ilm-fan rivoji va inson ma’naviy kamoloti o‘rtasidagi bog‘liqlikka alohida urg‘u berib, jamiyat taraqqiyoti uchun ta’lim-tarbiya jarayonining uzviyligini ta’kidlaydi. Kalit so’zlar: Ta’lim, tarbiya, ilm,Ikkinchi Aristotel, Aristotel. Biz yashayotgan zamin qadim-qadimdan madaniyat va ziyo maskani bo’lib, xalqimiz boy madaniy merosga, yuksak qadriyatlarga ega xalqdir. Buyuk bobomiz Amir Temur, jahonga mashhur mutafakkirlarimiz Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Forobiy, Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy, аl-Marg‘inoniy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Abduxoliq G‘ijduvoniy, Bahovuddin Naqshband, Ahmad al-Farg‘oniy, Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek, Zahiriddin Muhammad Bobur, Pahlavon Mahmud va yurtimizda yashab ijod etgan boshqa ko‘plab siymolar jahon fani, madaniyati va sivilizatsiyasiga ulkan hissaqo’shganlar. Shu sababli mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev o’z nutqlarida doimo xalqimiz boy madaniy merosini izchillik bilan o`rganishga, undan yoshlar maʼnaviyatini shakllantirish va rivojlantirishda foydalanishga da’vat etib kelmoqdalar. “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun ajdodlarimizning madaniy-maʼnaviy boyligini chuqur va har tomonlama o‘rganishimiz darkor.”[1] Markaziy Osiyo hududida butun musulmon dunyosiga o‘zlarining asarlari bilan tanilgan, mintaqa, xususan o‘zbek faniga asos solgan, ajdodlarimizning ilmiy yutuqlarini xotirada saqlab, jahon ilmiy tafakkurini oldingi qatoriga olib chiqqan buyuk allomalar yetishib chiqqan. Ular olib borgan tadqiqotlar, ularning amalga oshirgan kashfiyotlari jahon, umuminsoniyat fani va madaniyatining oltin xazinasini tashkil etadi. Shunday ulug‘ allomalardan biri Abu Nasr Forobiy (873-950 yillar)dir. O‘rta asrning bir qancha ilmiy yutuqlari, umuman, Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlaridagi taraqqiyparvar ijtimoiy-falsafiy tafakkur taraqqiyoti uning nomi bilan bog‘liq. U hayotlik vaqtidayoq “Ikkinchi Aristotel”, “Sharq Aristoteli”, “Muallimin as-soniy” (“Birinchi muallim”, birinchi ustoz Aristotel bo`lgan) degan faxriy nom olgan edi. Bu uning ilmi va xizmatlariga berilgan yuksak bahodir.[2] Haqiqatdan ham Abu Nasr Forobiy o‘rta asr davri ilm – fani taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan olim. Forobiy tabiiy, ilmiy va ijtimoiy bilimlarning barcha sohalarida ilmiy ish olib borgan. Forobiy o‘zidan keyin juda boy ilmiy meros qoldirgan. Falsafa, musiqa, filologiya vaboshqatabiiy, ilmiybilimlarning turli sohalarida asarlar yaratgan. Forobiy odamlarni turli belgilarga qarab guruhlarga bo‘ladi. Bunda u kishilarning diniy mazhabiga, millatiga, irqiga qarab emas, balki tabiiy xususiyatlari, qobiliyatlari iqtidori, bilim ko‘nikmalariga e’tibor berish zarur, deydi. U o‘zining “Baxt-saodatga erishuv yo‘llari haqida risola” asarida: “Davlatning vazifasi insonlarni baxt-saodatga olib borishdir, - deb yozadi. Bu esa www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 14,issue02,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 ilm va yaxshi axloq yordamida qo‘lga kiritadi”. Forobiy taʼlim-tarbiyaga bag‘ishlangan asarlarida taʻlim-tarbiyaning muhimligi, unda nimalarga eʼtibor berish zarurligi, taʼlim-tarbiya usullari va uslubi haqida fikr yuritadi. “Fozil odamlar shahri”, “Baxt-saodatga erishuv to’g’risida”, “Ihso-al-ulum”, “Ilmlarning kelib chiqishi”, “Aql ma’nolari to‘g‘risida” kabi asarlarida allomaning ijtimoiy-tarbiyaviy qarashlari o‘z ifodasini topgan. Forobiy taʼlim- tarbiyani uzviy birlikda olib borish haqida ta’lim bergan bo‘lsa ham, ammo har birining insonni kamolga etkazishdao‘zo‘rni vaxususiyati borekanligini alohidata’kidlaydi.[3] Forobiy “Baxt-saodatga erishuv to‘g‘risida” asarida bilimlarni o‘rganish tartibi haqida fikr bayon etgan. Uning ta’kidlashicha, avval bilish zarur bo‘lgan ilm o‘rganiladi, bu - olam asoslari haqidagi ilmdir. Uni o‘rgangach, tabiiy ilmlarni, tabiiy jismlar tuzilishini, shaklini, osmon haqidagi bilimlarni o‘rganish lozim. Undan so‘ng, umuman, jonli tabiat o‘simlik va hayvonlar haqidagi ilm o‘rganiladi, - deydi. Forobiy ta’lim-tarbiyaning asosiy vazifasi jamiyat talablariga javob bera oladigan va shu jamiyat uchun xizmat qiladigan yetuk insonni tarbiyalashdan iborat deb biladi. Abu Nasr Forobiy yana aytadi: “Ta’lim - degan so‘z xalqlar va shaharliklar o‘rtasida nazariy fazilatni birlashtirish, tarbiya esa shu xalqlar o‘rtasidagi tug‘ma fazilat va amaliy kasb- hunar fazilatlarini birlashtirish degan so‘zdir.[4] Forobiyning ilmlar tasnifi bo‘yicha olib borgan ilmiy-ijodiy ishlari g‘oyatda qimmatlidir. U “Ilmlarning kelib chiqishi haqida” va “Ilmlarning tasnifi haqida” va boshqa risolalarida o‘sha davrda ma’lum bo‘lgan 30 ga yaqin ilm sohasining tartibi,

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Abu Nasr Forobiyning ta’lim-tarbiya falsafasi, uning ilmiy merosi va ilmiy tasniflash tizimi yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Abu Nasr Forobiyning ta’lim-tarbiya falsafasi, uning ilmiy merosi va ilmiy tasniflash tizimi yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tarbiya, Ikkinchi Aristotel, Ta’lim, Aristotel., ilm
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники