Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ZIG‘IR URUG‘LARIGA ELEKTR IMPULSLI MAYDON TA’SIRIDA ISHLOV BERISH ORQALI PRESSLASHDAN OLDIN UNING NAMLIGINI ANIQLASH
Ismatova NafisaNusratulla qizi · ZIG‘IRURUG‘LARIGA ELEKTRIMPULSLI MAYDON TA’SIRIDAISHLOVBERISH · ORQALIPRESSLASHDANOLDINUNING NAMLIGINI ANIQLASH · www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL
ИКРО журнал · 14 · 26-30 · 2025
Аннотация
Zig‘ir urug‘lari o‘zining yuqori oziqaviy qiymati va foydali yog‘ tarkibi bilan qimmatli xomashyo hisoblanadi. Yog‘ olish samaradorligini oshirish uchun urug‘larning namlik darajasi muhim omillardan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada elektr impulsli maydon (EIM) ta’sirida zig‘ir urug‘larining namligini aniqlash usullari va uning presslash jarayoniga ta’siri o‘rganiladi. Kalit so‘zlar: zig’ir, implusli maydon, kuchlanish, preslash, namlik, Karl Fischer, Dielektrik usul. Kirish. Zig'ir urug'i ozuqa jihatidan boy bo‘lgan tabiiy mahsulot bo‘lib, ko‘plab foydali xususiyatlarga ega: Omega-3 yog' kislotalari- Yurak-qon tomir salomatligini qo‘llab-quvvatlaydi, yallig‘lanishni kamaytirishga yordam beradi, Lignanlar- Kuchli antioksidant bo‘lib, hujayra himoyasini yaxshilaydi.Diet tolasi- Hazm tizimini tartibga soladi va ovqat hazm bo‘lishiga yordam beradi.Protein-Tana uchun zarurbo‘lgan aminokislotalarnita’minlaydi. Tadqiqotda zig‘ir urug‘lari 8 kV kuchlanishdagi elektr impulsli maydonda 25 ta impuls orqali qayta ishlangan. Namlikni aniqlash uchun termogavhariometrik va Karl Fischer titrlash usullari qo‘llanildi. Tadqiqotlar turli namlik darajalarida olib borildi.Namlik darajasini aniqlashda Baxmalskiy—1056, Baxmalskiy—2, Buxoro-32 navi Davlat reestriga kiritilgan zig‘ir urug‘lari ishlatildi. O‘lchovlar O‘z DSt 3501:2021 “Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari. Namligini aniqlash usullari” O‘zbekiston Respublikasiningdavlat standarti asosidaolib borildi. 1-jadvalda Navlar bo’yicha namlik darajalari keltirilgan. Namliknianiqlash usullari vahisoblashformulalari: Namlik miqdorini aniqlash uchun birnechta laboratoriya usullari qo‘llaniladi: www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 14,issue02,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 1. Termogavhariometrik usul:Ushbu usulda namunalar ma’lum haroratda quritilib, oldingi va keyingi massalar o‘rtasidagi farq asosidanamlik miqdori aniqlanadi: Bu yerda: W–namlikfoizda, m –namuna quritishdan oldingi massasi (g), 1 m –namuna quritishdan keyingi massasi (g). 2 2. Karl Fischer titrlash usuli :Ushbu usulda maxsus reaktivlar bilan namlik miqdori aniqlanadi. Bunda suvning aniq miqdori Karl Fischer reaktivi bilan titrlash yo‘li bilan aniqlanadi vaquyidagi formulaorqali hisoblanadi: Bu yerda: V–ishlatilgan Karl Fischer reaktivi hajmi(ml), F–reaktivning titrlash koeffitsienti, m–namunaning massasi (g). 3. Dielektrik usul Bu usul materialning dielektrik xossalariga asoslanadi va maxsus sensorlar yordamida namlik miqdorini o‘lchaydi. Tadqiqotda zig‘ir urug‘lari namligini aniqlash va presslash jarayoniga ta’sirini baholash uchun maxsus laboratoriya uskunalaridan foydalanildi. Quyidagi rasmda namlikni o‘lchash shkafi tasvirlangan.Bu uskuna namlik miqdorini aniqlash uchun laboratoriyalarda keng qo‘llaniladigan qurilma hisoblanadi. U yog‘li ekinlar urug‘larining namlik darajasini aniqlashda aniqlik va takrorlanish qobiliyatini ta’minlaydi. Qurilma termogavhariometrik usul asosida ishlaydi, ya’ni www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 14,issue02,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 urug‘ namunasi ma’lum haroratda quritilib, og‘irlik farqlari asosida namlik miqdori hisoblanadi.Ushbu uskuna O‘z DSt 3501:2021 standarti asosida ishlashga moslashtirilgan bo‘lib, namlik aniqlash natijalari yuqori aniqlikka ega. Qurilma tarkibida namuna joylashuvchi maxsus idishlar, isitish elementi va elektron o‘lchash tizimimavjud. Qurilmaning tuzilishiva asosiy qismlari Ushbu namlik aniqlovchi qurilmabirnecha asosiy qismdantashkil topgan: 1. Namuna idishi–Zig‘ir urug‘larini joylashtirish uchun mo‘ljallangan maxsusqism. 2. Isitish bloki – Namuna ma’lum haroratda quritilib, namlik miqdorini aniqlash uchun ishlatiladi. 3. Elektron o‘lchash tizimi – Namuna og‘irligini aniqlash va natijalarni qayd etish uchun ishlatiladi. 4. Harorat nazorat qiluvchi mexanizm – Namlikni aniq o‘lchash uchun haroratni belgilangan diapazondaushlab turadi. 5. Display va boshqaruv paneli – Qurilmani sozlash va natijalarni ko‘rsatish uchun xizmat qiladi. 1-Diagramma: Namlik darajasi va elektrimpulsta’siri Elektr impuls ta’siri mavjud Namlik (%) Elektrimpulsta’siriyo‘q (m/g) (m/g) 5 0.92 0.85 7 0.88 0.78 9 0.83 0.72 11 0.79 0.68 13 0.75 0.65 Xulosa Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, elektr impulsli maydon yordamida zig‘ir urug‘larining namligini kamaytirish mumkin. Bu esa presslash jarayonining samaradorligini oshirishga hamda yog‘olish miqdoriniko‘paytirishga yordam beradi. Zig‘ir urug‘larining namligi yog‘ olish jarayonining muhim parametri hisoblanadi. Namlik darajasi optimal miqdorda bo‘lishi urug‘ tarkibidagi bioaktiv moddalarning yaxshiroq saqlanishini ta’minlaydi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, elektr impulsli ishlov berish natijasida urug‘larning namligi kamaygan holda presslash samaradorligi ortgani aniqlandi. Shuningdek, turli xil zig‘ir navlari bo‘yicha o‘tkazilgan tahlilla
Доказательный фрагмент
«Zig‘ir urug‘lari o‘zining yuqori oziqaviy qiymati va foydali yog‘ tarkibi bilan qimmatli xomashyo hisoblanadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюZig‘ir urug‘lari o‘zining yuqori oziqaviy qiymati va foydali yog‘ tarkibi bilan qimmatli xomashyo hisoblanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Dielektrik usul., preslash, zig’ir, namlik, kuchlanish, implusli maydon, Karl Fischer
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024