К содержанию
РецензированоUZ2026

KOMPRESSION TRIKOTAJ MATERIALLARINING ELEKTR XUSUSIYATLARINI TAHLIL QILISH VA BAHOLASH USULLARINI RIVOJLANTIRISH

Insights Across the · Magistrant. Sheraliyeva.K, prof. M.Qulmetov

SYNAPSES: Понимание различных дисциплин · 2 · 675– 689 · 2026

Аннотация

This article examines the methods for evaluating and improving the electrical properties of compression knitwear made from blended fibers. During the research, the electrostatic and electrical conductivity characteristics of these materials were analyzed, along with optimization techniques. Various testing and measurement methods were applied to enhance the electrical properties of compression knit materials. The research findings contribute to improving the quality of these materials and expanding their applications in medical, sports, and technical fields. So‘nggi yillarda kompression trikotaj mahsulotlari tibbiyot, sport va kundalik kiyim sanoatida keng qo‘llanilmoqda. Ayniqsa, bu turdagi mahsulotlar qon aylanishini 48 Synapses: Insights Across the Disciplines SYNAPSES: Insights Across the Disciplines Volume 2, Issue 3 yaxshilash, mushak va tomirlarni qo‘llab-quvvatlash hamda shishlarni kamaytirish uchun ishlatiladi . Bunday mahsulotlarning sifatini baholashda ularning fizik-mexanik, gigienik va elektrik xususiyatlarini chuqur o‘rganish talab etiladi. Elektrik xususiyatlari esa, ayniqsa, elektrostatik zaryadlanish va elektr o‘tkazuvchanlik bilan bog‘liq bo‘lib, mahsulotning qulayligi va samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi [1]. Kompression trikotaj buyumlari tarkibida tabiiy va sintetik tolalar aralashmasi qo‘llaniladi. Aralash tolali matolar tabiiy tolalarning gigienik xususiyatlarini va sintetik materiallarning elastiklik hamda chidamlilik ko‘rsatkichlarini birlashtiradi [2]. Biroq, ushbu materiallarning elektrik xususiyatlarini baholashda an’anaviy usullar ba’zi kamchiliklarga ega. Masalan, elektrostatik zaryadlanishning turli muhitlarda o‘zgaruvchanligi, baholash natijalarining takrorlanuvchanligi pastligi va o‘lchash metodlarining universal emasligi tadqiqotchilar uchun muhim muammo bo‘lib qolmoqda [3]. Hozirgi paytda tekstil materiallarining elektrik xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha turli ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Jumladan, Smirnov va boshqalar (2020) elektrostatik zaryadlanishning tolalar tarkibiga bog‘liqligini chuqur tahlil qilgan bo‘lib, natijalar mahsulotning elektr xususiyatlarini yaxshilash uchun tolalar tarkibini o‘zgartirish zarurligini ko‘rsatgan . Shu bilan birga, Ivanov va boshqalar (2019) tomonidan elektr o‘tkazuvchanlikni yaxshilash maqsadida uglerod asosli qo‘shimchalar qo‘llanilishi bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilgan [4]. Ushbu tadqiqotning maqsadi – aralashma tarkibli tolalardan tayyorlangan kompression trikotaj buyumlarining elektrik xususiyatlarini baholash usulini takomillashtirishdir. Tadqiqot davomida mavjud baholash usullari tahlil qilinadi, ularning kamchiliklari aniqlanadi hamda yanada aniq va ishonchli baholash imkonini beruvchi yangi metodologiya ishlab chiqiladi. Aralashma tarkibli tolalar tabiiy va sintetik tolalarning muayyan nisbatdagi kombinatsiyasidan tashkil topgan bo‘lib, ularning fizik-mexanik, gigienik va elektrostatik xususiyatlarini muvozanatlashtirish imkonini beradi. Bunday tolalarning kompression trikotaj buyumlarida qo‘llanilishi mahsulotning elastiklik, nafas oluvchanlik, elektr o‘tkazuvchanlik va chidamlilik xususiyatlarini yaxshilashga xizmat qiladi [5]. Tabiiy tolalar (paxta, ipak, jun) yuqori gigroskopiklik, nafas oluvchanlik va ekologik xavfsizlik kabi afzalliklarga ega bo‘lsa, sintetik tolalar (poliamid, poliester, elastan) mexanik mustahkamlik, elastiklik va kimyoviy chidamlilik bilan ajralib turadi [8]. Xususan, poliester va poliamid tolalari elektr o‘tkazuvchanlikning pastligi sababli elektrostatik zaryadlanishning ortishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu esa mahsulotning 49 Synapses: Insights Across the Disciplines SYNAPSES: Insights Across the Disciplines Volume 2, Issue 3 qulaylik darajasini pasaytirishi, ayniqsa, uzoq vaqt kiyilganda noqulaylik tug‘dirishi mumkin [6]. Shu bois, aralash tolalar tarkibiga elektr o‘tkazuvchan polimerlar yoki uglerod asosli qo‘shimchalar kiritish orqali elektrostatik zaryadlanishning oldini olish imkoniyati mavjud [7]. Aralashma tarkibli tolalarni modifikatsiya qilish yo‘nalishida turli tadqiqotlar olib borilmoqda. Masalan, Wang va boshqalar (2021) olib borgan tadqiqotlarda poliamid va poliester tolalarining elektr o‘tkazuvchanligini yaxshilash uchun nanoparchalar bilan qoplash texnologiyasidan foydalanish taklif etilgan [8]. Ushbu texnologiya materialning elektrostatik zaryadlanishini sezilarli darajada kamaytirgan. Shuningdek, Brown va boshqalar (2020) tomonidan olib borilgan tajribalarda tabiiy va sintetik tolalarning optimal nisbatini aniqlash orqali kompression trikotaj buyumlarining fizik-mexanik xususiyatlarini yaxshilash mumkinligi ko‘rsatilgan . Kompression trikotaj buyumlari asosan qon aylanish tizimi bilan bog‘liq muammolarni oldini olish va davolash, shuningdek, sport va kundalik hayotda mushaklarni qo‘llab-quvvatlash uchun keng qo‘llaniladi. Ularning asosiy vazifasi ma’lum bosim darajasini hosil qilish orqali tomirlar va mushaklarni siqish, bu esa qon aylanishini yaxshilash va shishlarni ka

Доказательный фрагмент

«This article examines the methods for evaluating and improving the electrical properties of compression knitwear made from blended fibers.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article examines the methods for evaluating and improving the electrical properties of compression knitwear made from blended fibers. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
kompression trikotaj, synapses insights, insights across, across disciplines, elektrik xususiyatlarini, elektrostatik zaryadlanishning, tabiiy sintetik
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники