Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
MIAKARD INFARKTI : REBILITATSIYASI VA PROFILAKTIKASI
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА · Kenjayev Yodgor Mamatqulovich · Muhammadiyev Boburbek Olim o`g`li
Медицина, педагогика и технологии: теория и практика · 3 · 2024
Аннотация
Ushbu maqolada miokard infarkti sabablari, klinik kechishi, diagnostikasi va davolash usullari yoritilgan. Shuningdek, infarktdan keyingi reabilitatsiya bosqichlari va samarali profilaktika choralariga alohida e’tibor qaratilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, reabilitatsiya jarayoni bemorning hayot sifatini yaxshilash va takroriy infarkt xavfini kamaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Profilaktik chora-tadbirlar esa yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanishining oldini olishda samarali usul sifatida tavsiya etiladi. Kalit so’zlar :Miokard infarkti , reabilitatsiya, profilaktika , koronar , ateroskleroz , yurak ishemik kasalligi Muammoning dolzarbligi :Miokard infarkti koronar arteriya kasalligining eng og’ir ko’rinishi bo’lib , u har yili AQShda 2,4 milliondan ortiq , Yevropa va Osiyoda 4 milliondan ortiq insonlar o’limiga sabab bo’ladi . So’nggi 10 yilliklarda zamonaviy davolash usullaridan foydalanish va turmush tarzini o’zgartirish orqali o’lim sezilarli darajada kamayadi . Biroq miokard infarkti global miqyosda o’limga hali -hamon sabab bo’lmoqda . Miokard infarkti – bu yurak toj arteriyalarining tromb bilan berkilib qolishi yoki ularning siqilishi oqibatida , yurakni muskul qavatini qon bilan taminlanishini buzulishi natijasida yurak muskul qavatini nekrozga (mahalliy o’limga )uchrashi . Bu kasallik bilan 45 -60 yoshdagi kishilar kasallanadi . Erkaklar ayollarga nisbatan miokard infarkti ko’p chalinadilar , 40 -50 yoshdagi erkaklar besh barobar ko’p kasal bo’lishadi . Keyingi yillarda miokard infarkti kasalligi tobora ko’payib boryapti . Ayniqsa , 45-60 yoshdagi kishilar o’rtasida miokard infarkti ko’p uchramoqda . Erkaklar ayollarga nisbatan miokard infarktiga ko’p chalinadilar . 40-50 yoshdagi erkaklarda besh barobar ko’p kasal bo’ladilar . Ayollar erkaklarga nisbatan o’rta hisobda 10 -15 yil kech kasal bo’ladilar . 40 yoshga to’lmagan navqiron kishilar orasida 246 https://universalpublishings.com МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ: ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА Researchbib Impact factor: 13.14/2024 SJIF 2024 = 5.444 Том 3, Выпуск 03, Март ham miokard infarktiga uchraydiganlar ko’p . Miokard infarkti aksariyat ateroskleroz , gipertoniya , qandli deabet bilan kasallanganlarda ko’proq kuzatiladi . Miokard infarkti 97-98 % bemorlarda yurak toj qon tomiri ateroklerozga chalinganda bo’ladi . Yurak toj qon tomirining tiqilib qolishiga arterosklerotik pilakchalaming yara bo’lishi , ularga qonquyilishi hamda qonning ivish jarayoni buzilishi sabab bo’ladi . Yurak toj qon tomirining o’tkir siqilishi uzoq vaqt davom etsa , miokard infarkti ro’y beradi .Qonsizlangan miokard infarkti uchastkalari simpatik nerv tolalarini qo’zg’atatadi . Miokard infarktining rivojlanishiga aterosklerotik pilakcha kapsulasining yorilishiga sabab bo’ladi . Aterosklerotik pilakcha kapsulasining yorilishiga pilakcha yadrosining nisbatan kattalligi va uning “yumshoq” ( hujayra tashqarisida lipidlarning va suyuq xolesterining ko’p bo’lib , kollagenning kamroqligi ) bo’lishi , pilakcha kapsulasining yupqaligi va unda kollagen kamroq bo’lishi , unda makrofaglar ishtirokida yallig’lanish rivojlanganligi sabab bo’ladi . Pilakcha yorilgandan so’ng uning ichidagi moddalar qon bilan qo’shilishib trombotsitlar agregatsiyasi rivojlanadi . Qon ivishi tizimi omillari faollashadi . Fibrin , eritrotsitlar qo’shilib yaxlit tromb hosil qiladilar . Yurak toj tomirining bekilib qolishi miokard nekrozi , ko’proq chap qorincha devorida rivojlanadi . Miokarddagi nekroz tufayli yurakning sistolik va distolik faoliyati buziladi . Bemorning miokard infarkti boshlanishidan oldingi ahvoli quydagicha bo’ladi : Bemor yuragi oldida ilgari bo’lmagan tez -tez og’riqni seza boshlaydi . Stenokardiyaning birlamchi xurujida :ilgari bo’lib yurgan stenokardiya xuruji davomli , kuchli og’riq bilan o’tadi . Og’riq xurujlari faqat zo’riqqanda emas , balki tinch turganda ham bo’laveradi . Nafas qisishi , hansirash , yurakning notekis urushi , holsizlik qo’shiladi .Bunday bemor kardiologiya bo’limiga yotqizilib davolansa , unda miokard infarkti rivojlanmasligi , miokard infarkti sodir bo’lgan taqdirda ham infarct hajmi kichik o’choqli bo’lishi mumkin . Miokard infarktining boshlanishiga , undagi belgilarning rivojlanishiga qarab quydagicha klinik xillari ajratish ,mumkin . Miokard infarktining takrorlanishi . Miokard infarktini boshdan o’tkazgan bemorlar infarct bilan takroran kasal bo’lishlari mumkin . Takror infarkt deb , birinchi marta miokard infarktini o’tkazgandan keyin 8-12hafta Ichida miokardda paydo bo’ladigan yangi nekroz o’choqlariga aytiladi . A . L . Sirkin 1981-yili rivojlangan miokard infarktidan 72 soatdan keyin 8 hafta ichida sodir bo’ladigan yangi miokard infarkti o’choqlarini takroriy miokard infarkti deb hisoblaydi . Takroriy miokard 247 https://universalpublishings.com МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ: ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА Researchbib Impact factor: 13.14/2024 SJIF 2024 = 5.444 Том 3, Выпуск 03, Март infarktiga chalingan bemorlarning ahvoli og’ir bo’ladi . Ular
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada miokard infarkti sabablari, klinik kechishi, diagnostikasi va davolash usullari yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada miokard infarkti sabablari, klinik kechishi, diagnostikasi va davolash usullari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Miokard infarkti
Смежные источники
Журнал универсальных научных исследованийЭ.Я Эрметов, Д.Э Яхшибоева2024
СтатьиМИРЗАКАРИМОВ Бахромжон Халимжонович, МЕЛИБАЕВ Фарход Абдупаттохович2022
The American Journal of Medical Sciences and Pharmaceutical ResearchMinimally Invasive Surgical Interventions, Mukhammadbobur Makhsitaliev +42020