К содержанию
РецензированоUZ2024

MAHMUDXO‘JA BEHBUDIY HAYOTI VA UNING “YOSHLARGA MUROJAAT” MAQOLASI

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА · MUROJAAT” MAQOLASI · К МОЛОДЕЖИ» · Yodgorova Soliha Obidjon qizi

Медицина, педагогика и технологии: теория и практика · 3 · 2024

Аннотация

Ushbu maqolada Mahmudxo‘ja Behbudiyning hayoti, jadidchilik harakatidagi o‘rni, uning matbuot va ta’lim sohasidagi xizmatlari Behbudiyning publitsistik faoliyati orqali Turkiston xalqlari orasida ilm-ma’rifatni rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shgani haqida atroflicha ma’lumotlar beriladi. Shuningdek, uning “Yoshlarg‘a murojaat” maqolasi tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: Mahmudxo‘ja Behbudiy, jadidchilik, matbuot, ta’lim, ma’rifat, Turkiston, milliy uyg‘onish, Yoshlarga murojaat. Jadidchilik harakatining eng yirik namoyandalaridan biri, ma’rifatparvar, publitsist, noshir va dramaturg Mahmudxo‘ja Behbudiy 1875-yil 19-yanvarda Samarqand yaqinidagi Baxshitepa qishlog’ida tug’ilgan. Uning otasi Behbudxo‘ja Solihxo‘ja o‘g’li diniy olim bo‘lib, Ahmad Yassaviy avlodlaridan hisoblanadi. Behbudiy dastlab otasidan Qur’on ilmini oʻrgangan va qorilik martabasiga erishgan. Keyinchalik 6-7 yoshlarida togʻasi Muhammad Siddiq qoʻlida oʻqib, savod chiqargan. 15 yoshida boshqa bir togʻasi Mulla Odil mudarrislik qilgan madrasada oʻqishini davom ettirib, arab tili gramatikasi, aqida va shariat qonunlari bo‘yicha bilimlarini mustahkamlagan. 18 yoshida madrasani tamomlab tog’asi qo‘l ostida mirzalik faoliyati bilan shug’ullanadi. Shar’iy bilimlarni puxta egallagach qozi va mufti lavozimlarini egallaydi. 1899-1900-yillarda Behbudiy buxorolik do‘sti Hoji Baqo bilan haj safariga chiqadi. Behbudiy bu safar haqida shunday deb yozadi: “1318 sanayi hijriyasi tavofi Baytullog’a Kavkaz yo‘li ila Istanbul va Misr al-Qohira vositasila borib edim. Muddati 226 https://universalpublishings.com МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ: ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА Researchbib Impact factor: 13.14/2024 SJIF 2024 = 5.444 Том 3, Выпуск 03, Март safarim sakkiz oydan ziyoda cho‘zilub edi”. Bu sayohat, dunyo ko‘rish, kezish izsiz ketmadi. Sayohat Behbudiyning dunyoqarashini, keyingi faoliyatini tubdan o‘zgartirib yubordi. Bu sayohat uning hayot yo‘lida, kelajakda bo‘ladigan hodisalar, yangiliklarni boshlab berdi. Behbudiy Turkiston xalqlari turmushidagi qoloqlik, abgor ijtimoiy ahvol, “jaholat uyi”ga aylangan maktab va madrasa borasidagi qarashlarini tamomila o‘zgartirib yubordi. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkistonda shakllangan jadidchilik harakati musulmon xalqlarini jaholatdan chiqarib, ilm va taraqqiyot sari yo‘naltirish maqsadida yuzaga kelgan edi. Behbudiy bu harakatning yetakchi namoyandalaridan biri bo‘lib, o‘zining maktabini ochishga qaror qiladi. Bu esa o‘sha davr uchun katta islohot edi. Sayohati davomida uning yangi maktab (usuli jadid) ochish fikri mustahkamlanib bordi. 1903-yilda birinchi yangi usul maktabini Samarqand yaqinidagi Halvoyi qishlog‘ida Ajziy, Rajabaminda Abdulqodir Shakuriylar bilan hamkorlikda ochadi. Bu maktablarda adabiyot, jug’rofiya, islom tarixi, matematika, geografiya, tarix, rus tili va tabiiy fanlar o‘qitila boshlandi. Behbudiy Qozon va Ufaga borib u yerdagi yangi usul maktablari bilan tanishadi, tatar ziyolilari bilan aloqani yo‘lga qo‘yadi. Yangi maktablar uchun darsliklar tuzishga kirishadi va quyidagi kitoblarni chop ettiradi: 1. “Risolai asbobi savod” (“Savod chiqarish kitobi”, 1904), 2. “Risolai jug‘rofiyai umroniy” (“Aholi geografiyasiga kirish”, 1905), 3. “Muntahabi jug‘rofiyai umumiy” (“Qisqacha umumiy geografiya”, 1906), 4. “Kitobat ul-atfol” (“Bolalar xati”, 1908), 5. “Amaliyoti islom” (1908), 6. “Tarixi islom” (1909). 1908-yilda Shakuriyning Rajabamindagi maktabini Samarqanddagi o‘z hovlisiga ko‘chirib keltiradi. Oradan 11 yil o‘tib, 1919-yil 25-martda Behbudiy Qarshi shahrida sirli ravishda qatl qilinadi. Mahmudxo‘ja Behbudiy faoliyatiga nazar tashlanar ekan, u Turkiston o‘lkasida milliy uyg‘onish g‘oyalarini ilgari surib, nafaqat ta’lim balki matbuot va teatr sohalarida ham ulkan ishlarni amalga oshirgani ko‘rinadi. Behbudiy xalqni ilm- ma’rifat bilan tarbiyalashga da’vat qilgan, eski qarashlarni rad etib, yangi usul 227 https://universalpublishings.com МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ: ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА Researchbib Impact factor: 13.14/2024 SJIF 2024 = 5.444 Том 3, Выпуск 03, Март maktablarini ochish tarafdori bo‘lgan. Uning “Yoshlarg‘a murojaat” maqolasi ana shu g‘oyalarning yorqin ifodasidir. Jadidchilik harakatining asosiy maqsadi xalqni savodsizlikdan chiqarish, zamonaviy ilm-fan va texnologiyalar bilan tanishtirish, milliy uyg‘onishni rag‘batlantirish edi. Behbudiy bu borada faqat ta’lim bilan cheklanmay, matbuot va adabiyot orqali faol targ‘ibot olib borib, matbuot sohasida ham katta iz qoldirgan. U 1913-yilda “Samarqand” gazetasini, 1914-yilda esa “Oyina” jurnalini tashkil etib, ularda ko‘plab maqolalar chop etgan. Bu nashrlar orqali u xalqni ilm-ma’rifat sari undashga harakat qilgan. “Oyina” jurnalida xalqning ijtimoiy-siyosiy hayoti, ta’lim muammolari va islohotlar haqida maqolalar bosilgan. U o‘z maqolalarida yoshlarni ilm olishga, zamonaviy kasblarni egallashga chaqirib, “millat taraqqiyoti ilm va ma’rifatda” ekanini ko‘p bora ta’kidlagan. Bu fikr hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. “Yosh

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Mahmudxo‘ja Behbudiyning hayoti, jadidchilik harakatidagi o‘rni, uning matbuot va ta’lim sohasidagi xizmatlari Behbudiyning publitsistik faoliyati orqali Turkiston xalqlari orasida ilm-ma’rifatni rivojl…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Mahmudxo‘ja Behbudiyning hayoti, jadidchilik harakatidagi o‘rni, uning matbuot va ta’lim sohasidagi xizmatlari Behbudiyning publitsistik faoliyati orqali Turkiston xalqlari orasida ilm-ma’rifatni rivojl… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Mahmudxo‘ja Behbudiy
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники