К содержанию
РецензированоUZ2024

KARIES KASALLIGI, TURLARI VA ULARNI DAVOLASH.

asistenti-Hayitova Mehrigul Alijonovna

Журнал универсальных научных исследований · 2024

Аннотация

ushbu maqolada karies kasalligi, blek tasnifiga asosan bo`linishlari haqida va kariesni davolashda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan xato va asoratlar, ularni bartaraf etish haqida ma`lumotlar berilgan. Kalit so`zlar: karies, dog' karies, yuza karies, o`rta karies, chuqur karies, tish, anatomik, topografik, klinik, plomba, charxlash. Annotation: This article provides information on the types of dental caries based on the Black classification, as well as possible errors and complications that may arise during the treatment of caries and how to address them. Keywords: caries, spot caries, superficial caries, medium caries, deep caries, tooth, anatomical, topographic, clinical, filling, sharpening. Karies – lotincha so‘z bo‘lib «chirish» degan ma’noni anglatadi. Karies keng tarqalgan kasallik bo‘lib, aholining 95% da uchraydi. Karies murakkab patologik jarayon bo‘lib, bunda tish to‘qimalari tez yoki sekin yemiriladi va tishda zararlangan bo‘shliq – kovak hosil bo‘ladi. Hozirgi vaqtda kariesning kelib chiqishi haqida bir necha yuz nazariyalar bor. Kariesni kelib chiqishida ko‘pgina faktorlar o‘rin tutadi. Kariesga uchragan tish Asosiy faktorlarga quyidagilar kiradi: – og‘iz bo‘shlig‘i mikroflorasi; 156 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-3 – ovqat va ovqatlanish rejimi; – suv tarkibidagi ftorning miqdori; – so‘lakning tarkibi va hajmi; – organizimning umumiy holati; – organizimga bo‘lgan ekstremal ta’sirlar; – tashqi va ichki muhitdagi endogen va ekzogen faktorlar. Kariesning uch xil turi mavjud: anatomik, topografik va klinik. Anatomik tasnif asosan emal kariesi, dentin kariesi, sement kariesdan iborat. Topografik tasnif xastalik chuqurligiga asoslangan bo‘lib quyidagicha bo‘linadi: dog‘ shaklidagi karies, yuza karies, o‘rta karies va chuqur. Klinik kechishi bo‘yicha tez kechuvchi va sekin kechuvchi karieslar mavjud. Klinik ko‘rinishiga ko‘ra oq va pigmentlangan dog‘lar (jigarrangdan qong‘ir ranggacha) bo‘ladi. Tekshirishlarda karies jadal kechganda oq, sekin kechganda pigmentlangan bo‘lishi aniqlangan. Kariesni kechishi esa davo rejasini tuzishda katta ahamiyatga ega. Blek bo`yicha karies kovaklarini anatomik tasnifi. I sinf. Karies kovak molyar, premolyar tishlarning tabiiy fissuralari va hamma guruh tishlarning ko`r chuqurchalarida joylashadi. II sinf. Karies molyar va premolyar tishlarni kontakt yuzalarida joylashadi. III sinf. Karies kovak kesuvchi va qoziq tishlarning kontakt yuzasida bo`lib, u kesuv yuzasiga o`tmaydi. Tish burchaklari buzilmaydi. IV sinf. Karies kovak qoziq va kesuvchi tishlarning kontakt va kesuv yuzalarida bo`lib, tish burchagi buziladi. V sinf. Karies kovak barcha tishlarning bo`yin qismida joylashgan. VI sinf. Karies kovak kesuv tishlarining kesuv qirralari va chaynov tishlarining chaynov do`mboqlarida (immun zonalarda) joylashadi. 157 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-3 a b d e Karies bosqichlari a-karies dog` b-yuza karies d-o`rta karies e-chuqur karies shaklida Dog‘ shaklidagi karies Odatda dog‘ shaklidagi kariesda bemorlar hech qanday subyektiv sezgilarni qayd qilmaydilar. Ayrim hollarda bemorlar tishning qamashishidan shikoyat qiladilar. Emal demineralizatsiyasi chegaralangan yuzada rangining o‘zgarishi, uni oq, och jigarrang, to‘q jigarrangdan qong‘ir tusgacha bo‘lishi kuzatiladi. Kasallik tishning chegaralangan qismida emal yaltiroqligini yo‘qolishi bilan boshlanadi. Odatda bunday o‘zgarishlar tishning bo‘yin qismida joylashadi. Zondlaganda ushbu yuza tekis, og‘riqsiz. Vital bo‘yash sinamasida dog‘ ko‘k rangga bo‘yaladi. EOD da tish pulpasi 2–6 mkAga javob beradi. Transillyuminatsiya dog‘ning hajmi va joylashishidan qat’iy nazar aniqlanadi. Dog‘ shaklidagi karies flyuoroz va gipoplaziya bilan solishtirma tashxis o‘tkaziladi. Yuza karies Yuza karies hosil bo‘lgan dog‘ karies o‘rnida destruktiv o‘zgarishlar natijasida hosil bo‘ladi. Bemor ximik ta’sirlar shirin, sho‘r, nordondan hosil bo‘ladigan qisqa muddatli og‘riqdan shikoyat qiladi. Agar karies kovagi tishning bo‘yin qismida joylashgan bo‘lsa termik ta’sirdan ham og‘riq paydo bo‘lishi mumkin. Ko‘rik o‘tkazilib zondlaganda kichik nuqson aniqlanadi. Nuqson faqat emal qavatida joylashadi. Elektr sezuvchanlik 2–6 mkA 158 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-3 teng bo‘ladi. Yuza kariesni aniqlashda gipoplaziya, tish eroziyasi, ponasimon nuqson bilan solishtirma tashxis o‘tkaziladi. O‘rta karies O‘rta kariesda nuqson emal, dentin chegarasidan o‘tib o‘rtacha chuqurlikka ega bo‘ladi. Aksariyat hollarda bemor og‘riq sezmaydi. Kamdan-kam hollarda bemor termik, mexanik, ximik ta’sirlardan paydo bo‘ladigan qisqa muddatli og‘riqdan shikoyat qiladilar. Ko‘rik o‘tkazilib, zondlaganda o‘rtacha chuqurlikka ega bo‘lgan karies kovagi borligi, kovak tubida yumshagan dentin borligi uchun g‘adirbudurliligi aniqlanadi. O‘rta kariesni aniqlashda ponasimon nuqson, eroziya, surunkali pe

Доказательный фрагмент

«ushbu maqolada karies kasalligi, blek tasnifiga asosan bo`linishlari haqida va kariesni davolashda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan xato va asoratlar, ularni bartaraf etish haqida ma`lumotlar berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

ushbu maqolada karies kasalligi, blek tasnifiga asosan bo`linishlari haqida va kariesni davolashda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan xato va asoratlar, ularni bartaraf etish haqida ma`lumotlar berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
caries, spot caries, superficial caries, medium caries, deep caries, tooth, anatomik, klinik, plomba, topografik, tish, karies, yuza karies, o`rta karies, dog' karies, charxlash., chuqur karies
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники