К содержанию
РецензированоRU2026

“MEHMONDO‘STLIK” KONTSEPTINING INGLIZ VA O‘ZBEK LINGVOMADANIYATIDA O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Davronova Feruzaxon Nodirjon qizi · Mamatova Feruza Maxammadovna

Talqin va tadqiqotlar · 2026

Аннотация

Данная статья посвящена анализу особенностей понятия «гостеприимство» в английской и узбекской лингвокультурах. В статье рассматривается, как выражается гостеприимство в обеих культурах, их уникальные стили и подходы. В узбекской культуре гостеприимство более искреннее, эмоциональное и ориентированное на чествование гостя, тогда как в английской культуре оно более прагматичное и формальное. В статье также проанализированы мнения ученых о гостеприимстве и культурных ценностях и предпринята попытка пролить свет на социальную значимость каждой культуры. Ключевые слова: Концепция гостеприимства, лингвокультурный анализ, прагматика, межкультурные различия, социальные ценности и традиции. Annotatsiya: Ushbu maqola “mehmondo‘stlik” kontseptining ingliz va o‘zbek lingvistik madaniyatlaridagi o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Maqolada mehmondo‘stlikning har ikki madaniyatda qanday ifodalanishi, ularning o‘ziga xos uslublari va yondashuvlari ko‘rib chiqiladi. O‘zbek madaniyatida mehmondo‘stlik ko‘proq samimiy, hissiy va mehmonni ulug‘lashga qaratilgan bo‘lsa, ingliz madaniyatida bu ko‘proq pragmatik va rasmiy tarzda namoyon bo‘ladi. Maqolada, shuningdek, olimlarning mehmondo‘stlik va madaniy qadriyatlar haqida ~ 22 ~ Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 4(62) fikrlarini tahlil qilib, har bir madaniyatning ijtimoiy ahamiyatini yoritishga harakat qilingan. Kalit so‘zlar: Mehmondo‘stlik konsepti, lingvomadaniy tahlil, pragmatika, madaniyatlararo farqlar, ijtimoiy qadriyatlarva an’analar. Konsept — lingvistika va madaniyatshunoslikda muhim tushuncha bo‘lib, insonning atrofidagi olamni qanday anglashini va ifodalashini o‘rganadi. Konseptlar ma‘lum bir madaniyatdagi odamlar tomonidan o‘rganilgan va umumiy qabul qilingan tasavvurlardan tashkil topadi. Har bir xalq o‘z dunyoqarashi, tarixiy tajribasi va ijtimoiy qadriyatlaridan kelib chiqqan holda, ma’lum bir kontseptni o‘zgacha tushunadi va ifodalaydi. Y.S.Stepanov tomonidan yozilgan “Концепты. Тонкая пленка цивилизатции” kitobining ham asosiy atamasi konsept bo‘lib, olim bu tushunchani mantiq, psixologiya, falsafa fanlariga bog‘laydi [6;42]. Shuningdek, D.S.Lixachev konseptga ta‘rif berishda ma’no va tushuncha nuqtai nazaridan yondashadi va quyidagicha baho beradi: “konsept – shaxsning tushunishi, mazmundorlikning oz miqdorda obyektiv ma’no va tushuncha tarzida namoyon bo‘lishi” [5;281]. Mehmondo‘stlik konsepti – bu madaniyatlararo aloqalar, ijtimoiy qadriyatlar va shaxslararo o‘zaro hurmatni ifodalovchi, turli xalqlar tomonidan bir-birlariga bo‘lgan mehr, ehtirom va ehtiyotkorlikni o‘z ichiga olgan kontseptdir. Mehmondo‘stlik konsepti faqatgina mehmonni kutib olish, unga xizmat ko‘rsatish yoki taom taklif qilish bilan cheklanmaydi; bu atama, asosan, ijtimoiy munosabatlarning, o‘zaro hurmat va mehr-oqibatning ifodasidir. Mehmondo‘stlik konseptining lingvomadaniy asoslari. Mehmondo‘stlik konsepti har bir xalqning lingvistik madaniyatida o‘ziga xos tarzda aks etadi. Har bir millatning mehmondo‘stlikni qanday tushunishi va ifodalashi, uning ijtimoiy qadriyatlari, tarixiy tajribasi, iqtisodiy holati va boshqa madaniy omillarga bog‘liqdir. Lingvomadaniyatning bir qismi sifatida, mehmondo‘stlik konsepti ko‘pincha so‘z boyligi, iboralar, til uslubi va madaniy kontekst orqali ifodalanadi. O‘zbek Madaniyatida- Mehmondo‘stlik. O‘zbek madaniyatida mehmondo‘stlik kontsepti juda chuqur ildiz otgan va bu so‘zning lingvistik ifodasi o‘ziga xos. O‘zbek xalqi mehmondo‘stlikni juda qadrlashadi va bu an’ana xalqning tilida, odatlarda va ijtimoiy hayotida o‘z aksini topgan. O‘zbek tilida mehmondo‘stlikka oid ko‘plab ifodalar va salomlashuvlar mavjud, masalan: “Xush kelibsiz!”, “Uyimizning to‘ri sizniki”, “Mezbon borini qo‘ysa, Mehmon ozga sanamas”, “Mehmon kelgan uyning chirog‘i ravshan” kabi ibora va maqollar mehmondo‘stlikni o‘zida namon ettiradi. Bu so‘zlar odamlar o‘rtasidagi iliqlik va hurmatni ko‘rsatadi. ~ 23 ~ Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 4(62) O‘zbek madaniyati bo‘yicha tadqiqotchisi Akhmedova N. o‘z asarlarida o‘zbek xalqining mehmondo‘stlik an‘analarini keng yoritadi. Uning fikricha, o‘zbek madaniyatida mehmondo‘stlik faqatgina tashrif buyuruvchini kutib olishni anglatmaydi, balki bu jarayonning ortida yirik ijtimoiy va ma’naviy ahamiyat yotadi [1;23]. O‘zbek madaniyatida mehmondo‘stlik nafaqat mehmongaga xizmat ko‘rsatish, balki uning shaxsiy va ma’naviy ehtiyojlariga e’tibor qaratishni, mehmonning xohish-istaklarini oldindan tushunishni ham anglatadi. Mezbonlar tomonida ishlatiladigan so‘zlarning samimiy bo‘lishi esa juda ham muhim sanaladi. Ingliz Madaniyatida- Mehmondo‘stlik Ingliz madaniyatida mehmondo‘stlik kontsepti ko‘proq rasmiylik va muloyimlik bilan bog‘liq. Inglizlar mehmondo‘stlikni ko‘pincha pragmatik tarzda, ya’ni ishni samarali va tartibli qilishda afzal ko‘radilar.[2;267]. Bu esa o‘z navbatida, ingliz tilida ishlatiladigan “Please”, “Would you like?”,

Доказательный фрагмент

«Данная статья посвящена анализу особенностей понятия «гостеприимство» в английской и узбекской лингвокультурах.»

Образец извлечения

Демо-превью

Данная статья посвящена анализу особенностей понятия «гостеприимство» в английской и узбекской лингвокультурах. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
The concept of hospitality, linguocultural analysis, pragmatics, intercultural differences, social values and traditions.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники