К содержанию
РецензированоUZ2026

KASBIY TA’LIM JARAYONIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING ELEKTRON RAQAMLI TEXNOLOGIYA TA’LIM MUHITIDA PROFESSIONAL EDUCATION SYSTEM (PTS) PLATFORMASI BO‘YICHA BILIM, KO‘NIKMA VA MALAKALARINI SHAKLLANTIRISH

Tojiboyev Jasurbek Zokirjon oʻgʻli

Interpretation and researches · 1 · 2026

Аннотация

Shu paytga qadar mavjud ta'lim tizimida o‘qitish ustuvor sanalgan bo‘lsa, ayni paytda jamiyatning axborotlashuvi davrida raqamli texnologiyalardan foydalanish kata ahamyat kasb etmoqda ustuvorlik – o‘qishga o‘rgatishga yo‘naltirilgan. Shu sababdan ta'limning o‘qituvchi-darslik-talaba paradigmasi talaba- darslik-o‘qituvchi paradigmasi bilan o‘rin almashishi zarurdir. OTMlarda muhandislik kompyuter grafikasi fanini dasturlarini o‘zaro qiyoslash metodi asosida o‘qitish yuzasidan olib borilgan ishlarning kamchiliklari tuzatildi. Kalit soʻzlar: “raqamli texnologiya”, “axborot kommunikatsiya”, “axborot texnologiya”. Ta’limning barcha bosqichlariga oid umumiy pedagogik muammo – bu ta’lim oluvchilarning qiziqishini, faolligini oshirish, kuchaytirishdir. Shuning uchun o‘rta maxsus ta’lim tizimi uchun pedagog kadrlar tayyorlashda har bir bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchisini darsda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llay olish imkoniyatlarini kengaytirish zarur. Demak, barcha bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilari eng so‘nggi zamonaviy raqamli texnologiyalaridan unumli foydalanish malakasiga ega bo‘lishlari shart. Odatda, o‘rgatuvchi dasturiy vositalar yaratish bilan kompyuter dasturchilari shug‘ullanishadi. Ammo bu dasturchilar o‘zlari yaratayotgan mahsulot sifati bo‘yicha yetarli bilimga ega bo‘lsalarda, lekin ko‘p hollarda o‘qitish metodikasini yaxshi bilmasligi mumkin. Bu esa o‘rgatuvchi dasturiy vositaning metodik talablarga to‘liq javob berishini ta’minlamaydi. Zamonaviy axborot texnologiyalari asosida dars beruvchi malakali kasbiy ta’lim o‘qituvchilarini tayyorlash samaradorligini oshirish maqsadida kasbiy ta’lim bakalavriat yo‘nalishlarida raqamli texnologiyalariga oid maxsus kurslarning o‘quv rejasiga kiritilishi maqsadga muvofiqdir. Bu kurslarda axborot texnologiyalari asosida har bir fanni o‘qitishni joriy etish bo‘yicha bilimlar berilishini ta’minlash mumkin. Bundan tashqari kasbiy ta’lim yo‘nalishlari yuqori kurslarida o‘qitiladigan o‘qitish metodikasiga oid fanlarning o‘quv dasturlarini qayta qarash lozim va ularga shu fanlarni o‘qitishda zamonaviy raqamli texnologiyalarini joriy etish mavzularini kiritish kerak. 147 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 4 (50) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 Kasbiy ta’lim bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha oliy ta’lim muassasalarining yuqori kurslarida bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish maqsadida «Kasb ta’lim metodikasi» fani o‘qitiladi. Bu fan, o‘qitishga an’anaviy yondashishni yoritish bilan bir qatorda eng ilg‘or metodlarni qo‘llash malakasini shakllantiradi. Biroq bu fan metodik va didaktik materiallarni yaratish muammolarini yetarlicha yoritib berish imkoniyatiga ega emas. Shu munosabat bilan tayyor dasturiy o‘quv-metodik ishlanmalardan foydalana oladigan yoki o‘zlarining ishlanmalarini yarata oladigan kasbiy ta’lim o‘qituvchilarini tayyorlash muammosi paydo bo‘ladi. Kasbiy ta’lim jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilarning elektron axborot ta’lim muhtida pedagogik loyihalashtiri bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish maqsadida (PTS) platformasini kiritish maqsadga muvofiq bo’ladi, bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun ishlab chiqilgan o‘quv rejalarining tegishli kursi bo‘yicha davlat ta’limi stnadartiga qo‘yilgan talablar darajasida zamonaviy pedagogik texnologiyalar va ularni o‘quv tarbiya jarayonida qo‘llash, dars jarayonini Professinal technology bilan izchil qurollantirishdan iborat. Fanni o‘zlashtirishga qo‘yiladigan talablar: «Ta’lim texnologiyalari» o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba: ta’lim oluvchiga yakka yondoshish; ta’lim va tarbiya jarayonini boshqarish; ta’lim tizimida pedagogikaning o‘rni va roli; pedagogika va ta’lim nazariyasida ilmiy-tadqiqot metodlari; o‘quvchi shaxsini tarbiyasi va rivojlanishi; ta’lim-tarbiyaning qonunlari va tamoyillari; ta’limning tashkil etish shakllari va metodlari; O‘zbekiston Respublikasida kasbiy ta’limni rivojlanish tarixi; “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”; Uzluksiz ta’limning maqsadi, mazmuni, tuzilishi; O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limini tashkil etish va boshqarish to‘g‘risidagi asosiy normativ xujjatlar; O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi mazmuni; pedagogik mahorat va pedagogik bilimdonlik tushunchasi; pedagogik faoliyatning o‘ziga xosligi, kasbiy bilimlar, pedagogik qobiliyatlar; pedagogik texnika va uni shakllantirish usullari; muloqat madaniyati va o‘qituvchi faoliyatining psixologiyasi; o‘quv-tarbiyaviy ish jarayonida o‘qituvchilarning pedagogik muloqat mahoratini tahlil qila olish va uni amalga oshirish yo‘llarini bilishi; ta’lim texnologiya; 148 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 4 (50) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 zamonaviy pedagogik texnologiyaning afzalliklari, ularning qo‘llanish va tavsifi; o‘quv jarayonining asosiy komponentlari va bosqi

Доказательный фрагмент

«Shu paytga qadar mavjud ta'lim tizimida o‘qitish ustuvor sanalgan bo‘lsa, ayni paytda jamiyatning axborotlashuvi davrida raqamli texnologiyalardan foydalanish kata ahamyat kasb etmoqda ustuvorlik – o‘qishga o‘rgatishg…»

Образец извлечения

Демо-превью

Shu paytga qadar mavjud ta'lim tizimida o‘qitish ustuvor sanalgan bo‘lsa, ayni paytda jamiyatning axborotlashuvi davrida raqamli texnologiyalardan foydalanish kata ahamyat kasb etmoqda ustuvorlik – o‘qishga o‘rgatishg… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
“raqamli texnologiya”, “axborot texnologiya”., “axborot kommunikatsiya”
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники