К содержанию
РецензированоUZ2026

NAMANGAN SHAHAR SHEVASINING KELIB CHIQISHI VA O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Asqaraliyeva Dilshoda Xojiakbar qizi · Ilmiy rahbar: Qozoqova Nozima Abdulboqiyevna

Interpretation and researches · 1 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada Namangan shahrida qo‘llanib keluvchi sheva adabiy tilga qiyoslab, uning farqli jihatlari ko‘rib chiqiladi.Ma’lumki, Namangan shahar shevasi o‘zining nafaqat leksik, balki fonetik va morgologik jihatdan ham adabiy tildan mutlaqo farq qiladi. Xuddi ana shu farqlik to‘g‘risida ushbu maqolada ma’lumot berib o‘tiladi. Kalit so‘zlar: shahar,chimaliq, lo‘xrak, shoti, mushuk, acha, opodda, katta aba, katta dada, tuproq, to‘g‘ramoq. Анотатция: В данной статье диалект используемый в городе Намангане, сварнивается с литературным языком и рассматриваются различные его аспекты. Известно, что наманганский городской диалект совершенно отличается от литературного языка не только лексически, но и фонетиски и морфологически. Это статья расскажает вам об этой разнице. Ключевые слово: город, муравей, червь, дедушка, бабушка, дядя, земля, исправить. Annotation: In this article, the dialect used in the city of Namangan is compared to the literary language, and its different aspects are considered.It is known that the urban dialect of Namangan is compeletly different from the literary language in terms of its poor lexical, but also phonetic and morphological aspects. Keeywords: city, ant, grandmother, grandfather, uncle, ladder, cat, soil, cut, worm. “Shahar" so'zining kelib chiqishiga to'xtaladigan bo'lsak, bu so'z "buyuk", "katta" degan ma'noni anglatadi. Ushbu so'z ilk O'rta asrlarda qo'llangan "shahriston" so'zidan kelib chiqqan hisoblanadi. Ya'ni O'rta asrlarda davlatning shahriston qismi deyilganda, o'sha diyorning markaz qismi tushunilgan. Xuddi shundan "shahar", ya'ni viloyatning markaz qismi kelib chiqqan. Odatda, shaharlar boshqa tumanlarga nisbatan ham ma'naviy, ham madaniy jihatdan rivojlangan hisoblanadi. Xuddi shundan "shahar", ya'ni viloyatning markaz qismi kelib chiqqan. Shavkat Rahmatullayevning "O'zbek tilining etimologik lug'ati" kitobida shahar so'ziga quyidagicha ta'rif berilgan: 101 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 4 (50) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 Shahar-(forscha-shahar, mamlakat) aholisi, asosan, sanoat, savdo, shuningdek, xizmat ko'rsatish, boshqaruv, fan va madaniyat sohalarida band bo'lgan yirik ma'muriy, madaniy aholi manzilgohi. Odatda, shaharlar boshqa tumanlarga nisbatan ham ma'naviy, ham madaniy jihatdan rivojlangan hisoblanadi. Namangan shahar shevalarini o'rganishda ularning fonetik jihatlariga alohida to'xtalib o'tish darkor. Ushbu sheva boshqa shevalarga nisbatan alohida fonetik xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ma'lumki, Namangan shahar shevasining ildizi uyg'ur lahjasiga borib taqaladi. Va ushbu lahjaga monand talaffuz qilinadi: 1) Unlilar va undoshlarning regressiv assimilyatsiyasi; 2) Singarmonizm izchil emas; 3) Unlilar reduksiyasi va undoshlarning tushib qolishi; 4) Ba'zan o'zak va qo'shimcha o'rtasida tovush ortishi. 1. CHimaliq (čïmälïq) Namangan shahar shevasida "chumoli" so'zini "chimaliq" tarzida atashadi. Chumoli-to'da-to'da bo'lib bir uyada yashovchi kichkina hasharot, qumursqa. Qadimgi turkiy tilda ham shunday ma'noni anglatgan bu so'z asli чöмäли tarzida talaffuz qilingan, keyinchalik o'zbek tilida ö unlisi y unlisiga, ä unlisi â unlisiga almashgan. Demak, Čïmälïq tarzida talaffuz qilinuvchi ushbu so'z asli adabiy tilida chumoli so'zi bilan teng ekan. 2. Lo'xrak (löxrà(k)) Chuvalchang- yer ostida yashovchi, yomg'irdan keyin yer ustiga sudralib yuradigan uzunchoq qoramtir-qizg'ish qurt. Bu so'z asli o'zbek tilida "sudra" ma'nosini anglatgan chuba fe'lining "o'zlik" ma'nosini ifodalovchi -l qo'shimchasi qo'shilgan shaklidan sifat yasovchi -chan qo'shimchasi bilan yasalgan. Chuvalchang so'zi shahar shevasida "löxra(k) tarzida talaffuz qilinadi. 3. Shoti (šötï) Namangan shahar shevasida "narvon" so'zi "šötï" tarzida ataladi. Bu so'z Namangan tumanlaridagi ayrim viloyatlarda ham xuddi shunday nomlanadi(masalan, Norin va Uychi shevalarida). Narvon so'zi asli tojikcha "shoxcha" ma'nosini anglatadigan nard otiga "bog'la" ma'nosini anglatadigan bastam fe'lining band hozirgi zamon asosini qo'shib hosil qilingan bo'lib, tojik tilida voqe bo'lgan tovush o'zgarishlari natijasida nardbon so'zi yuzaga kelgan. 4. Mishig' (mыčиý) Mushuk so'zi shahar shevasida "mыčиý" tarzida talaffuz qilinadi. Bundan tashqari shahar shevasida qarindoshlik atamalari ham o'zgacha. Unda "bobo" so'zini "opodda" tarzida, amaki, ya'ni dadaning akasini "katta dada", 102 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 4 (50) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 amakining ayolini esa "katta aba", "buvi" so'zini "acha", "ona"ni esa "aba" singari qo'llanadi. Bundan tashqari shahar shevasida dissmilatsiya, ya'ni so'z tarkibidagi undoshlarning boshqa tovush ta'sirisiz tovush variantiga ega bo'lishi ham kuzatiladi: • Tuproq~turpoq; •To'rg'amoq~to'rg'amoq singari. Xulosa: Demak, Namangan shahar shevasining nafaqat adabiy tildan, balki boshqa shevalardan ham anchagina farqli jihatlari bor. Bu jihatlarni to‘la tadqiq etis

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Namangan shahrida qo‘llanib keluvchi sheva adabiy tilga qiyoslab, uning farqli jihatlari ko‘rib chiqiladi.Ma’lumki, Namangan shahar shevasi o‘zining nafaqat leksik, balki fonetik va morgologik jihatdan…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Namangan shahrida qo‘llanib keluvchi sheva adabiy tilga qiyoslab, uning farqli jihatlari ko‘rib chiqiladi.Ma’lumki, Namangan shahar shevasi o‘zining nafaqat leksik, balki fonetik va morgologik jihatdan… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
acha, shoti, tuproq, to‘g‘ramoq., katta dada, opodda, lo‘xrak, katta aba, chimaliq, mushuk, shahar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники