К содержанию
РецензированоUZ2026

“URUSHNING SURATI” HIKOYASIDA SOG‘INCH AZOBI

Odiljonova Irodaxon Zohidjon qizi · Ziyaudinova Gulnoza Iqboljon qizi · Iroda Odiljonova

Interpretation and researches · 1 · 2026

Аннотация

This article talks about the story " Urushning surati" by Kochkor Norqabil. The main idea of the work is explained in the article. Kalit so‘zlar: yolg‘iz, yorug‘ iz, sog‘inch dardi, ko‘hna kulba, temir tobut, marmartosh, achchiq qismat Shoir, yozuvchi, dramaturg, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Qo‘chqor Norqobil ijodiga yana bir bor nazar solishni lozim topdik. Shu o‘rinda yozuvchining qalamiga mansub “Urushning surati” hikoyasi haqida yozishni joiz deb bildik. Bu asarni yozishga yozuvchini nima undadi? Har gal Qo‘chqor Norqobil asarlaridagi urush vaxshatlari-yu uning ayanchli oqibatlari sabab bag‘ri qon bo‘lgan begunohlarning achchiq qismati hikoya qilinganda, nega bu qadar alam chekamiz? Axir, urushning daxshatlari, voqealari yoritilgan o‘nlab, yuzlab, balki minglab asarlar mavjudligi hech birimizga sir emas. Bu kichik hikoya orqali biz yana bir farzand dog‘idan kuygan mushfiq otaning alamlari, mushtipar onayizorning sog‘inch dardida chekkan iztiroblariga guvoh bo‘lamiz. Demak, asar haqida bizning fikrlarimiz bunday… Bugungi tanqidiy va tahliliy yillarda nazm, ayniqsa nasrda ijod qilish birmuncha qiyin. Biz bugun asl mohiyatini oq varoqqa tushirish istagida bo‘lgan asarimiz bu kungi adabiyot zarvaraqlarida muqim o‘rin olsa ajab emas. Asarning boshlanishi, xuddi yakunida kimdir yolg‘izlanib qolishidan darak berayotgandek, “Yolg‘iz”ning yolg‘iz farzand ekanligini bildirish ila qoralandi. “Yolg‘iz – yolg‘iz o‘g‘il. G‘ulom bobo bilan Oysara xolaning yolg‘izi, ortida qoladigan yorug‘ izi…”, - deb boshlangan hikoyaning oxiri baxayr bo‘lsin deya yurak yutasan kishi. Bu yorug‘ izning harbiyga chaqiruvi kelishi, so‘ng afg‘on urushiga olib ketilishi sabab, bechora onaning ko‘zlaridan nur ketishi farzand 56 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 4 (50) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 sog‘inchida yig‘layverib ko‘zlari ko‘rmay qolishi, bari juda achinarli. Oysara xola: “Hali o‘g‘lim kelsa, ko‘zlarim ochilib ketadi”, - deb qo‘yardi. Xalqimiz: “Farzand dog‘i yondirar, Payti kelsa kuydirar”, - deb bejiz aytmagan. Sog‘inch dardi-yu tahlika azobidan yurak bag‘ri qon bo‘gan onaning ich-ichidan kuygani, hasratlarini va bu qiynoqlarga dosh berolmay bir yil o‘tar-o‘tmay omonatini topshirgani haqidagi xabar o‘quvchini bu daxshatni tushunishiga zamin yaratadi. Endi G‘ulom boboning holi ne kechadi? Ham ko‘zlarining oq-u qorasi bo‘lmish, endigina yigitlik yoshiga yetgan arslondek Yolg‘izining ayovsiz urushda qon kechib yurgani, bir tomonda esa yolg‘iz yelkadoshi, hamrohidan judo bo‘lganligi azobini anglash uchun bunday g‘amni boshdan kechirmoq lozim. Endi uning mungli ko‘zlari eshikka tikildi, faqat eshikni ko‘rdi, Yolg‘izning yo‘liga ko‘z tikdi… “Paxsa devorga omonat ilingan pastak eshik tiq etsa, boboning yuragi shig‘ etadi. Joni halqumiga keladi. Nurab, to‘kilib ketaman deb turgan ozurda ko‘hna kulbadan otilib chiqib, yalangoyoq yugurgilaydi”. Qariganda endigina farzandining rohatini ko‘radigan mahal boboning bu achchiq qismatiga afsus chekishdan boshqa iloj yo‘q. ovuldoshlari, qo‘ni-qo‘shnilarining: Keladi, bobo, keladi, Yolg‘izingiz keladi…”, - degan daldalari bilan yashab, o‘g‘lining qaytishini kutayotgan boboga Yolg‘izning temir tobuti keldi… bobo garangsib, esi kirdi-chiqdi bo‘lib qoldi. Oradan bir hafta o‘tib boboning oldiga qishloq maktabining direktori kelib, maktabni o‘g‘lining nomi bilan Yolg‘iz Xolboyev nomi bilan atashi, marmartosh o‘rnatib, ta’ziyanoma yozmoqchiligini aytganda, uning beozor, mungli ko‘nglidan nimalar o‘tmadi ekan? U ichkari uyga kirib, eni bo‘yi yarim quloch keladigan marmar lavhga o‘ralgan Yolg‘izning suratini olib chiqdi. Direktor marmartoshdagi Yolg‘izning suratini hamda “Men otamdan oldin o‘lganman…” degan yozuvni ko‘rganda ko‘z oldi qorong‘ulashib, ichidan o‘kirik kelgani, so‘ng undan uzr so‘ragani beixtiyor ko‘z oldimizda gavdalanadi. - Uf-f… Kecha… Kecha rayon markaziga berib o‘zim tayyorlatib keldim. Shuni qo‘yaman, - dedi bobo. Voqeani hikoya qilayotgan yozuvchi boboning joni toshligi, boshi toshdanligi uchun uzoq yashagani. Bu shafqatsiz dunyoga qasdma-qasd yashagani va yuz yoshga yaqinlashib vafot etganini yozadi. Ammo, G‘ulom bobo singari qismatning achchiq zahmatini, qiyinchiligini totgan inson uchun bu yorug‘ olamda yaqinlarisiz uzoq hayot kechirish haqiqiy jahannamdir. Hikoya qilguvchi xotira va qadrlash bayramida qishloqda bo‘lgani, qabristonning kunbotarida Yolg‘iz yotgan qabr boshida askar kiyimida jilmayib turgan o‘g‘lonning surati tagida: “Men otamdan oldin o‘lganman…” degan yozuvni o‘qib o‘zini arang qo‘lga olgani, ammo G‘ulom boboning qabri boshidagi marmar lavhga ko‘zi tushgach, ichidan ko‘pirib toshgan og‘riqli bo‘ronni to‘xtatolmay o‘kirib yig‘lab yuborgani ko‘z o‘ngimizda bo‘layotgandek go‘yo… Marmar lavhda G‘ulom 57 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 4 (50) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 boboning achchiq qismatidan so‘z ochguvchi alamli iztirob yozilgan edi: “Men

Доказательный фрагмент

«This article talks about the story " Urushning surati" by Kochkor Norqabil.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article talks about the story " Urushning surati" by Kochkor Norqabil. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
marmartosh, yolg‘iz, sog‘inch dardi, temir tobut, yorug‘ iz, achchiq qismat, ko‘hna kulba
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[1]ФилологияENРецензированоОткрытый доступ
COGNITIVE PERSPECTIVES OF TRAINING GOOD VOCABULARY LEARNERS

МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ЯЗЫКА, ОБРАЗОВАНИЯ, ПЕРЕВОДААбдуллаева, Гулнора Гайбуллоевна2022

3