К содержанию
РецензированоUZ2026

QAMCHIBEK KENJA HIKOYALARIDA MILLIY QADRIYATLARINING AKS ETISHI

AKS ETISHI · Dilobodxon Karimova Xalimovna

Interpretation and researches · 1 · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada o‘zbek zamonaviy adabiyotining yorqin namoyandalaridan biri Qamchibek Kenja ijodidagi hikoyalar tahlili asosida milliy qadriyatlarning ifodalanishi yoritiladi. Asosan, adib asarlarida xalq urf-odatlari, an’analari, oilaviy munosabatlar, ota-ona hurmati, mehr-oqibat, odob-axloq va ma’naviy meros kabi qadriyatlarning badiiy ifodasi tahlil qilinadi. Shuningdek, yozuvchining obraz yaratish mahorati, xalqona til va uslub orqali o‘zbek xalqining milliy ruhini ifodalashdagi yondashuvlari o‘rganiladi. Kalit so‘zlar: Qamchibek Kenja, o‘zbek hikoyachiligi, milliy qadriyatlar, urf- odatlar, an’analar, xalqona til, badiiy mahorat, oila qadriyati, ota-ona hurmati, mehr- oqibat, odob-axloq, ma’naviy meros, milliy ruh, ma’rifiy g‘oyalar, tarbiyaviy ahamiyat, o‘zbek xalqining hayoti, zamonaviy o‘zbek adabiyoti, obraz yaratish, milliy mentalitet, xalq falsafasi, ma’naviyat va ma’rifat, yosh avlod tarbiyasi, o‘zlikni anglash, adabiy uslub, badiiy tasvir. Yangi davr adabiyotida, xususan, epik janrlar orasida imkoniyati, mavzu doirasi keng, ammo ifodalanishi maxsus chegaralar talab qiladigan hikoya janri yangidan yangi uslublar yetakchi talqin vositalari yordamida shakllanmoqda. XX asr ibtidosida nasriy asarlar urf bo‘la boshlagan bir davrda Qodiriy, Cho‘lpon kabi zabardast nosirlar va keyingi davr hikoyanavislari ijodida shakllangan adabiy an’analar istiqlol davriga kelib o‘zgacha mohiyat kasb etdi. Badiiy adabiyot tarixiy taraqqiyotning barcha bosqichlarida bir xil vazifani bajarib kelgan. U har qanday ijtimoiy-siyosiy tuzum, har bir jug‘rofiy hududda o‘sha xalqning ma’naviy-ruhiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qilgan. Kishilardagi eng oliy umumbashariy qadriyatlar erk, adolat, odob-axloq, mehr-oqibat, darddoshlik, ma’rifatparvarlikni yoqlab, zulm, haqsizlik, jaholat va insonlik sha’niga nomunosib ochko‘zlik, zulm-zo‘ravonlik, xiyonat, qo‘rqoqlik, yolg‘on, kibr, maqtanchoqlikni qoralagan. Davr va jamiyat a’zolarining orzu-intilishlarini o‘zida aks ettirgan badiiy adabiyot zamon bilan hamnafas o‘z-o‘zini isloh qilib kelgan. Xalqning ruhiy, ma’naviy talabini qondirishni o‘z oldiga maqsad qilgan badiiy adabiyot hayotni obrazli ifodalaganligi tufayli insonlar qalbiga yaqin. Shuning uchun ham xalqning ko‘ngliga tez yo‘l olgan. Xalq og‘zaki ijodidan tortib mumtoz asarlargacha va hozirda yaratilayotgan eng sara badiiy ijod namunalarining adabiy-estetik qimmati, xalq ma’naviy mulki sifatidagi nodir va noyobligi shu bilan izohlanadi. Badiiy asarlarni tekshirishda germenevtik 45 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 4 (50) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 yondashuv usuliga o‘tilishi davr taqozosi sifatida yuzaga keldi. Insonlararo munosabatlar, ular o‘rtasidagi ziddiyat va qaramaqarshiliklar o‘rnini inson botiniga qaratilgan, o‘z-o‘zi bilan kurashayotgan, kamchilik va nuqsonlardan holi bo‘lmagan, o‘zini tanishga intilayotgan inson tasviri egalladi. So‘zning ma’no nozikligi, ma’no qatlamlarini anglash nihoyatda murakkab ijodiy jarayon. Masalaning ayni jihatlariga Sharqning peshqadam alloma mutafakkirlari alohida diqqat qaratishgan. Mahmud Koshg‘ariydan Alisher Navoiygacha va undan Fitratga qadar ijodkorlar badiiy matn tahlili, badiiyat, so‘zni idrok etish va his qilish, badiiy matn talqini va tahlilini badiiy ijodning zaruriy sharti hisoblaganlar. XX asr boshlarida yaratilgan ilk tarixiy va zamonaviy hikoyalar: G‘afur G‘ulom, A. Qahhor badiiy psixologizmga murojaat qilishgan bo‘lsa, asr so‘nggida yaratilgan qissa va hikoyalarda badiiy psixologizm milliy nasrning yetakchi tamoyillaridan biriga aylandi. Bu ikki muallifning hikoyalarida o‘z-o‘zini inkor etuvchi qarama-qarshi qutblarda bir vaqtning o‘zida harakatlanuvchi insonning ichki olami, ruhiy dunyosi, aql va ko‘ngil o‘rtasidagi ayovsiz kurash, tasavvur-tahayyul-tafakkur butun murakkabligi aks etgan. Inson faoliyat yuritar ekan, jamiyat bilan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, estetik, ma’naviy- axloqiy munosabatga kirishishga majbur. Inson yakka holda jamiyatdagi mavjud munosabatlarni o‘zgartira olmaydi, biroq u shaxs maqomiga ko‘tarila olgan bo‘lsa, jamiyat o‘z ta’sirini o‘tkaza oladi. Masalan, Abdulla Qahhorning “Bemor” hikoyasida qizaloqning onasining dardiga shifo tilab duo qilishi milliy qadriyatlarimizni yaqqol aks ettiradi. Yoki G‘.G‘ulomning “Mening o‘g‘rigina bolam” hikoyasida buvining o‘g‘ri bilan samimiy munosabatda bo‘lishi, oxirida quruq ketmasdan qozonni olib ketishini uy egasining o‘zi tavsiya qilishi faqat o‘zbek milliy qadriyatlariga hos hisoblansa kerak. Ushbu hikoyada milliy qadriyatlar bor bo‘y basti bilan namoyon bo‘ladi. Milliy qadriyatlar jamiyat yoki mamlakat aziz boʻlgan eʼtiqod, tamoyil va ideallardir. Ular millatning o‘ziga xosligini belgilaydigan, madaniyatini shakllantiradigan meyorlar, urf-odatlar, an’analar va amaliyotlardir. Milliy qadriyatlarga vatanparvarlik, hokimiyatni hurmat qilish, kuchli mehnat odob-axloqi, ijtimoiy adolatga sodiqlik kabi tushunchalar kiradi. Bu qadriyatlar koʻpincha

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada o‘zbek zamonaviy adabiyotining yorqin namoyandalaridan biri Qamchibek Kenja ijodidagi hikoyalar tahlili asosida milliy qadriyatlarning ifodalanishi yoritiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada o‘zbek zamonaviy adabiyotining yorqin namoyandalaridan biri Qamchibek Kenja ijodidagi hikoyalar tahlili asosida milliy qadriyatlarning ifodalanishi yoritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
urf-odatlar, obraz yaratish, an’analar, yosh avlod tarbiyasi, zamonaviy o‘zbek adabiyoti, o‘zlikni anglash, ma’naviy meros, mehr-oqibat, badiiy mahorat, milliy mentalitet, xalq falsafasi, ma’rifiy g‘oyalar, o‘zbek hikoyachiligi, o‘zbek xalqining hayoti, tarbiyaviy ahamiyat, milliy ruh, badiiy tasvir., milliy qadriyatlar, odob-axloq, adabiy uslub, ma’naviyat va ma’rifat, Qamchibek Kenja, oila qadriyati, ota-ona hurmati, xalqona til
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники