Interpretation and researchesШ. Саттаров2026
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA ESTETIK TARBIYANI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI
SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI · Suyarova Mahfuza Sardor qizi
Interpretation and researches · 1 · 2026
Аннотация
В данной статье анализируется процесс формирования эстетического воспитания у учащихся начальных классов. Эстетическое воспитание способствует развитию художественного вкуса, творческого мышления и нравственных качеств детей. В исследовании использованы методы наблюдения, педагогического эксперимента и анкетирования, предложены эффективные методы. Результаты показали, что эстетическое воспитание оказывает положительное влияние на духовно-нравственное развитие детей. Kлючевые слова: эстетическое воспитание, начальные классы, художественный вкус, творческое мышление, нравственное воспитание, педагогические методы. Annotation: This article analyzes the process of developing aesthetic education in primary school students. Aesthetic education helps cultivate artistic taste, creative thinking, and moral qualities. The study utilized observation, pedagogical experiments, and surveys, proposing effective methods. The results showed that aesthetic education positively influences children's moral and spiritual development. Keywords: aesthetic education, primary school, artistic taste, creative thinking, moral education, pedagogical methods. Estetik tarbiya inson shaxsini har tomonlama rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida bu jarayon alohida ahamiyatga ega, chunki aynan shu yoshda bolalar atrof-muhitni idrok etish, go‘zallikni tushunish va badiiy didni shakllantirish asoslarini o‘zlashtiradilar. Pedagogika fanida estetik 122 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 4 (50) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 tarbiya nafaqat san’at yoki madaniyatga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otish bilan cheklanmay, balki insonning axloqiy fazilatlarini shakllantirish, ma’naviy olamini boyitish va ijodiy tafakkurni rivojlantirishga xizmat qiladi. Shu bois, boshlang‘ich ta’lim jarayonida estetik tarbiyaga asoslangan pedagogik yondashuvlar tizimli va samarali tashkil etilishi zarur. Estetik tarbiya insonning ma’naviy kamoloti, san’at va go‘zallikka bo‘lgan munosabati hamda badiiy didining rivojlanishiga xizmat qiladi. Boshlang‘ich ta’lim bosqichida estetik tarbiya o‘quvchilarning nafosatni anglash, go‘zallikni his qilish va uni hayotga tatbiq etish malakalarini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Pedagogik nuqtai nazardan, estetik tarbiya nafaqat san’at asarlarini tushunish va qadrlash bilan cheklanmay, balki insonning axloqiy kamolotiga ham bevosita ta’sir qiladi. O‘zbekistonlik olimlardan biri, pedagog va ma’rifatparvar Abdulla Avloniy tarbiyaning har bir yo‘nalishi inson hayoti uchun suv va havo kabi zarurligini ta’kidlab: “Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir”, degan edi. Shu nuqtai nazardan, estetik tarbiya shaxs kamoloti uchun ajralmas qism bo‘lib, uni boshlang‘ich sinf davridan shakllantirish zarur. Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida estetik tarbiyani shakllantirish jarayonining pedagogik xususiyatlari, bu boradagi nazariy yondashuvlar va Sharq mutafakkirlarining qarashlari tahlil qilinadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida estetik tarbiyaning mohiyati va ahamiyati Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari estetik tarbiyaning dastlabki bosqichida bo‘lganligi sababli, bu yoshda ular go‘zallikni anglash, uni his qilish va baholash malakalarini o‘zlashtiradilar. Estetik tarbiyaning mohiyati shundaki, u o‘quvchilarga atrof-muhitni estetik idrok etish imkoniyatini beradi, shu bilan birga san’at asarlari va badiiy hodisalarni to‘g‘ri tushunish va baholashga yordam beradi. Bu jarayon bolalarning badiiy didini shakllantirish va to‘g‘ri estetik qarashlarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Estetik tarbiyaning ahamiyati quyidagilardan iborat: San’at asarlarini tushunish va qadrlash: Bolalarga san’at asarlarini estetik nuqtai nazardan baholash, ularning mazmunini tushunish va badiiy yondashuvni shakllantirish. Tabiat va me’moriy yodgorliklarga nisbatan hurmat: Estetik tarbiya orqali bolalar nafaqat badiiy asarlarni, balki tabiat va tarixiy yodgorliklarni ham qadrlashni o‘rganadilar. Shaxsiy gigiyena va kiyinish madaniyati: Estetik tarbiyaning bir qismi sifatida, bolalarga shaxsiy gigiyena, to‘g‘ri kiyinish va madaniyatni rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Estetik tarbiyaning pedagogik asoslari 123 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 4 (50) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 Estetik tarbiya jarayonida pedagogik yondashuvlar muhim ahamiyatga ega. Bu yondashuvlar o‘quvchilarga nafaqat san’at va musiqa kabi badiiy jihatlarni, balki kundalik hayotda go‘zallikni his qilishni, axloqiy me’yorlarga rioya qilishni ham o‘rgatadi. O‘zbekistonlik pedagog olimi G‘. M. Husainovning fikriga ko‘ra, estetik tarbiya faqat san’atni tushuntirish bilan cheklanmaydi, balki u bolalarning axloqiy shakllanishiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Bu jarayonni samarali tashkil etish uchun quyidagi yondashuvlar talab etiladi: Dars jarayonida estetik elementlardan foydalanish: O‘qituvchilar darslarda
Доказательный фрагмент
«В данной статье анализируется процесс формирования эстетического воспитания у учащихся начальных классов.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье анализируется процесс формирования эстетического воспитания у учащихся начальных классов. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- aesthetic education, primary school, artistic taste, creative thinking, axloqiy tarbiya, pedagogik metodlar., ijodiy tafakkur, estetik tarbiya, boshlang‘ich sinf, badiiy did
Смежные источники
Interpretation and researchesЗокиржонова Ф. Р., Туленова К. Ж2026
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025