К содержанию
РецензированоUZ2025

GEOGRAFIYA TA’LIMIDA EKOLOGIK MADANIYATNI SHAKLLANTIRISH

UZBEKISTAN” JURNALI · Bozorboyeva Sh. (Urgench State University.) · Master's student in Geography (Urgench State University.)

Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 3 · 2025

Аннотация

This article provides information about ecological culture and the cultural behavior of a person in the environment, his overall knowledge, the main tasks of forming ecological culture in the field of Geography, the protection and improvement of the natural environment, the rational use of nature, and the ecological ethics that arise on this basis, and human behavior in relation to the environment. Key words: Nature, environment, protection, spirituality and morality, Zoroastrianism, the Holy Quran, Hadith, Avesta, Abu Rayhan Al-Biruni, Abu Ali Ibn Sina. Kirish. Tabiat va atrof-muhitni muhofaza qilish negizida ma’naviy-axloqiy me’yorlar mavjud bo‘lib, ularga qat’iy va og‘ishmay amal qilish nafaqat tabiiy biotsenozni aslidek saqlab qolishga imkon beribgina qolmay, balki insoniyat hayoti xavfsizligi va salomatligini ta’minlashning muhim sharti ham sanaladi. Shu sababli, asrlar davomida tabiat va inson munosabatlari, uning oqilona bo‘lishiga erishishga e’tibor qaratib kelingan. Atrof-muhit, geografiya hamda va ekologiyaga oid mavjud manbalar bilan tanishish, tabiat va atrof-muhitga mas’uliyatli yondashish masalalari juda qadimdan o‘rganilib kelingan va insonlarda asta sekinlik bilan tabiatga bo’lgan muxabbat uyg’onib ekologik madaniyat xam shakllanib borgan. “Ekologik madaniyat shaxsga xos bo‘lgan murakkab fazilati bo’lib, shaxsning atrof-muhitdagi madaniy hatti-harakati uning jamiki bilimlari, hayotiy tajribasi, iroda kuchi hamda tasavvur kengligi kabilarni bir nuqtaga yig‘ishni taqozo qiladi. Shu asosda paydo bo‘ladigan ekologik axloq insonning atrof-muhitdagi hatti- harakatini tartibga solib turadi” [2]. Tevarak-atrofda sodir bo‘layotgan ekologik o‘zgarishlarni ko‘ra olish uchun har bir shaxsda fikrlash qobiliyati, tafakkur yuqori darajada rivojlangan bo‘lishi kerak. Bunga erishish uchun ta’lim jarayonini ilmiy-metodik jihatdan to‘g‘ri tashkil etish, eng samarali bo‘lgan o‘qitish metodlaridan foydalanish talab etiladi. O‘qituvchi shuni ham inobatga olishi lozimki, ta’lim jarayonida qo‘llanilayotgan har 275 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 3, ISSUE 03, 2025. MARCH ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 bir metod o‘quvchilarida mustaqil fikrlash, o‘quv va ijtimoiy faollik ko‘nikmalarini shakllantira olishiga e’tibor qaratishi maqsadga muvofiqdir. Asosiy qism. Talabalar insoniyatning atrof-muhitga salbiy ta’sir etish darajasi va ularning oqibatlarini aniq tasavvur eta olishlari lozim. Bu esa talabalarning kundalik faoliyatlarida atrof-muhitga zarar etkazmaydigan tarzda harakat qilishlariga imkon beradi. Xalqimiz tarixiy taraqqiyotining ilk davrlaridayoq tabiat va inson munosabatlarini tashkil etishga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lingan. Qadimgi manbalar – zardushtiylik dinining muqaddas kitobi – “Avesto” hamda islom ta’limotining muqaddas manbalari – Qur’oni karim va Hadisi sharifda ham insonning tabiat bilan birligi va o‘zaro uyg‘unligi alohida yoritilgan bo‘lib, ularda tabiatni asrash, atrof-muhitni toza saqlash g‘oyalari etakchi o‘rin tutgan. Shuningdek, Sharq mutafakkirlari – Muhammad Muso al-Xorazmiy, Imom Ismoil al-Buxoriy, Imom Iso at-Termiziy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Amir Temur, Alisher Navoiy, Mahmud az-Zamaxshariy va boshqalarning asarlarida ham tabiatga nisbatan oqilona, ehtiyotkorona mas’uliyatli yondashuv inson salomatligi va hayoti xavfsizligini ta’minlovchi omil ekanligi yoritilgan [3]. Geografiya ta’limi jarayonida talabalar o‘rtasida ekologik bilimlarni targ‘ib qilish quyidagi natijalarga erishishni kafolatlaydi: 1) talabalarning geoekologik bilimlarni mustahkamlash va boyitish; 2) ularda geoekologik bilimlarni o‘zlashtirishga nisbatan qiziqish yuzaga keltiriladi; 3) talabalar tabiat va atrof-muhitga ongli, mas’uliyatli va oqilona yondashuv inson hayoti va salomatligini muhofazalashning muhim shartlaridan biri ekanligini chuqur anglab etadilar; 4) ularning ekologik majmualarga tizimli yondashuvi qaror toptiriladi va mavjud ekologik bilimlarni amalda qo‘llay olish ko‘nikma, malakalari, shuningdek, ularning birligi negizida ekologik madaniyatlari shakllantiriladi. Talabalar ekologik madaniyatni shakllantirishda, ekologik bilimlarni o‘rganish jarayonida tarixiylik, ilmiylik, insonparvarlik, uzluksizlik, vorislik, respublikada tabiatni muhofaza qilish ishiga barchaning mas’ulligi hamda atrof-muhitga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish fuqarolarning burchi ekanligi, ekologik bilimlarni o‘rganishning, shuningdek, bunday ma’lumotlar olishning barcha uchun ochiqligi, ekologik ta’lim-tarbiya mazmunining asoslanganligi geografiya yo‘nalishi talabalari uchun yanada ko’proq ekologik bilim olishga yordam beradi. 276 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 3, ISSUE 03, 2025. MARCH ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 Shu sababli xam ekologik madaniyatni shakllantirish bo‘yicha oila, mahalla, ta’lim muassasalari, tabiatni muhofaza qilish o’rganlari va davlat o‘rtasida o‘zaro mustahkam a

Доказательный фрагмент

«This article provides information about ecological culture and the cultural behavior of a person in the environment, his overall knowledge, the main tasks of forming ecological culture in the field of Geography, the p…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article provides information about ecological culture and the cultural behavior of a person in the environment, his overall knowledge, the main tasks of forming ecological culture in the field of Geography, the p… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Nature, environment, protection, spirituality and morality, Tabiat, Hadisi sharif, Avesto, zardushtiylik, muhofaza, atrof-muhit, Qur’oni karim, ma’naviy-axloq, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники