Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TENEBRIONIDAE OILASI VAKILLARINING MORFOLOGIK XUSUSIYATLARI (Blaptini tribasi misolida)
UZBEKISTAN” JURNALI · Kamolova Mahliyo Zokirovna
Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 1 · 2023
Аннотация
представлены общие сведения о распространении представителей семейства Tenebrionidae на земле, образе жизни, питании, строении тела, характере и значении в жизни человека. Ключевые слова: Coleoptera, Tenebrionidae, усики, части тела, формула лапки, усики. Annotation: general information about the distribution of representatives of the Tenebrionidae family on the earth, lifestyle, nutrition, body structure, nature and importance in human life is presented. Key words: Coleoptera, Tenebrionidae, antenna, body parts, tarsal formula, antenna. Tenebrionidae oilasi turlar soni jihatidan Coleoptera turkumining eng katta oilalardan biri hisoblanadi. Dunyo boʻylab bu oilaga mansub boʻlgan 30,000 dan ortiq tur aniqlangan. Lotin tilidan tarjima qilinganda tenebrio soʻzi “qorongʻusevar” degan ma’noni anglatadi. Shuningdek, oila vakillari asosan qora rangli boʻlganidan qora tanli qoʻngʻizlar deb ham ataladi. Tuproqda yashaydigan vakillari orasida toʻq jigarrang, tropik va subtropik mintaqa oʻrmonlarida esa yorqin va metal ranglilari ham uchraydi. Tenebrionidlar asosan tunda harakatlanadi, kunduzlari esa ularni toshlar ostida va atrofida, chirigan barglar, qurigan daraxt qobiqlari hamda qoʻziqorinlar tanasi ostidan topish mumkin. Voyaga yetgan qoʻngʻizlar va ularning lichinkalari asosan oʻsimlik qoldiqlari, quruq iqlimli hududlarda yashaydigan vakilari tirik oʻsimliklar bilan oziqlanadi. Lichinkalar oʻsimlik ildizlari va oʻsayotgan urugʻlar bilan ham oziqlanishi mumkin. Voyaga 503 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 1, ISSUE 5, 2023. AUGUST ISSN 2992-8869 yetgan qoʻngʻizlar yosh oʻsimliklarning ildiz boʻgʻinlarini kemiradi, koʻplab choʻlda yashaydigan turlari oʻsimliklarga tirmashib chiqish xususiyatiga ega va butalarning tepa qismiga koʻtarilib ularning barg yoki kurtaklari bilan oziqlanadi. Tenebrionidlar tirik ozuqalarni ham, oʻlik,ba’zan chalajon hasharotlar va hatto quruq oʻlik tanalarni ham yeyishdan qaytmaydi. Bir qator turlari chumoli inlarida yashaydi. Qoʻngʻizlar tanasining uzunligi mayda oʻlchamli vakillarida 2 – 3 mm dan yiriklari 8 sm gacha boʻladi. Tanasi choʻziq, uzun oval, ellipssimon, oʻrtasidan siqilgan va orqaga kengaygan shakllarda boʻlishi mumkin. Tana yuzasida turli nuqtalar mavjud boʻlib, lupa orqali kattalashtirilganda ular chuqur boʻlmagan yumaloq, chuqur yumaloq va koʻp qirrali ekanligini koʻrish mumkin. Barcha qoʻngʻizlar singari tenebrionidae vakillarida ham rivojlanish toʻliq matamorfoz bilan boradi va bunda ular 4 ta: tuxum, lichinka, gʻumbak va voyaga yetgan davri boshidan kechiradi. Blaptini tribasi Tenebrionidae oilasi, Tenebrioninae kenja oilasi mansub vakillarni o’z ichiga oladi. Triba vakillari son jihatdan Tenebrioninae kenja oilasining deyarli yarmini tashkil qiladi. Qoʻngʻizlarning boshi gipognatik tipda, ya’ni jagʻlar va ogʻzi pastga qarab ochiladi. Boshining oldingi qirrasi bir oz yoysimon va ko'pincha o'rta qismi tekis bo’ladi. Boshida koʻzi, ogʻiz organlari va 1 juft antennalar joylashgan. Yonoqlari qavariq bo’lib, bo’rtib chiqadi. Boshning eng keng qismi odatda ko'zlar va ma'badlar chegarasiga to’g’ri keladi. Blaptini tribasi vakillarining yonoqlari qavariq shaklda bo’lib, biroz oldinga bo’rtib chiqadi. Loviya shaklidagi koʻzlari boshining ikki yonida joylashgan. Koʻpchilik turlarida ogʻiz organlarining bir qismi ayrim turlarida esa butunlay qobiq, ya’ni klipeus bilan qoplangan. Qora qoʻngʻizlarning ogʻiz apparati tuzilishi ularning ovqatlanishi va turmush tarzi xususiyatlari bilan chambarchas bogʻliq. Koʻpchilik vakillarining ogʻiz organlari kemiruvchi tipda boʻlib, yuqori lab, bir juft yuqori jagʻ yoki mandibula, bir juft pastki lab yoki maksilla va pastki lab yoki labiumdan iborat. Blaptini tribasi vakillarida ham og’iz organlari kemiruvchi tipda tuzilgan bo’lib, mandibulalari kuchli rivojlangan. Antennalari 11 boʻgʻinli, kamdan-kam hollarda 10 boʻgʻinli boʻladi. Masalan, Bolitophaginae, Hypophloeinae, shuningdek Archeolglenini va Opatrinae tribalarining ba’zi vakillarida. Archeolglenini tribasi turlari orasida ba’zan 9 segmentli moʻylovga ega boʻlgan turlari ham uchraydi. Qora tanlilarning antennalari turli shakllarda, monoliform, filiform, massiv, oxirgi 3 ta segmenti apikal kengaygan, kuchli tarmoqlangan, yalangʻoch yoki tukli boʻlishi mumkin. 504 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 1, ISSUE 5, 2023. AUGUST ISSN 2992-8869 Ayrim turlarida antenna sirti turli tuklar, qillar, sensillalar bilan qoplangan. Antennalar qoʻngʻizlar uchun juda muhim, ular hidlash va ta’m bilish funksiyasini bajaradi. Hid va ta’m bilish retseptori joylashgan antennalar oziqlarini topishda yordam beradi. Blaptina vakillarini tashxislashda ko’pincha antennalarning tuzilishidan foydalaniladi. Antennalarni qiyosiy o'rganish natijalari shuni ko'rsatadiki, Blaptinalarning turli taksonlarida ushbu organ o’zaro o’xshash bo’lib, faqat ayrim belgilari bilan bir-biridan farqlanadi. Antennalar 11 segmentli bo'lib, erkaklarda ular ayollarga qara
Доказательный фрагмент
«представлены общие сведения о распространении представителей семейства Tenebrionidae на земле, образе жизни, питании, строении тела, характере и значении в жизни человека.»
Образец извлечения
Демо-превьюпредставлены общие сведения о распространении представителей семейства Tenebrionidae на земле, образе жизни, питании, строении тела, характере и значении в жизни человека. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Coleoptera, Tenebrionidae, antenna, body parts, tarsal formula, antenna., tana qismlari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024