Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Xalqaro valyuta tizimini shakllanishi va rivojlanishi
UZBEKISTAN” JURNALI · Xudoyberganov Javohir Umidbek o‘g‘li
Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 3 · 2025
Аннотация
mazkur maqolada xalqaro valyuta tizimining shakllanishi va rivojlanishi xususiyatlarini o'rganish va ochib berilgan. Kalit so‘zlar: Xalqaro valyuta tizimining shakllanishi va rivojlanishi, uning rivojlanish qonuniyatlari, Xalqaro valyuta aylanishi, haqida talabalarga bilim ko’nikma. Mavzuning dolzarbligi: Oʼzbekiston Respublikasi iqtisodiyotini zamonaviy modernizatsiyalash bosqichida mamlakatning xalqaro valyuta-kredit munosabatlarini tashkil qilish va tartibga solish borasida katta yutuqlarga erishildi. Xususan, tashqi savdo aylanmasining ijobiy salьdosi taʼminlandi, xalqaro moliya institutlari bilan samarali hamkorlik yoʼlga qoʼyildi. Eng muhimi - davlat tashqi qarzining meʼyoriy darajadan oshib ketishiga yoʼl qoʼyilmadi. Bozor iqtisodiyotini asoslarini yaratish va rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar tobora rivojlanish va byudjet munosabatlariga ta’sir etishining muhim omili bo`lgan byudjet va moliya tizimi ham shu tarzda isloh etishni, uning barqarorligi va samaradorligini oshirishni talab qiladi. Dunyo miqyosida xalqaro valyuta-kredit munosabatlari sohasida jiddiy, olamshumul oʼzgarishlar yuz bermoqdaki, mazkur holat halqaro valyuta-kredit munosabatlariga bagʼishlangan yangi ilmiy tadqiqotlar olib borish, darsliklar va oʼquv qoʼllanmalar yozish zaruriyatini yuzaga keltirmoqda.Soʼnggi yillarda xalqaro valyuta munosabatlarida sezilarli oʼzgarishlar kuzatildi: jumladan, tashqi bozorlardagi valyutalar va ularning tovar taʼminoti oʼrtasidagi aloqadorlik yoʼqoldi; bozor ishtirokchilari uchun valyutalarning likvidliligi, ularning tovarga ayirboshlash qobiliyatidan koʼra muhimroq ahamiyat kasb eta boshladi; mamlakatlarning toʼlov balansidagi kapitallar va kreditlar harakati joriy operatsiyalar harakatidan hajm boʼyicha koʼpayib, oʼrnini almashtirdi; rezerv valyuta maqomi uchun rivojlangan mamlakatlar oʼrtasida raqobat kuchaygani kuzatildi. Har bir davlat oʼz valyuta kursi rejimini barqarorligini taʼminlash uchun yuqori likvidlilikka ega boʼlgan xorijiy valyutalarni zaxira sifatida yigʼishlariga, zarurat tugʼilganda esa, ular hisobidan kurs shakllannishi jarayoniga aralashishlariga toʼgʼri keldi. Shu kabi holatlar xalqaro 242 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 3, ISSUE 03, 2025. MARCH ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 valyuta tizimida keskin islohotlarni taqozo etadi. Hozirgi kunda, jahon moliya tizimiga kriptovalyutalarni taʼsirini, ularni tebranuvchanligini prognoz qilish va kelajakdagi istiqbolini oʼrganish maqsadida oʼnlab, yuzlab tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. Valyuta va valyuta munosabatlari tushunchasi, ularning asosiy ishtirokchilari Har qanday davlat iqtisodiyotida pul muhim ahamiyat kasb etadi. Pul munosabatlari jamiyatning ishlab chiqarish, taqsimot, muomala va iste'mol singari jarayonlarini qamrab oladi, kengaytirilgan takror ishlab chiqarish uchun sharoit yaratib beradi. Pul va iqtisod o’zaro uzviy bog’liq bo’lgan elementlardir. Agar jamiyat iqtisodiyotida muammolar paydo bo’lsa, albatta bunday muammolar jamiyatning pul muomalasida o’zining salbiy aks ta'sirini topadi. Shuning uchun pulni jamiyat iqtisodiy hayotining barometri deb bejiz aytishmagan. Iqtisodiy nazariyada haqiqiy pul tovar ekvivalenti sifatida mavjud bo’lib, iste'molchilarni muomalaga bo’lgan ehtiyojlarini qondiradi. qog’oz pullar esa haqiqiy pullar qiymatining muomaladagi ifodachisi yoki vakilidir. Har qanday mustaqil davlat o’z puliga ega va bunday pul shu davlat uchun milliy pul birligi hisoblanadi. Milliy pul birligi o’zining nomi va ma'lum bir muomala tarixiga ega. Ushbu kursimizni o’rganishda doim pul va valyuta atamalariga murojaat etishga to’g’ri keladi. Shu sababli boshidanoq pul va valyuta qanday kategoriyalar, ikkalasi ham bir narsami yoki har xil narsa ekanligini aniqlab olish zarur. Iqtisodiy nazariyadan biz "pul" nima ekanligini yaxshi bilamiz. Valyuta ham pul, ammo hamma vaqt ham pul valyuta bo’lavermaydi. Agarda muayyan bir davlatning milliy pul birligi jahon bozorida davlatlar o’rtasida pul (muomala, to’lov va jamg’arish vositasi) sifatida ishlatilsa, ya'ni pulning funksiyalarini bajarsa, u valyutaga aylanadi. Valyuta - jahon bozorida, davlatlar o’rtasida pul vazifalarini bajaruvchi davlatlarning milliy pul birliklaridir. Masalan, Amerika Qo’shma Shtatlari "dollari", Buyuk Britaniya "funt sterlingi", Kanada "dollari", Yapon "ienasi" va boshqa shu kabilar. Muayyan bir davlatning milliy puli - uning milliy valyutasi bo’ladi. Shu davlat uchun boshqa davlatlarning milliy pul birliklari esa - xorijiy valyutalardir. Masalan, AQSh "dollari", Buyuk Britaniya "funt sterlingi", Kanada "dollari", Fransiya "yevro", Yapon "ienasi", Turkiya "lira"si va shu kabi erkin muomalada yuradigan valyutalar O’zbekiston Respublikasida xorijiy valyuta bo’ladi, o’z navbatida O’zbekiston "so’m"i bu davlatlar uchun xorijiy valyuta bo’lib 243 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 3, ISSUE 03, 2025. MARCH ResearchBib Impact Factor:
Доказательный фрагмент
«mazkur maqolada xalqaro valyuta tizimining shakllanishi va rivojlanishi xususiyatlarini o'rganish va ochib berilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюmazkur maqolada xalqaro valyuta tizimining shakllanishi va rivojlanishi xususiyatlarini o'rganish va ochib berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- haqida talabalarga bilim ko’nikma., Xalqaro valyuta aylanishi, Xalqaro valyuta tizimining shakllanishi va rivojlanishi, uning rivojlanish qonuniyatlari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014