К содержанию
РецензированоUZ2026

SOZANDALIKNING TA’LIM VA TARBIYA TIZIMIDAGI O‘RNI

Shinibekov Alliyar Bekbergenovich

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

The art of musicianship is not only a performing skill, but also a means of forming national culture and values. This article analyzes the place of musicianship in the education and upbringing system, its importance in providing aesthetic and moral education to the younger generation, as well as traditional and modern teaching methods. The role of musicianship not only in music education, but also in the general educational process is revealed. Keywords: Musicianship, education, upbringing, music pedagogy, national art, young generation, tradition. МЕСТО МУЗЫКИ В СИСТЕМЕ ОБРАЗОВАНИЯ И ВОСПИТАНИЯ Аннотация. Музыкальное искусство — это не только исполнительское мастерство, но и средство формирования национальной культуры и ценностей. В статье анализируется роль музыки в системе образования и воспитания, ее значение в эстетическом и нравственном воспитании подрастающего поколения, а также традиционные и современные методы обучения. Раскрывается роль композиции не только в музыкальном образовании, но и в общеобразовательном процессе. Ключевые слова: Музыка, образование, воспитание, музыкальная педагогика, национальное искусство, молодое поколение, традиция. Sozandalik – xalqning musiqiy madaniyatini aks ettiruvchi san’at sohasi bo‘lib, u asrlar davomida rivojlanib kelgan. Musiqa inson tafakkuri va qalbiga chuqur ta’sir ko‘rsatadigan san’at turidir. 1713 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3 Sozandalik san’ati inson ruhiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish bilan birga, yosh avlodni tarbiyalash, ularning estetik didini shakllantirish va milliy qadriyatlarga hurmat uyg‘otishda muhim o‘rin tutadi. U avlodlar o‘rtasidagi madaniy ko‘prik vazifasini bajarib, milliy o‘ziga xoslikni saqlashda katta ahamiyat kasb etadi. Sozandalik faqat cholg‘u chalish mahorati emas, balki ma’naviyatni yuksaltiruvchi omil hamdir. Ushbu san’atni egallash jarayonida inson o‘zini ijodiy rivojlantiribgina qolmay, balki ichki dunyosini boyitadi. Musiqa ijro etish sabr-toqat va mehnatsevarlikni talab qiladi. Shuning uchun ham sozandalik faqat bir kasb emas, balki hayot tarzi, madaniy merosni avloddan-avlodga yetkazuvchi muhim san’at yo‘nalishidir. Shuningdek, sozandalik yoshlarning estetik tafakkurini shakllantirishda, ularning ijtimoiy muhitga moslashuvida katta o‘rin tutadi. U inson ongini poklaydi, hayotga nisbatan ijobiy munosabat uyg‘otadi va badiiy didni rivojlantirishga xizmat qiladi. Sozandalik inson ma’naviyatini yuksaltirish bilan birga, uni jamiyatga moslashishga o‘rgatadi. Musiqaning sehrli qudrati inson ruhiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, stressni kamaytiradi va xotirani mustahkamlaydi. Bundan tashqari, sozandalik san’ati insonning ijodiy salohiyatini rivojlantiradi va uning mantiqiy fikrlash qobiliyatini oshiradi. Yosh bolalar uchun cholg‘u chalish nafaqat musiqaviy qobiliyatlarini, balki ularning matematik va lingvistik qobiliyatlarini ham rivojlantirishga yordam beradi. Musiqa orqali berilgan ta’lim insonning nutq madaniyatini yaxshilaydi, e’tiborini jamlashiga yordam beradi va hissiy barqarorlikni oshiradi. Shu bilan birga, sozandalik san’ati insonning shaxsiy va ijtimoiy hayotiga ham katta ta’sir ko‘rsatadi. U insonni sabr-toqatli bo‘lishga, fidoyilik va mehnatsevarlikni qadrlashga o‘rgatadi. Orkestr yoki ansamblda ijro etish esa jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini shakllantiradi, o‘zaro hamkorlik va tushunishni rivojlantiradi. Shu bois, ushbu maqolada sozandalik san’atining ta’lim va tarbiya tizimidagi o‘rni keng qamrovli tahlil qilinadi va uning inson hayotiga ta’siri chuqur yoritiladi. Sozandalik va ta’lim jarayonilarida an’anaviy sozandalik maktablari mavjud bo’lib O‘zbekistonda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va boshqa Markaziy Osiyo davlatlarida sozandalikning ustoz-shogird an’anasi asosida o‘qitilishi uzoq tarixga ega. Ushbu tizimda shogirdlar ustozlaridan nafaqat ijrochilik mahoratini, balki axloqiy va estetik qadriyatlarni ham o‘rganishgan. Sozandalik darslarida kuy ijrosi, ritm tuzilishi, improvisatsiya san’ati va ansambl ijrochiligi o‘rgatiladi. Ayniqsa, Qoraqalpog‘iston Respublikasida sozandalik an’analari juda qadimiy bo‘lib, mahalliy hofiz va sozandalar tomonidan avloddan-avlodga o‘tib kelmoqda. Bu mintaqada sozandalikning o‘ziga xos yo‘nalishlari rivojlanib, milliy cholg‘ular va ijrochilik uslublari takomillashgan. Qoraqalpog‘istonlik sozandalar ijrosidagi kuy va dostonlar o‘zining ohangdorligi va chuqur mazmuni bilan ajralib turadi. 1714 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3 Sozandalik san’ati Qoraqalpog‘istonda xalqning ma’naviy merosining ajralmas qismi hisoblanadi. Bu hududda dutor, gijjak, chang, kobiz kabi milliy cholg‘ular keng tarqalgan bo‘lib, ular yordamida xalq qo‘shiqlari va dostonlari ijro etiladi. Ayniqsa, baxshichilik san’ati keng rivojlangan bo‘lib, u musiqiy hamda she’riy merosni birlashtirgan holda yetkazib berish imkonini yaratadi. Qoraqalpog‘istondagi sozandalik an’analari yosh avlodga nafaqat musiqiy mahorat, balki milliy o‘ziga xoslik va madaniy qadriyatlarni

Доказательный фрагмент

«The art of musicianship is not only a performing skill, but also a means of forming national culture and values.»

Образец извлечения

Демо-превью

The art of musicianship is not only a performing skill, but also a means of forming national culture and values. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Musicianship, education, upbringing, music pedagogy, national art, young, tarbiya, ta’lim, yosh avlod, milliy san’at, musiqa pedagogikasi, an’ana., Sozandalik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники