К содержанию
РецензированоRU2026

UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARI ONA TILI DARSLARIDA YUQORI SINF O‘QUVCHILARNING NUTQIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH

Olimjon Eshimbetov

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

Forms, methods and means of developing speech competencies of 10-11th- grade students in mother tongue lessons of general secondary education schools. Keywords: Speech, speech etiquette, conversational style, thinking, knowledge, skills, competence. РАЗВИТИЕ РЕЧЕВЫХ КОМПЕТЕНЦИЙ СТАРШИХ КЛАССОВ НА УРОКАХ РОДНОГО ЯЗЫКА В ОБЩЕОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ СРЕДНИХ ШКОЛАХ Аннотация. Формы, методы и средства развития речевых компетенций учащихся 10–11 классов на уроках родного языка в общеобразовательных школах. Ключевые слова: Речь, речевой этикет, стиль говорения, мышление, знания, умения, компетенции. Ajdodlarimiz azaldan fikrga mantiqiy yondashib aniq, to‘g‘ri, ta’sirli, tushunarli so‘zlashga alohida e’tibor berganlar. So‘zning ma’nosiga diqqat qilish, ravon gapira olish, so‘zlovchining nutqini hurmat bilan tinglash, o‘ylab fikr-mulohaza qilish, rost so‘zlash, ifodali o‘qish, o‘z munosabatini erkin ifodalash, suhbat mavzusiga aloqador bo‘lmagan fikrlarni aytmaslik kabilarga rioya qilish nutq odobining asosiy talablari sanalgan. Nutqiy faoliyat jarayonidagi bu kabi odatiy talablar xalqimizning qadrlashga loyiq an’anasi sifatida yillar davomida takomillashib kelmoqda. Nutqiy faoliyat turlari Kaykovus, Farobiy, Mahmud Qoshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Abdulla Avloniy asarlarining mazmun-mohiyatiga singdirilgan. Kaykovusning “Qobusnoma” asarida keltirilgan “Tilingni yaxshi hunar bila o‘rgatg‘il va muloyim so‘zdin boshqa narsani odat qilmag‘il. 1663 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3 Nedinkim, tilga har nechuk so‘zni o‘rgatsang, shuni aytur, so‘zni o‘z joyida ishlatg‘il, so‘z agar yaxshi bo‘lsa, ammo noo‘rin ishlatilsa, garchand u har nechuk yaxshi so‘z bo‘lsa ham yomon, nobop eshitilur. SHuning uchun behuda so‘zlamag‘ilki, foydasizdir” [9] – degan fikrlari e’tiborlidir. O‘quvchilar ona tili darslarida muloyim so‘zlashni, so‘zni o‘z o‘rnida qo‘llashni o‘rganar ekan, ularda fikr tarkibi va qurilishi mazmundor va mantiqli so‘zlar bilan boyib boradi. Farobiy foydali so‘zlashning ta’sirini quyidagicha izohlaydi: “…so‘zlash quvvati shunday quvvatki, uning yordamida inson bilim va hunar egallaydi, uning yordamida xulq- atvoridagi xunuk va go‘zal harakatlarni ajrata biladi va bajarilishi zarur bo‘lgan-bo‘lmagan ishlarni ado etadi, shu bilan birga, zararli va foydali narsani, lazzatli va achchiq narsalarni fahmlaydi. YAxshi so‘z, ya’ni nutq kishiga obro‘ va baxt keltiradi. Ezgu so‘zli bo‘l: So‘zlar ancha mujibi g‘aromat bo‘lmoq, Til zabtidadur anga salomat bo‘lmoq” [4]. Shirinsuxanlik bilan murojaat qilish insonga obro‘, baxt keltiradi. O‘quvchilar yillar davomida bu xususiyatni o‘zida mujassam qilib borishi ularda insoniy fazilatlar, nutq madaniyati rivojining asosi bo‘ladi. Abdulla Avloniy “Turkiy guliston yoxud axloq” asarida ta’kidlashicha: “Fikr tarbiyasi eng kerakli, ko‘p zamonlardan beri taqdir qilinub kelgan, muallimlarning diqqatlariga suyanilgan, vijdonlariga yuklangan muqaddas bir vazifadur. Fikr insonning sharofatlik, g‘ayratlik bo‘lishiga sabab bo‘ladur” [3]. Insonlarning jamiyatga, o‘z o‘rniga ega bo‘lishida, yuksak salohiyatni egallashda tafakkurning, fikrning ijobiy ta’siri sezilarli darajadadir. So‘nggi yillarda mustaqil fikrlash yoshlar tarbiyasining negizi sifatida mamlakatimizdagi qonun va farmonlar mazmunida o‘z aksini topmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi PF-5712-son “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” Farmonida “...o‘qitish metodikasini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish; xalq ta’limi sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion loyihalarni joriy etish” [1.] vazifalari ona tili darslarida o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirishga, ularni shaxs sifatida shakllantirishga, hayotiy faoliyatida tarbiyaviy, madaniy, ma’rifiy jihatdan yondashib, ongli ravishda faol ishtirokini ta’minlashga asos bo‘ladi. Uzluksiz ona tili ta’limida nutqiy faoliyat turlarini shakllantirish va rivojlantirish masalalari atroflicha o‘rganilgan bo‘lsa ham, 10-11-sinf o‘quvchilarining nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi etarli darajada takomillashtirilmagan. SH.YUsupovaning dissertatsiyasida ona tili darslarida o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish bo‘yicha “SHarhlash usuli”ni qo‘llashdan turli maqsadlar ko‘zlanishi nazarda 1664 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3 tutiladi. ”1. SHarhlash ona tili bo‘yicha o‘tilgan nazariy ma’lumotlarni idrok qilishga yordam beradi. 2. SHarhlash nazariy ma’lumotlarni amaliyotda qo‘llashni bildiradi. 3. Og‘zaki nutqni o‘stirishga yordam beradi. 4. Orfoepik va orfografik normalar munosabatlarini muvofiqlashtiradi. 5. Butun dars jarayonida o‘quvchilarda nazariy ma’lumotlar ta’kidlanadi”. [18] Metodist olimaning fikrlariga qo‘shilgan holda, quyidagicha izoh berish mumkinki,

Доказательный фрагмент

«Forms, methods and means of developing speech competencies of 10-11th- grade students in mother tongue lessons of general secondary education schools.»

Образец извлечения

Демо-превью

Forms, methods and means of developing speech competencies of 10-11th- grade students in mother tongue lessons of general secondary education schools. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Speech, speech etiquette, conversational style, thinking, knowledge, skills, ko‘nikma, so‘zlashuv uslubi, bilim, nutq odobi, fikrlash, Nutq, malaka.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники