К содержанию
РецензированоUZ2024

O ̒ ZBEKISTONNING GO ̒ ZALLIGINI AKS ETTIRUVCHI MO ̒ YQALAM USTASI.

Shahnoza Ergasheva

ACUMEN: Международный журнал междисциплинарных исследований · 2 · 2024

Аннотация

Ushbu maqolada rus rassomi Pavel Petrovich Benkovning hayoti va ijodi yoritilgan. Uning san’atga qo‘shgan hissasi, O‘zbekiston tasviriy san’atini shakllantirishdagi roli va o‘zbek milliy madaniyatini aks ettirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Benkovning Samarqand va Buxorodagi ijodi, shogirdlari bilan ishlashi hamda o‘ziga xos uslubi haqida batafsil ma’lumot berilgan. Maqola rassomning O‘zbekiston madaniy merosidagi ahamiyatini ta’kidlab, uning ijodiy merosining bugungi kungacha saqlanib qolganligini ko‘rsatadi. Kalit so‘zlar: Pavel Benkov, O‘zbekiston san’ati, tasviriy san’at, realizm va impressionism, Samarqand rassomlari, Qozon rassomchilik maktabi, Benkov maktabi, O‘zbek madaniyati, portret va landshaft, O‘rta Osiyo arxitekturasi. Pavel Benkov o‘zining yorqin va unutilmas asarlari bilan mashhur bo‘lgan rus rassomi va grafikidir. Uning ijodi realizmdan tortib abstraktsiyaga qadar turli janr va uslublarni qamrab oladi, bu esa uni zamonaviy san’atning eng qiziqarli vakillaridan biriga aylantiradi. Pavel Benkov o‘z ijodiy faoliyati bilan O ̒ zbekiston tasviriy san’ati rivojiga katta hissa qo‘shgan rassomlardan biridir. Rassomning ijodi O ̒ zbekistonning tarixiy shaharlari, milliy madaniyati va oddiy xalq hayotini tasvirlash orqali mamlakat san’atining xalqaro maydonda tanilishiga yordam bergan. Ushbu maqolada uning hayot yo‘li, rassomchilik san’atiga qo‘shgan hissasi va merosi haqida so‘z yuritamiz. 135 Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research ISSN: 3060-4745 IF(Impact Factor)10.41 / 2024 Volume 2, Issue 3 1-rasm. Rassom Zinaida Kovalevskaya tomonidan chizilgan Pavel Benkov portreti Pavel petrovich Benkov 1879-yil Rossiyaning Qozon shahrida tug’ilgan. Benkovning otasi Pyotr Benkov o‘g’lining moddiy tomondan qiynalishini xohlamaydi va yoshlikdan o‘g’liga hunar o‘rganinishini tavsiya qiladi. Otasi ishxonasi tomonidan boshqa shaharga jo‘natiladi. Benkov Qozon shahrida qoladi, u rassomchilikka bo‘lgan qiziqishi tufayli ota-onasidan yashirincha hunarmanchilik maktabining o‘rniga 1895- yili yangi ochilgan Qozon rassomchilik maktabiga o‘qishga kiradi. Bu xabarni eshitgan rassomning oilasi Benkovga xat va pul jo‘natmay qo‘yadilar. Ushbu hodisadan so‘ng Benkov o ̒ rtog’i bilan rasm va afishalar chizib mustaqil pul ishlashni boshlaydi. Rassomchilik maktabini 1901-yili bitiradi va shu yili Badiiy akademiyaning Sankt- Peterburg oliy rassomchilik bilim yurtida o‘qib kasb-hunar ta’limini olib o‘z mahoratini rivojlantirdi. Akademiya stipendiyasi bilan Fransiyaga borib u yerdagi Julyen xususiy maktabida rassomchilikdan saboq oladi. Yevropaning Italiya va Ispaniya kabi davlatlariga sayohat qiladi. 1909- yilda Badiiy akademiyaning oliy rassomchilik bilim yurtini tugatib Qozonga qaytadi. Qozon rassomchilik maktabida pedagog sifatida ish faoliyatini yuritadi. Bir muddat Qozon shahri teatrida rassom- dekorator bo ̒ lib ishlagan, rasm va rasm chizish bo ̒ yicha xususiy darslar bergan. 1911- yilda bir necha bor Italyaga borgan va u yerda rassomni birinchi jahon urushining boshlanishi kutib olgan. 1910-1920- yillarda Qozon badiiy maktabida N.I.Feshin va P.P.Benkov yetakchi pedagoglar bo'lishgan. Ko‘plab o‘quvchilarning xotiralariga ko‘ra, maktab “Feshintsev” va “Benkovtsevlar”ga bo‘lingan. Pavel Benkovning shogirdlari orasida F.Murodov, A.Korobkov, A. Samoylovskiy, P. Speranskiy va boshqalar bor. Qozon inqilobidan oldingi davrda P. P. Benkov lirik landshaft va portret ustasi sifatida namoyon bo‘ldi. Volga, shahar uylari va shahar tashqarisidagi dala hovlilarini chizishni afzal ko‘rdi; portretlar uchun modellarni o‘ziga yaqin muhitda — o‘z oilasida, Qozon badiiy maktabi o‘quvchilari, aktrisalar, universitet professorlari orasida topdi. Pavel Benkovning O ̒ zbekistonda tasviriy san’atni shakllantirishda qo ̒ shgan hissasi. 1922- yilda AHRRGA (revolyutsion Rossiya rassomlari uyushmasi), 1923 yilda TAHRRGA (revolyutsion Rossiya rassomlari tatar assotsiatsiyasi) a’zo bo‘ldi. 1928 yilda birinchi marta Buxoroga bordi, Pavel Petrovich Benkov Buxoroda deyarli bir yil davomida yashaydi, bu esa uning ijodiga va badiiy tasavvuriga sezilarli ta’sir ko ̒ rsatdi. Buxoro, boy tarixi va madaniy merosi bilan, rassom uchun ilhom manbai bo ̒ lib xizmat qildi va u bu yerda faol ravishda o ̒ z mahoratini rivojlantirdi. Bu davrda mamlakatda madaniyat va san’at sohasida katta o‘zgarishlar ro‘y berayotgan edi. Benkov shahar muhitidan, arxitekturasidan va an’analaridan ilhomlandi, bu esa 136 Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research ISSN: 3060-4745 IF(Impact Factor)10.41 / 2024 Volume 2, Issue 3 uning asarlarida aks etgan. 1930- yilda butunlay Qozon shahridan Samarqandga ko‘chib o‘tadi. «Rassomlar Shoxi- Zindada» 1943- yil 1931-1949 yillarda Samarqand badiiy bilim yurtining yetakchi pedagoglaridan biri bo ̒ ladi. Rassom Samarqandda yashagan chog’ida an’anaviy hayot tarzini aks ettiruvchi kompozitsiyalar c

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada rus rassomi Pavel Petrovich Benkovning hayoti va ijodi yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada rus rassomi Pavel Petrovich Benkovning hayoti va ijodi yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tasviriy san, pavel benkov, acumen international, international journal, journal multidisciplinary, pavel petrovich, shgan hissasi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники