Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
"BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING TARBIYASIDA MILLIY XALQ O‘YINLARIDAN FOYDALANISH METODIKASI"
To’xtasinov Rashidbek Yo’ldashali o’g’li · O’qituvchi: G’aniyev Suxrob
ACUMEN: Международный журнал междисциплинарных исследований · 2 · 2024
Аннотация
Методика использования национальных народных игр в воспитании учащихся начальных классов подчеркивает важность интеграции культурных элементов в обучение. Включение этих игр помогает развивать физические навыки, командный дух и социальные навыки. Этот подход способствует формированию чувства принадлежности и культурной идентичности у учеников, делая процесс обучения более увлекательным и интересным.Ключевые слова: Национальные народные игры, Начальное образование, Культурная идентичность, Физическое развитие,Командный дух, Методика обучени Anatatsiya: The methodology of using national folk games in educating primary school students emphasizes the importance of integrating cultural elements into learning. By incorporating these games, educators can enhance physical development, teamwork, and social skills. This approach fosters a sense of belonging and cultural identity among students, while also making learning more engaging and enjoyable. Key words: National folk games, Primary education,Cultural identity, Physical development, Teamwork, Educational methodology 145 Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research ISSN: 3060-4745 IF(Impact Factor)10.41 / 2024 Volume 2, Issue 3 Jismoniy tarbiya yosh avlodni taraqqiy ettirishda muhim vosita hisoblanadi. Tana a'zolarining mo`tadil faoliyati uchun harakat juda zaruriydir. Buyuk hakim, mutafakkir Abu Ali ibn Sino: «Badantarbiya-sog`liqni saqlashda ulug`vor usuldir», -deydiki, bu fikr xalq pedagogikasidagi: «Kimki qilsa harakat- sog`ligida bo`lar barakat» degan naqlni eslatadi. Jismoniy tarbiyaga e'tiborni kuchayganligini umumiy o`rta ta'lim maktab o`quvchilari o`rtasida «Umid nihollari», kollej va akademik litsey tinglovchilari ishtirokida «Barkamol avlod», oliygoh talabalari o`rtasida «Universiada» sport musobaqalarining tashkil etilganligi va muntazam o`tkazilib kelinayotganligida, yoki sportning ko`plab turlari bo`yicha O`zbekistondan Olimpiada va jahon chempionlari etishib chiqib, mamlakatimiz dovrug`ini butun dunyoga tarannum etishida ham ko`rish mumkin. Bundan tashqari barcha maktablarda, mahallalarda ham turli sport musobaqalari tashkil etilmoqda, ayrim oilaviy musobaqalar ham o`tkazish yo`lga qo`yilib borilmoqda. Maktab o`kuvchilarida ahloqiy fazilatlarni milliy harakatli o`yinlar orqali shakllantirish jamiyatimizdagi madaniy-ma'rifiy sohalarda ilgari bosilgan qadam bo`lib hisoblanadi. Milliy tavsifga ega bo`lgan jismoniy mashqlar, sport va harakatli o`yinlarning hilma-hilligi ularni o`quv-tarbiya jarayonining juda ko`p sohalarida qo`llash imkonini beradi. Bola maktabga qadam qo`ygan birinchi kunidan boshlaboq, unda mehnatga nisbatan muhabbat uyg`otish, uyushqoqlik, shuchanlik va boshlagan ishini oxiriga yetkaza bilish xususiyatini tarbiyalash kerak. Buning uchun tarbiyaning barcha vositalaridan, jumladan bolalarni sevimli harakatli o`yinlaridan (sport va harakatli o`yinlardan) foydalanish ayni muddodir. O`quvchi yoshdagi bolalarni jismoniy rivojlantirish muammolarini hal etishning yangi yo`llarini izlash, birinchidan, ko`rsatilgan ziddiyatlarni hal etish zarurati bilan, ikkinchidan, o`sib kelayotgan yosh avlodni jismoniy tayyorgarligi rivojlanish jarayonini takomillashtirish qonuniyatlarini, metodologik va usuliy sharoitlarini o`rganish zarurati bilan bog`liq. Sog`lom, jismonan baquvvat bola kasalliklarga kamroq chalinish bilan birga ruhiy jihatdan ham yaxshiroq rivojlanadi. Taniqli pedagoglar ta'rificha, nafaqat maktabgacha yoshda balki maktab davrida ham o`yin yetakchi faoliyat bo`lib, u tufayli o`quvchilar ruhiyatida katta o`zgarishlar yuz beradi. Harakatli o`yinlar o`quvchi yoshdagi o`quvchilari uchun ham eng qulay faoliyat shakli bo`lib, harakatlar ko`nikmasini ongli ravishda takrorlashni ko`zda tutadi. Ko`pgina tadqiqotchilar harakatli o`yin tufayli bolalar tabiiy harakat faolligi sharoitida o`z jismoniy imkoniyatlarini namoyish etib, tengdoshlari bilan murakkab munosabatlarga kirishishlarini qayd etadilar. Biroq harakatli o`yinlar asosida o`quvchi yoshdagi o`quvchilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirish masalasi xususida ayrim ishlarda to`htalib o`tilgan bo`lsa ham, batafsil so`z yuritilmagan. 146 Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research ISSN: 3060-4745 IF(Impact Factor)10.41 / 2024 Volume 2, Issue 3 Tarixiy ma'lumotlarga qaraganda ibtidoiy ovchilar hayotida ovchilik o`yinlari muhim o`rin tutgan. Ba'zi manbalarda ular ovdan oldin o`tkazilishi yozilgan bo`lsa, boshqalarida ovdan so`nggi o`yinlar o`yinlar haqida fikrlar bayon etilgan. Agar bu ma'lumotlarni chuqurroq tahlil etadigan bo`lsak, unda ovchilik o`yinlari ovdan oldin ham, undan so`ng ham o`tkazilgan, deyish mumkin. Ovdan oldingi o`yinlar - avvalda mashq (ovga tayyorgarlikni tekshirish, ovga ruhiy va jismoniy tayyorgarlik) vazifasini o`tagan hamda jiddiy o`ziga hos kichik ibtidoiy odamlar o`ljani osongina qo`lga tushirish, unga yaqinlashis
Доказательный фрагмент
«Методика использования национальных народных игр в воспитании учащихся начальных классов подчеркивает важность интеграции культурных элементов в обучение.»
Образец извлечения
Демо-превьюМетодика использования национальных народных игр в воспитании учащихся начальных классов подчеркивает важность интеграции культурных элементов в обучение. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- National folk games, Primary education, Cultural identity, Physical, Madaniy identifikatsiya, Boshlang‘ich ta’lim, Guruhda ishlash, Jismoniy rivojlanish, Milliy xalq o‘yinlari, O‘qitish metodikasi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026