Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
CHET TILLARINI O'QITISH METODIKASIDA ZAMONAVIY METODLAR.
Qurbonova Sitora Ochildi qizi
ACUMEN: Международный журнал междисциплинарных исследований · 2 · 2024
Аннотация
Ushbu maqola turli innovatsion metodlar va ularni barcha hududlarda ta'lim olayotgan va chet tilini organayotgan yoshlar uchun foydalari to'g'risida bo'lib, o'qituvchilarning bu metodlarni yangi texnologiyalardan foydalangan holda tatbiq etishi va metodlarning ta'lim jarayonidagi o'rni va ta'siri haqida o'rganadi. Kalit so'zlar: Innovation texnologiyalar, zamonaviy ta'lim, yosh avlod pedagogik faoliyat, guruhli o'yinlar, suhbat, ta'lim maskanlari, samarali metodlar. Hozirgi davr ta'lim taraqqiyoti yangi yo'nalish innovatsion pedagogikani keltirib chiqaradi. Innovatsion - inglizcha "yangilikni kiritish" (tarqatish) ma'nolarini anglatadi. Yangilik kiritishning ijtimoiy - psixologik aspekti Amerika tadqiqotchisi E. Rodjers tomonidan ishlab chiqilgan. U yangilik kiritish jarayoni qatnashchilarining tasnifi, ularning yangilikka bo'lgan munosabati va boshqalarni o'rgangan. Ilmiy yoʻnalishlarda yangilik va innovatsiya tushunchasi o'zaro farqlanadi. "Yangilik" - bu vosita, yangi metod, metodika, texnologiya o'zaro ma'nosini anglatadi. "Innovatsiya" - bu ta'lim, ma'lum bosqichlari bo'yicha rivojlanadigan jarayon hisoblanadi. Jahon ilm- fan taraqqiyoti kundan kunga gurkirab, rivojlanib bormoqda. Aynan bu ijobiy rivojlanish bizning diyorimizga ham o'z ta'sirini o'tkazdi. Ilm dunyomizga ilg'or innovatsion texnologiyalar tatbiq etilmoqda. Ta'lim sohasiga ilg'or, zamonaviy innovatsion texnologiyalarning keng tatbiq etilishi ham chet tilini organayotgan yoshlar uchun keng imkoniyatlar, marralar eshigini ochdi, desak xato bo'lmaydi. Bugungi kunda chet tilini oʻrganish zamonaviy ta'lim- tarbiya tizimi va milliy meros asosida har bir darsni o'ziga xos ,takrorlanmas darajada tashkil etish ma'naviy- marifiy jihatdan yondashish zarurligini talab qiladi. Ta'lim jarayonini zamonaviy pedagogik 141 Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research ISSN: 3060-4745 IF(Impact Factor)10.41 / 2024 Volume 2, Issue 3 texnologiyalar bilan taʼminlash zarurati "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" ni royobga chiqarish shartlaridan iborat. Respublikamizning barcha ilm maskanlari: maktabgacha taʼlim muassasalari, umumiy o'rta ta'lim maktablari, kasb- hunar kollejlari, akademik va oliy taʼlim dargohlarida tahsil olayotgan yoshlarni zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari bilan taʼminlash, yangi bilim tizimi bilan qurollantirishni uzluksiz tashkil etish davr talabidir. O'quvchi oz fikrini erkin bayon qilishi, mavzuni guruh yoki jamoa ichida yoritib berishida esa ilg'or metodlarning o'rni katta ahamiyatga ega. Binobarin chet tili va uning metodikasini o'qitishning maqsad va vazifalari jamiyatimiz va davlat manfaatlari va unib - osayotgan yosh avlod talablariga mos kelishi va javob berishi lozim. Xorijiy til o'qituvchilari chet tilini oʻrgatish darslarida xorijiy tillarni o'qitishga bo'lgan zamonaviy yondashuvlarni to'g'ri tashkil etishlari lozim. Ular chet tilini oʻrgatish bo'yicha pedagogik mahorati va kasbiy kompetentlik darajasini oshirish yuzasidan o'z pedagogik faoliyatlaridan innovatsiyalarni tatbiq etishning samarali shakllarini, didaktik vositalar va elektron o'quv materiallarini yaratish texnologiyalarini bilishlari hamda ulardan ta'lim jarayonida foydalanishlari o'quvchilarning xorijiy tillarni oʻrganish sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi. Guruhli o'rinlardan foydalanish muloqot ko'nikmalari, bir - birini o'zaro tushunish, sherikchilik, o'zaro mas'uliyatni sezish kabi xislatlarni rivojlantirishga ham yordam beradi. Bundan tashqari, til o'rgatish uchun yangi va samarali metodlarni qo'llash bolaning yoki o'rganuvchining dunyoqarashi kengayishi bilan birga uning organayotgan yangi tildagi sizlarni yod ola bilish qobiliyati va aqliy rivojlanishini oshirishga yordam beradi. Ya'ni: - To the left - chapga deganda o'nga qarashi, -To the right - o'ngga deganda esa chap tomonga, - Up - tepaga so'zini eshitganda to'g'riga qarashi kerak bo'ladi. Shu va shu kabi metodlar zamonaviy dunyo va kelajak farzandlari uchun ancha manfaatli hisoblanadi. O'tgan davrda til o'rganuvchilar bu davrni murakkab jarayon deb hisoblashgan va bir tilni mukammal egallash uchun qiyin bosqichlardan o'tish kerakligini ozlariga uqtirishib kelishgan. Ammo, hozir zamonaviy til o'rgatish metodlari juda ko'p va ulardan yana biri kommunikativ, ya'ni suhbat orqali til o'qitish metodi hisoblanadi. Bu metodda o'quvchilar o'zi singari tengdoshlari yoki boshqa bir til o'rganuvchi bilan birgalikda o'zlarining gapirish va bir birini tushunish koʻnikmalarini yaxshilab boradi. 142 Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research ISSN: 3060-4745 IF(Impact Factor)10.41 / 2024 Volume 2, Issue 3 Bu metodni til o'qituvchilar o'rgatayotgan til orqali muloqotni amalga oshirishi va tushuntirilayoygan narsani shu til orqali oʻquvchiga yetkaza olish jarayoni hisoblanadi. Shu bilan birga, bu metod oz bo'lsada gapirish ko'nikmasi shakllangan va fikrla
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola turli innovatsion metodlar va ularni barcha hududlarda ta'lim olayotgan va chet tilini organayotgan yoshlar uchun foydalari to'g'risida bo'lib, o'qituvchilarning bu metodlarni yangi texnologiyalardan foyd…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola turli innovatsion metodlar va ularni barcha hududlarda ta'lim olayotgan va chet tilini organayotgan yoshlar uchun foydalari to'g'risida bo'lib, o'qituvchilarning bu metodlarni yangi texnologiyalardan foyd… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Innovation texnologiyalar, zamonaviy ta'lim, yosh avlod pedagogik, guruhli o'yinlar, ta'lim maskanlari, suhbat, yosh avlod pedagogik faoliyat, samarali metodlar.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024