Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ДИАГНОСТИКИ И ЛЕЧЕНИЯ ПЕРСИСТИРУЮЩИХ ЖЕЛТЫХ ТЕЛ У ПРОДУКТИВНЫХ КОРОВ (обзор литературы)
Suvanov Sardor Anvarovich · Samarqand. O‘zbekiston (Veterinariya ilmiy tadqiqot instituti tayanch doktoranti)
Перспективы развития ветеринарной науки и её роль в обеспечении пищевой безопасности · 2026
Аннотация
В статье представлен анализ литературы по диагностике и лечению персистентного желтого тела у коров. Ключевые слова: яичники, гипофункция, желтое тело, бесплодие, изжога, репродуктивные органы, фолликулярная киста, нимфомания. Mavzuning dolzarbligi. Respublikamiz Prezidentining qator farmon va qarorlari aholini sifatli go‘sht va sut bilan ta’minlashni yaxshilashga qaratilgan bo‘lib, bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Mahsuldor sigirlarda reproduktiv a’zolar kasalliklari va persistent sariq tana oqibatida bepushtliklarning kuzatilishi sigirlarda mahsuldorlik va ulardan bola olishning kamayishi, yuqori mahsuldor hayvonlardan xo‘jalikda foydalanish muddatlarining qisqarishi hisobiga katta iqtisodiy zararga sabab bo‘lmoqda. Respublikamiz fermer xo‘jaliklariga xorijdan keltirilgan sigirlar orasida bepushtliklarning kelib chiqishi sabablari, rivojlanish xususiyatlarini o‘rganish asosida tuxumdonlar funksional xolatiga ta’sir etuvchi va uning kasalliklarini, jumladan, persistent sariq tanaga diagnoz qo‘yish va davolash usullarini takomillashtirish va amaliyotga tavsiya etish tadqiqotlarimiz maqsadini tashkil etadi. 478 Persistent yoki so‘rilmay qolgan sariq tana - deb bo‘g‘oz bo‘lmagan hayvon tuxumdonidagi tug‘ishdan 25-30 kundan keyin so‘rilib ketmagan sariq tanaga aytiladi. Ko‘pchilik mutaxassislar persistent sariq tana follikulalarning yetilishi va rivojlanishini susaytiradigan gormonlar ishlab chiqaradi, hamda 30-75 % hollarda hayvonning qisir qolishiga sabab bo‘lishi mumkin degan xulosaga kelishgan. Persistent sariq tana ko‘pincha sigirlarda va kamroq boshqa turdagi hayvonlarda uchraydi. [3] Sigir tuqqach, 3-5 kundan keyin bo‘g‘ozlik sariq tanasining gormonal funksiyasi tugaydi va 15-16 kuniga borib, to‘liq so‘rilib ketadi. Persistent sariq tana bo‘g‘ozlik sariq tanasidan va ko‘pincha anovulyator jinsiy sikl oqibatida jinsiy sikl sariq tanasidan hosil bo‘lishi mumkin. Persistent sariq tananing asosiy belgisi hayvonning kuyga kelmasligidir. Kamdan kam hollarda hayvonda kuyikish bo‘lsada, ovulyasiya bo‘lmaydi. To‘g‘ri ichak orqali tekshirishda bitta yoki ikkala tuxumdonlarning biroz kattalashganligi, yuzasining noteks va tuxumdonning o‘z to‘qimasiga qaraganda zichlashganligi qo‘lga seziladi. Bachadon bo‘shashgan, kattalashgan, qorin bo‘shlig‘iga osilib tushgan, ayrim hollarda patologik o‘zgarishlarsiz bo‘ladi. Persistent sariq tanani bo‘g‘ozlikda uchraydigan haqiqiy sariq tanadan farqlash ba’zan qiyin bo‘ladi. Shuning uchun davolashga kirishishdan oldin hayvonni bo‘g‘oz emasligiga ishonch hosil qilish kerak, chunki bo‘g‘oz bo‘lsa bola tashlashi mumkin. Hayvonning bo‘g‘oz-qisirligi noaniq bo‘lsa, 2-3 haftadan keyin yana tekshirib ko‘rish kerak.[2] Persistent sariq tana og‘ir kasalliklar yoki hayvonlarni noto‘g‘ri parvarishlash va oziqlantirish natijasida kelib chiqadi. To‘liq fiziologik rivojlanmagan hayvon birinchi marta tuqqanida ko‘pincha tuxumdonlar gipofunksiyasi kuzatiladi. Yetarli oziqlantirmaslik, rasionda mineral moddalar va vitaminlarning yetarli bo‘lmasligi tuxumdonlar faoliyatining susayishiga va fiziologik sariq tana so‘rilmasdan potologik holatga o‘tishiga olib keladi. Bir tomonlama o‘ta to‘yimli oziqlantirish ham tuxumdonlarda yog‘ to‘planishi va follikulalarning degenerasiyaga uchrashi potologik sariq tana saqlanib qolishi tufayli tuxumdonlar funksiyasining susayishi va atrofiyasiga sabab bo‘lishi mumkin [9]. Bepushtlikning belgilari hayvonning uzoq muddat davomida kuyga kelmasligi, bir necha marta urug‘lantirishdan keyin ham urug‘lanmaslik, jinsiy sikl muddatlarining buzilishi hisoblanadi [5]. Persitent sariq tanaga diagnoz asosan anamnez ma’lumotlari, klinik belgilari va rektal tekshirishga asoslanadi. Bazan biopsiya usulidan foydalaniladi. Davolashda tuxumdonlarda qon aylanishi va oziqlanishini yaxshilash maqsadida har bir tuxumdon 3-5 daqiqa davomida massaj qilinadi. Tuxumdonlar faoliyatini qo‘zg‘atish uchun estrogenlar bilan birga vagotron moddalar ham ishlatiladi: teri ostiga 0,5%-li prozerin eritmasi yoki 0,1%-li karboxolin eritmasi 2-3 ml yuboriladi, shundan 5 kun o‘tgach esa 0,005%-li stilbestrol eritmasidan 2 ml muskul orasiga yoki sinestrolning 1%-li yog‘li eritmasidan 1-1,5 ml teri ostiga yuboriladi. Kuyga kelishini yaxshilash uchun ineksiyani 24-28 soat oralatib, 4-5 marta takrorlash kerak. [7]. Yuqori mahsuldor sigirlarda tuxumdonlar gipofunksiyasi paytida dinamik elektroneyrostimulyasiya usulini qo‘llash davolashni boshlashdan otalanishgacha 479 bo‘lgan muddatni 18,4 kunga qisqarishini, birinchi marta o‘rug‘lantirishda otalanishni 30,36% ga ortishi va otalanish indeksini 0,3 ga kamayishini ta’minlaydi [6]. Sinxronlash usullaridan birining mohiyati shundan iboratki sigir va tanalarga 6- 15 kun davomida progestogenlardan biri (progesteron, magestrol asetat va b.,) ineksiya qilinadi, undan keyin BBQZ (bo‘g‘oz biya qon zardobi) yoki estrogenlardan biri ineksiya qilinadi. Yana bir variantda jinsiy qo‘zg‘alishni sinxronlashda prostoglandin F α yoki uning sintetik ana
Доказательный фрагмент
«В статье представлен анализ литературы по диагностике и лечению персистентного желтого тела у коров.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ статье представлен анализ литературы по диагностике и лечению персистентного желтого тела у коров. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ovaries, hypofunction, corpus luteum, infertility, heartburn, изжога, reproduktiv organlar, nymfomaniya, яичники, reproductive organs, бесплодие, follikulyar kist, репродуктивные органы, гипофункция, hipofunktsiya, nymphomania, bepushtlik, yurak urishi, нимфомания, tuxumdonlar, sariq tana, фолликулярная киста, желтое тело, corpus luteum, follicular cyst
Смежные источники
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026