Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
CODERS WAR PLATFORMASIDAGI REYTING VA MUKOFOTLASH TIZIMINING TALABALAR O‘RTASIDA RAQOBAT VA HAMKORLIK MUHITINI SHAKLLANTIRISHDAGI AHAMIYATI.
MUHITINI SHAKLLANTIRISHDAGI AHAMIYATI. · Umarzoda Shohruh Azamat o’g’li
Развитие и инновации в науке · 2026
Аннотация
Mazkur tezisda "CODERS WAR" o‘quv platformasidagi reyting va mukofotlash tizimlarining talabalar orasida sog‘lom raqobat va samarali hamkorlik muhitini shakllantirishdagi pedagogik va psixologik ta'siri ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, ushbu tizimlarning ta’lim jarayonidagi samaradorligi va talabalarning faolligini oshirishdagi roliga urg‘u beriladi. Kalit so‘zlar: CODERS WAR, reyting tizimi, mukofotlash, raqobat, hamkorlik muhiti, ta’lim motivatsiyasi, pedagogik texnologiya. Zamonaviy ta’lim tizimida talabalarning motivatsiyasini oshirish, ularni faol va ijodiy bilim olish jarayoniga jalb qilish pedagogik jihatdan muhim ahamiyatga ega. Bu jarayonda reyting va mukofotlash tizimlari muhim vositalardan biridir. CODERS WAR platformasidagi reyting va mukofotlash tizimining talabalar o‘rtasida sog‘lom raqobat va samarali hamkorlik muhitini shakllantirishdagi o‘rnini tahlil qilish dolzarblik kasb etadi. Reyting va mukofotlash tizimlari talabalar bilimini rag‘batlantirishda muhim pedagogik vosita bo‘lib, ta'lim jarayonini qiziqarli va samarali qilish imkonini beradi. Bunday tizimlar talabalarda sog‘lom raqobatni shakllantirish, shuningdek, o‘zaro yordam va hamkorlikni rivojlantirish uchun ishlatiladi. CODERS WAR platformasidagi reyting va mukofotlash tizimlari quyidagi mexanizmlar orqali amalga oshiriladi: - Reyting ballari: Talabalar topshiriqlar va sinovlarni muvaffaqiyatli bajarib, reyting ballarini to‘playdilar. Har bir topshiriq yoki sinovning murakkabligi va talabaning ko‘rsatgan natijasiga ko‘ra ballar belgilanadi. - Mukofot va unvonlar tizimi: Talabalar yig‘ilgan ballar asosida turli xil unvonlar va mukofotlar bilan taqdirlanadilar. Masalan, "Rekrut", "Titan" va "Ritser" kabi unvonlar talabalarni yanada yuqori natijalarga intilishlariga rag‘batlantiradi. - Duellar va jamoaviy topshiriqlar: Platformada talabalar o‘zaro raqobatlashishlari (duellar) yoki jamoa sifatida topshiriqlarni bajarishlari mumkin. Bu orqali talabalar o‘zaro yordam, hamkorlik va sog‘lom raqobat ko‘nikmalarini rivojlantiradilar. 43 DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE International scientific-online conference - Yutuqlar tizimi: Topshiriqlar bajarilishi natijasida talabalar turli xil yutuqlar bilan taqdirlanadi, masalan, personaj uchun yangi jihozlar (qilich, qalqon, dubulg‘a va boshqalar) yoki bonus ballar beriladi. Ushbu yutuqlar talabalarning ta'lim jarayoniga bo‘lgan qiziqishini oshiradi. Ushbu mexanizmlar orqali CODERS WAR platformasi talabalarni o‘qishga bo‘lgan motivatsiyasini oshirib, ularning bilim olish jarayonini samarali va qiziqarli qiladi. Reyting va mukofotlash tizimlari talabalarning motivatsiyasini oshirish orqali quyidagi ta’sirlarga ega: Talabalar o‘zaro raqobat orqali yanada yuqori natijalarga erishishga intilishadi. Mukofotlar talabalarda darsga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirib, ularni doimiy ravishda bilim olish jarayoniga jalb qiladi. Raqobat bilan birgalikda talabalar orasida samarali hamkorlik ham shakllanadi, chunki umumiy vazifalarni bajarish uchun bir-birlariga yordam berish zaruriyati tug‘iladi. Amaliy tajribalar natijasida aniqlanganki, CODERS WAR platformasining reyting va mukofotlash tizimi talabalarning darslarda faolligini sezilarli ravishda oshirgan. Platformadan foydalangan talabalar o‘quv jarayoniga faolroq ishtirok etishgan, vazifalarni bajarishda mas'uliyatni his qilishgan va bilim olish jarayonini qiziqarli deb baholashgan. O‘tkazilgan talabalar so‘rovnomalari ham ushbu tizimning talabalar o‘rtasida sog‘lom raqobat va samarali hamkorlikni shakllantirishdagi ahamiyatini tasdiqlagan. CODERS WAR platformasida reyting va mukofotlash tizimlarining qo‘llanilishi talabalarning bilim olish motivatsiyasini oshiradi, ularning darslarda faol ishtirokini ta’minlaydi hamda talabalar orasida sog‘lom raqobat va samarali hamkorlik muhitini shakllantiradi. Bunday tizimlarni yanada kengroq qo‘llash orqali ta'lim samaradorligini oshirish mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati: 1. Kapp, K. M. (2012). The gamification of learning and instruction: Game- based methods and strategies for training and education. John Wiley & Sons. 2. Lee, J. J., & Hammer, J. (2011). Gamification in education: What, how, why bother?. Academic Exchange Quarterly, 15(2), 1-5. 3. Seaborn, K., & Fels, D. I. (2015). Gamification in theory and action: A survey. International Journal of Human-Computer Studies, 74, 14-31. 4. Nicholson, S. (2015). A recipe for meaningful gamification. Gamification in education and business, 1-20. 44 DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE International scientific-online conference 5. Dicheva, D., Dichev, C., Agre, G., & Angelova, G. (2015). Gamification in education: A systematic mapping study. Educational Technology & Society, 18(3), 75-88. 45
Доказательный фрагмент
«Mazkur tezisda "CODERS WAR" o‘quv platformasidagi reyting va mukofotlash tizimlarining talabalar orasida sog‘lom raqobat va samarali hamkorlik muhitini shakllantirishdagi pedagogik va psixologik ta'siri ko‘rib chiqiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur tezisda "CODERS WAR" o‘quv platformasidagi reyting va mukofotlash tizimlarining talabalar orasida sog‘lom raqobat va samarali hamkorlik muhitini shakllantirishdagi pedagogik va psixologik ta'siri ko‘rib chiqiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- hamkorlik muhiti, CODERS WAR, raqobat, pedagogik texnologiya., mukofotlash, reyting tizimi, ta’lim motivatsiyasi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025