Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
CODERS WAR TA’LIM PLATFORMASINING ALGORITMIK DASTURLASH BO‘YICHA GIBRID TA'LIM JARAYONINI TASHKIL QILISHDAGI IMKONIYATLARI VA PEDAGOGIK AHAMIYATI.
Umarzoda Shohruh Azamat o’g’li
Модели и методы в современной науке · 2026
Аннотация
Ushbu tezisda algoritmik bilimlarni shakllantirish va rivojlantirish uchun yaratilgan “CODERS WAR” ta’lim platformasining konseptual asoslari, texnik imkoniyatlari va amaliy qo‘llanish usullari tahlil qilinadi. Platformaning gibrid ta’lim jarayonini tashkil qilishdagi roli, unda mavjud interaktiv o‘quv muhiti, algoritmik vazifalar, adaptiv testlar, gamifikatsiya elementlari hamda shaxsiylashtirilgan ta’lim texnologiyalarining qo‘llanilishi batafsil yoritiladi. Kalit so‘zlar: CODERS WAR, algoritmik dasturlash, gibrid ta’lim, ta’lim platformasi, interaktiv o‘quv muhit, adaptiv ta'lim, gamifikatsiya. Zamonaviy ta'lim tizimida axborot texnologiyalarini samarali qo‘llash orqali o‘quv jarayonini takomillashtirish dolzarb masaladir. Ayniqsa, algoritmik dasturlash sohasida ta'lim samaradorligini oshirish uchun yangi, innovatsion yondashuvlarga ehtiyoj sezilmoqda. Ushbu ehtiyojdan kelib chiqib yaratilgan CODERS WAR platformasi algoritmik dasturlash bo‘yicha gibrid ta'lim jarayonini tashkil qilish uchun keng imkoniyatlarni taklif etadi. Gibrid ta'lim — an'anaviy darslarning eng samarali jihatlarini raqamli va onlayn ta'lim imkoniyatlari bilan birlashtirgan ta'lim shaklidir. Bu yondashuv an’anaviy sinfdagi yuzma-yuz mashg‘ulotlar bilan virtual darslar, interaktiv video materiallar, elektron ta’lim platformalari va mustaqil o‘rganishga asoslangan mashg‘ulotlarni uyg‘unlashtiradi. Gibrid ta’limning asosiy maqsadi talabalar uchun eng qulay va samarali o‘quv muhitini yaratish bo‘lib, bunda ular o‘z bilim va ko‘nikmalarini mustaqil ravishda chuqurlashtirish, ta’lim jarayonini o‘z ehtiyojlari va imkoniyatlariga mos ravishda rejalashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Natijada talabalar ta’lim jarayonida yanada faol ishtirok etib, o‘zlashtirish samaradorligini oshiradi. CODERS WAR platformasi quyidagi texnik imkoniyatlarni taqdim etadi: - Kirish diagnostik testlari orqali bilim darajasini aniqlash. - Adaptiv ta'lim tizimi orqali individual ta'lim yo‘llarini shakllantirish. - Gamifikatsiya elementlari (reyting tizimi, mukofotlash, virtual buyumlar) orqali talabalarning motivatsiyasini oshirish. 148 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference - Duel rejimida talabalarning bilimlarini amaliy tarzda tekshirish va mustahkamlash. - Video darslar, interaktiv mashqlar va onlayn testlar orqali ta'lim samaradorligini oshirish. CODERS WAR platformasi algoritmik dasturlash bo‘yicha o‘quv jarayonini quyidagi bosqichlarda tashkil etadi: - Talabalar uchun kirish testlari orqali boshlang‘ich bilim darajasi aniqlanadi. - Individual ta'lim yo‘llari ishlab chiqilib, mos vazifalar taqdim etiladi. - Talabalar algoritmik bilimlarni nazariy va amaliy tarzda o‘zlashtiradilar. - Gamifikatsiya va adaptiv texnologiyalar orqali bilimlar mustahkamlanadi. CODERS WAR platformasi quyidagi pedagogik afzalliklarni taklif etadi: - Talabalar uchun individual yondashuv orqali bilimlarni chuqur va samarali egallash imkoniyatini yaratadi. - Gamifikatsiya elementlari yordamida talabalar motivatsiyasini yuqori darajada ushlab turadi. - Gibrid ta'lim yondashuvi orqali talabalarning mustaqil o‘rganish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. - Raqobat va hamkorlik muhitini shakllantirib, talabalarni ijodiy va samarali ishlashga undaydi. Platformadan foydalanilgan amaliy tajribalar natijalariga ko‘ra, talabalar algoritmik dasturlash sohasidagi bilimlarni an'anaviy ta'lim olgan talabalarga qaraganda yuqori samaradorlik bilan o‘zlashtirganlar. Talabalar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar platformaning qiziqarli va samarali ekanligini tasdiqlaydi. CODERS WAR ta’lim platformasi algoritmik dasturlash bo‘yicha gibrid ta'lim jarayonini samarali tashkil qilish uchun keng imkoniyatlarni yaratadi. Platformaning innovatsion texnologiyalari talabalarning bilim olish jarayonini individuallashtirishga, motivatsiyasini oshirishga va o‘zlashtirish sifatini sezilarli darajada yaxshilashga imkon beradi. Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati: 1. Bonk, C. J., & Graham, C. R. (2012). Handbook of blended learning: Global perspectives, local designs. John Wiley & Sons. 2. Garrison, D. R., & Vaughan, N. D. (2008). Blended learning in higher education: Framework, principles, and guidelines. John Wiley & Sons. 3. Driscoll, M. (2002). Blended learning: Let's get beyond the hype. E-learning, 1(4), 1-4. 149 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference 4. Graham, C. R. (2006). Blended learning systems. The handbook of blended learning: Global perspectives, local designs, 3-21. 5. Means, B., Toyama, Y., Murphy, R., Bakia, M., & Jones, K. (2009). Evaluation of evidence-based practices in online learning: A meta-analysis and review of online learning studies. U.S. Department of Education. 150
Доказательный фрагмент
«Ushbu tezisda algoritmik bilimlarni shakllantirish va rivojlantirish uchun yaratilgan “CODERS WAR” ta’lim platformasining konseptual asoslari, texnik imkoniyatlari va amaliy qo‘llanish usullari tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu tezisda algoritmik bilimlarni shakllantirish va rivojlantirish uchun yaratilgan “CODERS WAR” ta’lim platformasining konseptual asoslari, texnik imkoniyatlari va amaliy qo‘llanish usullari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- adaptiv ta'lim, algoritmik dasturlash, CODERS WAR, gibrid ta’lim, interaktiv o‘quv muhit, gamifikatsiya., ta’lim platformasi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024