Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SHAROF RASHIDOVNING "G'OLIBLAR" ROMANIDA JUFT SO‘ZLAR KOMPONENTLARI MA‘NO-MUNOSABATIGA KO‘RA TURLARI
O'roqova Shohsanam
Инновационные исследования в науке · 2026
Аннотация
Pairs of words are divided into groups according to their meaning. The article analyzes the active use of pairs of words in Sadriddin Aini's works in terms of synonyms, antonyms, close meanings and sometimes whole-part relations. Keywords: connection, equivalence, sema, coherence, simplification. Juft so'zlar bir-biriga yaqin yoki qarama-qarshi ma'noli ikki o'zakning grammatik jihatdan teng munosabatda birikishi bilan har biri o'z ma'nosi va urg'usi saqlagan holda bir umumiylikga ega bo'lgan butunlik hosil qilishi bilan paydo bo'ladi.Juft so'zlarning paydo bo'lishida ma'lum bir maʼnodoshlik(sinonimilik) yoki zidlik(antonimlik) munosabati muhim omillar sanaladi. Aynan shu omillar orqali juft so'zlarning so'z sxemasi shakllantiriladi.Ba'zi manbalarga ko'ra, juft so'zlarning o'rganilishi yangi so'zlar hosil bo'lishi tarkibiga ham kirib ketadi. Juft so'z tarkibiy jihatdan o'z so'z turkimi doirasida hosil bo'ladi.Har qanday so'z ham juftlikni hosil qilib keta olmaydi. Juft so'z hosil bo'lishi uchun so'zlar uyushiq bo'la olishi, uyadosh ham bo'lishi lozim. Bundan tashqari, ularning tarkibi ma'no-munosabatiga ko'ra o'z ichida turlarga bo'linadi. 1) Har ikkala qismi mustaqil qo'llana oladigan juft so'zlar; 2) Ikkinchi qismi mustaqil qo'llana olmaydigan juft so'zlar; 3) Har ikkala qismi mustaqil qo'llana olmaydigan juft so'zlar. Bundan tashqari bu bo'linmalar ham o'z ichida turli xil toifalarga ajratib o'rganiladi. Juft so'zlarning o'rganilishi keng qamrovli ishdir. Xususan, shakl jihatdan juft so'zni takroriy so'z bilan adashtirish hollari ham bor, qo'shma so'zga yaqin degan qarashlar ham mavjud. Ammo, N.Abdurahmonov takroriy 48 INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE International scientific-online conference so'zlar bilan juft so'zlarning farqi haqida yozib: «Takror so'zlar aslida tilda yo'q. Ular tilning lug'at tarkibiga kirmaydi, shuning uchun ham lug'atlarda ko'rsatilmaydi. Takror so'zlar faqat suhbat jarayonida suhbatdoshlarning irodasi asosida, improvizatsiya asosida hosil qilinadi va suhbatdan keyin yana yo'q bo'lib ketadi», - deydi. A.Hojiyev “O„zbek tilida qo'shma, juft va takroriy so`zlar” asarida juft so'zlar tenglik munosabatida bo'ladi , ikki so'zning teng bog'lanishga asoslangan brikmalardan kelib chiqadi degan tog„ri qarashni beradi. Tilshunoslikda juft so'zlar bo'laklarining ma'no-munosabatiga ko'ra semantik jihatdan qismlari sinonim, qismlari ma'nosi yaqin va antonim bo'lgan, shuningdek butun qism munosabatidagi juft so'zlarga bo'linadi. Sharof Rashidov asarlarida kelgan juft so'zlarning tahlilga tortar ekanmiz, avvalo unda o'zaro ma'nosi yaqin bo'lgan qismlardan iborat juft otlar ko'pligini ta'kidlash lozim Qismlari maʼnodosh juft otlar: Bu qizning chang-to'zonlar sochib aylanayotgan quyun ichida qolganini faqat Olimjon sezmagan bo'lishi mumkin. [1-52] Azob-uqubat bilan tiyin-tiyinigacha yiqqanman. Uni sizlar ko'kka sovurmoqchisizlar. Bermayman! Meni tilka-pora qilsalaring ham bermayman! [ 1-150] . Hozirgi o'zbek tilida qo'llanuvchi juft so'zlarning ko'rsatishicha, uyushiq holda qo'llana oladigan sinonimlardangina juft so'z hosil bo'lishi mumkin. Qismlarining ma'nosi bir-biriga yaqin bo'lgan juft otlar: Bahorda qo‘y-qo‘zi sotib olib, ularni boqish bilan band bo‘ldim.[1-162] "Bu qanday sayr-tomosha? Qanday o'yin-kulgi?" o'yladi u ichida norozi bo'lib. [1-162]. Shiorning ma'nosini endi anglay boshlaganda , birdan momaqaldiroq guldirab, es-hushini yo'qotgan otaning quloqlari bitib qolganda bo'ldi. [ 1-163]. Hamma yangi planni sevinch-quvonch, yakdillik, zo'r olqishlar bilan ma'qullagan tursa-yu, faqat bitta odam unga qarshi chiqsa.[1, 160]. Idoraning baland zinapoyasida turgan Smirnov xalqqa qarab nutq so'zlar, chol shovqin-suron ichida nima deyayotganini yaxshi eshitolmay, zinopaya tomin pitirlardi.[1-167]. Partiyamiz va hukumatimiz xalqning tilak-orzularini albatta amalga oshiradi. [1- 210]. Qismlari o'zaro zid ma'noli bo'lgan juft otlar: Garchi, u uzoq ishlab, qattiq charchagan bo'lsa hamki, chigit ekilgan poyonsiz dala diliga bitmas-tuganmas quvonch bag'ishlardi.[1-257]. 49 INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE International scientific-online conference U og'riq azobida kechayu-kunduz ko'zlarini yumib yotarkan, xuddi birov uning ko'zlarini ezgandek tuyulardi.[1-323]. Butun-qism munosabatidagi juft otlar: Bu qizning chang-to'zonlar sochib aylanayotgan quyun ichida qolganini faqat Olimjon sezmagan bo'lishi mumkin . Uyalish, iymanish va baxt to'la his-tuygʻular osmon gumbaziday keng va ulug‘vor ediki, endi Oyqiz o'rnidan turib, uning cho'qqisiga chiqdi. Uyadosh bo'lgan barcha so'zlar ham juftlikni hosil qilolmaydi. Ularda ichki va tashqi bog'liqlik, tilda o'xshashlik bo'lishi lozim. Yuqoridagi misollarda ikki va bir bo'g'inli hamda ikki bo'g'inli yoki bir bo'g'inli so'zlar juftlik qatorini hosil qilganini guvohi bo'lishi mumkin. Bir bo'g'inli juft otlar: choy-non, gap-so'z, oy-kun, mol-mulk; Ikki bo'g'inli juft otlar: aka-uka, oziq-ovqat, chora-tadbir, yig'im-terim,ko'rpa- yostiq;Bir va ikki bo'g'inli juft otlar:
Доказательный фрагмент
«Pairs of words are divided into groups according to their meaning.»
Образец извлечения
Демо-превьюPairs of words are divided into groups according to their meaning. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- connection, equivalence, sema, coherence, simplification, birikish, soddalanish., teng bog'lanish, uyushiqlik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014