К содержанию
РецензированоUZ2026

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA MUSIQIY RITMIK HARAKATLARNI TASHKIL ETISH

HARAKATLARNI TASHKIL ETISH · Karimov Saxob Baxromovich · Tursunboyeva Marjona Toxir qizi

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar uchun musiqiy-ritmik harakatlarning ta’lim va tarbiya jarayonidagi o‘rni tahlil qilinadi. Maqolada musiqiy-ritmik harakatlarni tashkil etish metodlari, pedagogik yondashuvlar va samarali mashg‘ulot o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar keltirilgan. Kalit (tayanch) so‘zlar: maktabgacha ta’lim, musiqiy-ritmik harakatlar, bolalar rivojlanishi, harakat koordinatsiyasi, ritm, jismoniy tarbiya, estetik tarbiya, pedagogik metodlar, ijodiy tafakkur. Maktabgacha yoshdagi bolalar faol harakat qilish orqali dunyoni o‘rganadilar. Musiqiy-ritmik harakatlar bolaning nafaqat jismoniy rivojlanishiga, balki hissiy va intellektual o‘sishiga ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Musiqaning ta’siri ostida harakat qilish bolalarning his-tuyg‘ularini ifodalash, ijtimoiy moslashuvini yaxshilash va ijodiy tafakkurini rivojlantirishga yordam beradi. Shu sababli, musiqiy-ritmik harakatlarni bolalar ta’lim-tarbiyasiga samarali joriy etish muhim pedagogik vazifalardan biridir. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida musiqiy-ritmik harakatlarning maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’sirini aniqlash uchun quyidagi tadqiqot metodlaridan foydalanildi: Nazariy tahlil – ilmiy adabiyotlar va ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish. Empirik tadqiqot – maktabgacha ta’lim tashkilotlarida musiqiy mashg‘ulotlarni kuzatish. Eksperimental usul – musiqiy-ritmik mashg‘ulotlarda bolalarning rivojlanish dinamikasini baholash. Musiqiy mashg‘ulotlar orqali bolalarda harakat koordinatsiyasi, ritm tuyg‘usi va ijodiy tafakkur shakllanadi. Pedagoglar uchun innovatsion yondashuvlar, jumladan, o‘yin texnologiyalaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. 66 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida musiqiy ritmik harakatlarni bajarish har bir guruhda ularning yosh hususiyati, psixologiyasi, fiziologiyasidan kelib chiqqan holda quyidagicha amalga oshiriladi. Kichik yosh guruhlarida (3-4-yosh) musiqiy-ritmik harakatlarni bajarish: To’p bo’lib yengil yurish va yugurishdan sekinasta har tarafga, to’g’riga, erkin-sochma, doira bo’ylab yengil yurish va yugurishga o’rgatish. Bolalarni 3-4 sodda va oddiy harakatlardan iborat raqslarni to’p bo’lib raqs tushishdan juftlikda, sochma tarzda, shundan so’ng doiradagi raqslar ijro etishga o’rgatish. Raqs harakatlaridan «Koptokni yuqoriga ot», «arqonni tort», «tokcha», «ko’zguga qara», «xo’rozcha», «maysani sila» bilan tanishtirish va ularni musiqaga mos bajarish O’rta yosh guruhlarida (4-5-yosh) musiqiy-ritmik harakatlarni bajarish: Musiqa asarlarining qismlar o’zgarishiga mos harakatlarni o’zgartirish, marsh, qo’shiq, raqs kuylariga mos harakatlarni mustaqil bajarish, boshlovchining ketidan musiqaga mos yurish, yugurish va sakrash. Raqs haraktlarini mustaqil ravishda aniq bajarish, qo’l harakatlarini erkin va mayin bajarishga o’rgatish. Guruh bo’lib, kichik guruhlarga bo’linib, yakka holda harakatlanishga o’rgatish, xonaning bir qismidan ikkinchi qismiga (markazdan burchakka, o’ngdan chapga va h.k.) o’tishda o’z harakatlarini boshqara olish, raqs harakatlarining nomlarini bilish va aniq bajarish. Katta yosh guruhlarida (5-6-yosh) musiqiy-ritmik harakatlarni bajarish: Musiqaning tempi, ritmi, harakteriga mos ifodali harakatlanish. Kuy qismlari almashishiga qarab harakatlarni o’zgartira olish. Yengil, prujinasimon yurish, yugurish, sakrash, olding va orqaga, yonga qadam tashlash, oldinga hakkalash, raqs harakatlarini sifatli bajarishga o’rgatish. Musiqa ostida qatorlarga saflanish va mashqlar bajarish, qatorlardan doiraga shakliga o’tish, katta va kichik doiralar hosil qilish, bir nechta kichik doirachalarga bo’linishga o’rgatish. Bolalarga o’zbekcha raqslar bilan bir qatorda turli xalqlar raqslarini o’rgatish. Bolalarda raqsga oid ijodkorlikka undash va uning namoyon bo’lishini rag’batlantirish va qo’llab quvvatlash. Maktabga tayyorlov yosh guruhlarida (6-7-yosh) musiqiy-ritmik harakatlarni bajarish: Raqs harakatlarini aniq va musiqaga mos bajarish. Raqslardagi bezak elementlari bilan tanishtirish va ularni bajarishga o’rgatish: yurish, yugurish, sakrash, oldinga va yonga hakkalash kabi harakatlarga oyoq to’pillatish, chapak chalish kabi bezak elementlarini qo’shib bajarishga o’rgatish. Musiqa ostida qatorlarga saflanish, bir qator bo’lib yurish va yugurish, katta va 67 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference kichik doira qurish kabi harakatlarni mustaqil bajarish. Davra qo’shiqlarining matniga mos harakatlarni musiqaga holda mustaqil bajarish va faol bo’lish. Tadqiqot va natijalar Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki: Musiqiy-ritmik harakatlar bolalarning jismoniy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi: harakat muvozanati, chaqqonlik va reflekslar yaxshilanadi. Bolalar emosional jihatdan yanada faol va o‘z his-tuyg‘ularini ifodalashga moyil bo‘lib boradi. Ijtimoiy ko‘nikmalar rivojlanadi: bolalar guruhiy harakatlarga oson moslashadi, jamoa bo‘lib ishlashni o‘rganadi. Ritm sezgisi va koordinat

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar uchun musiqiy-ritmik harakatlarning ta’lim va tarbiya jarayonidagi o‘rni tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar uchun musiqiy-ritmik harakatlarning ta’lim va tarbiya jarayonidagi o‘rni tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
harakat koordinatsiyasi, bolalar rivojlanishi, pedagogik metodlar, ritm, jismoniy tarbiya, ijodiy tafakkur., maktabgacha ta’lim, estetik tarbiya, musiqiy-ritmik harakatlar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники