К содержанию
РецензированоUZ2026

IT-LOYIHALARNING IQTISODIY SAMARADORLIGINI BAHOLASH USULLARI

G’aybullayeva Kamola Nurillaxonovna · Namangan viloyati To’raqo’rg’on Agrosanoat

Академические исследования в современной науке · 12 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada IT-loyihalarning iqtisodiy samaradorligini baholash usullari tahlil qilinadi. Loyihalarning iqtisodiy samaradorligini aniqlash uchun asosiy ko’rsatkichlar va usullar ko’rib chiqiladi. IT-loyihalarining natijadorligini aniq baholash korxona resurslarini samarali boshqarish va investitsion qarorlar qabul qilishda muhim rol o’ynaydi. Kalit so’zlar: loyiha, iqtisodiy samaradorlik, IT-loyihalar, baholash usullari, tahlil, NPV, IRR, CBA, TCO. Investitsiya loyihalarining iqtisodiy samaradorligini baholash, yo’riqnomalar, natijalar, xarajatlar, tijorat samaradorligi, byudjet samaradorligi, samaradorlik ko’rsatkichlari, samaradorlik mezonlari, kapital qiymati, diskont stavkasi, diskontlash, foiz stavkasi, loyihaning hayot aylanishi, taxminiy samaradorlik davri, transport effekti, notransport effekti, innovatsiya. Haqiqiy aktivlarga (ishlab chiqarish vositalariga, ayniqsa ustuvor loyihalarga) investitsiya qilish orqali biz mehnat unumdorligini oshirish, energiya va boshqa moddiy resurslarni tejash ko’rinishida samara olamiz, bu mahsulot birligiga xarajatlarni kamaytiradi, bu esa, albatta, katta hissa qo’shadi. Davlatning iqtisodiy o’sishiga, bozorda raqobatbardoshligini oshirishga va boshqalar kiradi. Axborot texnologiyalari (IT) sohasining rivojlanishi korxona va tashkilotlar uchun muhim strategik vositaga aylandi. IT-loyihalarga kiritilgan investitsiyalarni samarali boshqarish va ularning iqtisodiy samaradorligini baholash bugungi kunda dolzarb masalalardan biridir. Ushbu maqolada IT- loyihalarning iqtisodiy samaradorligini baholash usullari va ularning amaliy ahamiyati tahlil qilinadi. Maqolada IT-loyihalarning iqtisodiy samaradorligini baholashda qo’llaniladigan asosiy usullar va ularning qo’llash tartibi o’rganildi. Tadqiqot davomida quyidagi metodlar ishlatildi: • Nazariy tahlil: IT-loyihalarning iqtisodiy samaradorligini baholashga oid ilmiy adabiyotlar va tadqiqotlar ko’rib chiqildi. • Amaliy tahlil: Turli kompaniyalarda qo’llaniladigan baholash usullari tahlil qilindi. 120 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference • Taqqoslash usuli: Turli baholash usullari bir-biri bilan solishtirildi va ularning afzalliklari va kamchiliklari aniqlab berildi. John Maynard Keynes : Keynes o’zining “The General Theory of Employment, Interest and Money” asarida investitsiyalar va iqtisodiy faollik o’rtasidagi bog’liqlikni tahlil qiladi. Uning fikricha, iqtisodiyotda umumiy talabning yetarli darajada bo’lmasligi ishsizlikka olib keladi va davlat xarajatlari orqali talabni oshirish iqtisodiy o’sishga hissa qo’shadi. Irving Fisher : Fisher o’zining “The Theory of Interest” asarida foiz stavkalari, inflyatsiya va investitsiyalar o’rtasidagi munosabatlarni o’rganadi. Uning “Fisher tenglamasi” real va nominal foiz stavkalari hamda kutilayotgan inflyatsiya o’rtasidagi bog’liqlikni ifodalaydi. Paul Samuelson : Samuelson “Foundations of Economic Analysis” asarida matematik usullarni iqtisodiy tahlilga tatbiq etadi. Uning “Economics: An Introductory Analysis” darsligi Keynesian iqtisodiyotini ommalashtirishga katta hissa qo’shgan. Investitsiya loyihalarining samaradorligini oshirish masalasi bo’yicha bir nechta tadqiqotlar mavjud. Vernonning fikriga ko’ra , investitsiya loyihalarini tahlil qilishda moliyaviy ko’rsatkichlar, jumladan, Net Bug’doy Qiymati (NPV) va Ichki Rentabellik Normasini (IRR) baholashni muhim deb biladilar. Harrison va Hensonlarning tadqiqotlaridagi fikriga ko’ra , iqtisodiy samaradorlikni baholashda iqtisodiy resurslarni yanada samarali taqsimlash zarurligi ta’kidlangan. Shuningdek, investitsiya loyihalarining samaradorligini oshirishda inson resurslari va texnologik yangilanishlar kabi omillar muhim ahamiyatga ega deb Sims va Leelar oz asarlarida keltirib o’tganlar . O’zbekistonlik iqtisodchilardan Nazarov o’zining “Oʻzbekiston erkin iqtisodiy zonalarida tadbirkorlik subyektlarining samaradorligi statistik koʻrsatkichlari tahlili” maqolasida erkin iqtisodiy zonalardagi tadbirkorlik subyektlarining iqtisodiy samaradorligini statistik ko’rsatkichlar orqali tahlil qiladi. Habibjonov “Xitoyning ‘Bir makon, bir yo’l’ dasturining umumiy tuzilmasi va dunyo iqtisodiyotidagi o’rni” maqolasida Xitoyning “Bir makon, bir yo’l” dasturining umumiy tuzilmasi va uning dunyo iqtisodiyotidagi o’rnini tahlil qiladi. Shuni ta’kidlash joizki, loyihaning iqtisodiy samaradorligini baholashda mintaqaviy yondashuvlar turlicha bo’lib, har bir mintaqa o’zining iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy xususiyatlariga asoslangan holda turli omillarni hisobga oladi. 121 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Tadqiqot natijalariga ko’ra, IT-loyihalarning iqtisodiy samaradorligini baholashda eng ko’p qo’llaniladigan usullar quyidagilardan iborat: 1. Net Present Value (NPV) - To’lanadigan xarajatlar va kelajakdagi naflarni diskontlash orqali aniqlanadi; 2. Internal Rate of Return (IRR) - Loyihaning ichki rentabellik me’yorini aniqlash uchun ishlatiladi; 3. Payback Pe

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada IT-loyihalarning iqtisodiy samaradorligini baholash usullari tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada IT-loyihalarning iqtisodiy samaradorligini baholash usullari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
iqtisodiy samaradorlik, TCO., NPV, CBA, IRR, loyiha, IT-loyihalar, tahlil, baholash usullari
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники