К содержанию
РецензированоRU2026

ISTIQLOL DAVRI BOLALAR ADABIYOTINING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI.

Isaqova Jumagul

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

The article provides information about childern’s literature and children’s writers of the period of independence.In the analysis,we will dwell on the works creted in modern Uzbek children’s literature and their unique features.In it, the themes and concepts of the works created by our artists today are analyzed in theoretical. Абстрактный. В статье представлены сведения о детской литературе и детских писателях периода независимости.В анализе остановимся напроизведениях, созданных в современной узбекской детской литературе, и их уникальных особенностях В нем в теоретической Галактике А13 анализируются темы и концепции произведений, созданных нашими художниками сегодня. Kalit so‘zlar:Bolalar adabiyoti, hajviy-yumoristik, retrospektiv, psixologizm, falsafiy, didaktika Key words:Children’s literature, comic and humorous, retrospective, psychologism, philosophical, didactic. Ключевые слова:Детская литература, комическая и юмористическая ретроспективный, психологизм философский дидактический Davr va adabiyot munosabat g’oyat murakkab muammodir. Chunki zamonning asosiy belgisi uning tinimsiz harakatdaligi, o’zgarib turishi bo’lsa, asl adabiyotning bosh xususiyati uning o’zi yaratilgan zamonga qaraganda ko’proq yashashga intilishi, barqarorroq bo’lishga urinishidir. Mustaqillik davri o`zbek bolalar adabiyoti hayotni o`rganish-bilishning badiiy vositasi sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. U zamondoshlar, jumladan, yosh avlodning ruhiy holatini teran tadqiq etishga, fikr doirasini kengaytirishga, his va tushunchalarining shakllanib, voqelikka to`g`ri munosabatda bo`lishga da’vat etadi. Bugungi adabiyot tom ma’noda hayot darsligiga aylanayotgani shu jihatdan e’tirofga sazovor.Mustaqillik davri bolalar adabiyotida ko’zga tashlangan g’oyat muhim 125 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference xususiyatlardan biri inson ongini, dunyoqarashini, uning ma’naviy olamida yuz berayotgan ziddiyatlarni tahlil etishga kirishdan boshlanganidir.Bu esa asarning bosh markazida inson obrazining turganligidan dalolat beradi.”O’zining tabiiy xatti-harakati, ma’naviy dunyosining rang-barangligi va kemtiklari bilan bo’lsa- da mukammallikka intilayotgan inson obrazini tasvirlash orqali , adib o’quvchini ezgulikka oshno etishni niyat qiladi”.1 Istiqlol davri yangi bolalar adabiyotining maydonga kelishiga jamiyatimizdagi ijtimoiy, siyosiy,iqtisodiy o’zgarishlarning bolalarimiz tarbiyasiga katta ta’sir ko`rsatgani bejiz emas. Ayni shu davrda bolalar adabiyotimiz tom ma’nodagi haqiqatga tik boqadigan adabiyotga aylandi, yosh avlodni erksevarlik tuyg`ulari ruhida tarbiyalashda ilk qadamlarini qo`ydi. Bu ishga badiiy so`z qudrati bilan hissa qo`shib kelayotgan iste’dodli yozuvchilarning yangi avlodi yetishib chiqqanligi ko’ramiz. Ya’ni, nafaqat Anvar Obidjon, T.Adashboyev, Miraziz A’zam, R.Tolipov, S.Barnoyev singari professional adib va shoirlarning o`zgacha talqin hamda yo`nalishdagi ijod namunalari balki Q.O`tayev, H.Imonberdiyev, K.Turdiyeva, Abdurahmon Akbar, Dilshod Rajab, Rustam Nazar, Vali Ahmadjon, S.Inoyatov, Qo`zi Ismoil, Zafar Isomiddin,Erpo`lat Baxt kabi ijodkorlarning bolalar adabiyotiga “yangi havo” olib kirishlari bilan e’tibor qozondi. Bunda yosh qahramonlar xarakteri tahlili masalasiga alohida e’tibor qaratilishi, shakl va mazmun jihatdanda yangi tamoyillar kasb eta borgani yorqin ko`rina boshladi. Milliy bolalar matbuoti ham mavzu material, g`oyaviy- badiiy jihatdan o`sib, bolalar ijodkorligi namunalari ko`proq ommalashtirilayotgani ta’kidga loyiq.Shu bilan birga yangi asr kichkintoylarining qiziqishlari, ruhiy, ma’naviy olami, ularning ijtimoiy hayotga munosabati masalalari aks etgan asarlar tahlili orqali o`quvchilarda axloqiy- ma’rifiy, ijtimoiy-siyosiy tarbiyani shakllantirishga ahamiyat berilayotgani diqqatga sazovor. Binobarin, istiqlol davri o`zbek bolalar adabiyotida jamiyat taraqqiyoti bilan bog`liq mavzu talqinlari ustuvorligi (A.Akbar, E.Malikov, Hamza Inoyatov asarlarida); kichkintoylar va bolalar fe’l-atvoridagi xarakter xususiyatlarning hajviy-yumoristik, fantastik, sarguzasht ifodasi (S.Quronov,Q.Shermatov ijodida); bolalar va o`smirlarning murakkab ruhiyat olami (Tohir Malik, Normurod Norqobilov psixologizm) teran aks etgan asarlar, qolaversa, tabiat va jamiyat muammolari falsafiy talqin etilayotgan badiiy ijod namunalari ( Zafar Isomiddin, Erpo‘lat Baxt, Abdusamad Ko'chimov asarlari) ko`zga tashlanadi. 1 Y.Solijonov Haqiqatning sinchkov ko'zlari T.:2009 126 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Bolalar adabiyotining yuksalyotgani, yangilanyotganligi undagi izlanishlarning nechog’lik samarali bo’layotganligi, eng avvalo, unda yaratilayotgan qahramonlarning badiiy salmog’i bilan o’lchanadi.Bolalar adabiyoti haqida gap ketganda birinchi o’rinda badiiy qahramon tushunchasiga e’tibor qaratishimiz kerak.Hozirgi kundagi aksar asarlardagi qahramonlar bolalarni zamon bilan hamnafas holda yaratilish kerak. Zamonaviy o’zbek bolalar adabiyotida q

Доказательный фрагмент

«The article provides information about childern’s literature and children’s writers of the period of independence.In the analysis,we will dwell on the works creted in modern Uzbek children’s literature and their uniqu…»

Образец извлечения

Демо-превью

The article provides information about childern’s literature and children’s writers of the period of independence.In the analysis,we will dwell on the works creted in modern Uzbek children’s literature and their uniqu… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Children’s literature, comic and humorous, retrospective, hajviy-yumoristik, retrospektiv, Bolalar adabiyoti, falsafiy, didaktika, psixologizm
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники