Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
CODERS WAR O‘QUV PLATFORMASIDA ALGORITMIK BILIMLARNI O‘ZLASHTIRISH JARAYONINI GAMIFIKATSIYA ORQALI SAMARADORLIGINI OSHIRISH
SAMARADORLIGINI OSHIRISH · Umarzoda Shohruh Azamat o’g’li
Академические исследования в современной науке · 2026
Аннотация
Ushbu tezisda "CODERS WAR" o‘quv platformasining algoritmlar va dasturlash bilimlarini o‘zlashtirishda gamifikatsion yondashuvdan foydalanish mexanizmlari tahlil qilinadi. Gamifikatsiya elementlarining o‘quvchilarda bilimlarni chuqur va samarali egallashga, shuningdek, motivatsiyani oshirishga bo‘lgan ijobiy ta’siri ko‘rib chiqiladi. Kalit so‘zlar: CODERS WAR, gamifikatsiya, algoritmlar, dasturlash, ta’lim platformasi, motivatsiya, ta'lim samaradorligi. Bugungi kunda ta'lim jarayonida gamifikatsiyadan foydalanish keng tarqalmoqda. Ayniqsa, algoritmik dasturlash kabi murakkab fanlarni o‘zlashtirishda gamifikatsiya elementlari orqali talabalarni yanada samarali rag‘batlantirish mumkin. Ushbu nuqtai nazardan CODERS WAR o‘quv platformasi misolida gamifikatsiya yondashuvining samaradorligini tahlil qilish dolzarbdir. Gamifikatsiya nafaqat ta'lim jarayonini qiziqarli qiladi, balki o‘quvchilarning murakkab mavzularni oson va tez egallashiga yordam beradi. Gamifikatsiya – bu o‘yinlarga xos bo‘lgan mexanizm va dizayn elementlarini ta'lim yoki boshqa o‘yin bo‘lmagan muhitlarga integratsiya qilish orqali foydalanuvchilarning qiziqishini oshirishdir. Bu metod motivatsiya va faollikni kuchaytirib, talabalar uchun murakkab bo‘lgan fanlarni o‘qitishda yangi imkoniyatlar yaratadi. Gamifikatsiya ta’lim jarayonini o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan psixologik omillar – qiziqish, zavqlanish va raqobat tuyg‘ularini qo‘llab- quvvatlaydi. CODERS WAR platformasi o‘zida quyidagi asosiy gamifikatsiya elementlarini jamlagan: Ball tizimi va reyting: Talabalar topshiriqlarni bajarganda ball yig‘adi va reytingda yuqori o‘rinlarni egallaydi. Ball tizimi talabalarga o‘z natijalarini kuzatish imkonini beradi, bu esa ularda bilim olishga bo‘lgan intilishni oshiradi. Unvonlar va mukofotlar: Vazifalar muvaffaqiyatli bajarilganda talabalar maxsus unvonlar va turli virtual mukofotlar (qurol-aslahalar, qalqon va boshqa buyumlar) bilan taqdirlanadi. Bu mukofotlar orqali talabalar bilim olish jarayonidan zavqlanadi va keyingi bosqichlarga o‘tishga qiziqishlari ortadi. 72 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Shaxsiylashtirilgan personaj yaratish: Talabalar o‘z personajlarini yaratib, ular orqali topshiriqlarni bajaradilar va o‘z natijalarini boshqalar bilan taqqoslash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu esa talabalar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantiradi va guruh ichida o‘zaro muloqotni rivojlantiradi. Gamifikatsiya elementlarining qo‘llanilishi natijasida quyidagi pedagogik va psixologik afzalliklar kuzatiladi: Bilim olish jarayonida talabalarning faolligi va motivatsiyasi oshadi, chunki gamifikatsiya talabalarda o‘z vazifalarini bajarish istagini kuchaytiradi. O‘zlashtirish jarayoni tezlashadi, talabalar bilimlarni amaliy tarzda egallash imkoniyatiga ega bo‘ladi, chunki ular o‘yin shaklida taqdim etilgan vazifalarni bajarishda qiyinchiliklarni osonroq yengib o‘tishadi. Raqobat muhiti talabalarni yanada ko‘proq bilim olishga va vazifalarni sifatli bajarishga undaydi, bunda o‘zaro raqobat va hamkorlikning muvozanati saqlanadi. Tajribaviy tadqiqotlar va sinov natijalari shuni ko‘rsatdiki, CODERS WAR platformasida gamifikatsion elementlardan foydalangan talabalar an'anaviy usullar bilan ta'lim olgan talabalarga nisbatan murakkab algoritmik masalalarni yechishda ancha yuqori natijalarga erishgan. Bu platformadagi o‘quvchilar algoritmik tafakkurni rivojlantirish, dasturlash va muammolarni hal qilish jarayonlarida an'anaviy metod bilan o‘qitilgan guruhlarga qaraganda yuqori samaradorlik ko‘rsatgan. Talabalar tomonidan olingan qayta aloqalar ham platforma orqali bilim olish jarayonining qiziqarli va samarali ekanligini tasdiqlaydi. Bundan tashqari, o‘tkazilgan anketalar va so‘rovlar natijasida talabalar CODERS WAR platformasidagi gamifikatsion mexanizmlarning ularni yanada yuqori natijaga intilishga undaganini ta’kidladilar. CODERS WAR platformasida gamifikatsiya elementlarining samarali qo‘llanilishi algoritmik bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini sezilarli darajada yaxshilaydi. Talabalar motivatsiyasining ortishi, bilim olish jarayonining qiziqarli bo‘lishi va o‘zlashtirish tezligining oshishi ushbu uslubning afzalliklaridir. Gamifikatsiyani yanada kengroq va chuqurroq integratsiya qilish orqali ta’lim jarayonining sifatini yanada oshirish mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati: 1. Dicheva, D., Dichev, C., Agre, G., & Angelova, G. (2015). Gamification in education: A systematic mapping study. Educational Technology & Society, 18(3), 75-88. 2. Gee, J.P. (2003). What video games have to teach us about learning and literacy. Palgrave Macmillan. 73 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference 3. Kapp, K. M. (2012). The gamification of learning and instruction: Game- based methods and strategies for training and education. John Wiley & Sons. 4. Seaborn, K., & Fels, D. I. (2015). Gamification in theory and action: A survey. International Journal of Human-Computer Studies,
Доказательный фрагмент
«Ushbu tezisda "CODERS WAR" o‘quv platformasining algoritmlar va dasturlash bilimlarini o‘zlashtirishda gamifikatsion yondashuvdan foydalanish mexanizmlari tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu tezisda "CODERS WAR" o‘quv platformasining algoritmlar va dasturlash bilimlarini o‘zlashtirishda gamifikatsion yondashuvdan foydalanish mexanizmlari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- CODERS WAR, gamifikatsiya, dasturlash, motivatsiya, ta'lim samaradorligi., algoritmlar, ta’lim platformasi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияAhadova Farida Muхiddin qizi2025
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026