К содержанию
РецензированоUZ2024

INFLYATSIYA VA UNING IQTISODIYOTGA TA'SIRI

Aliqulov Samandar

Журнал универсальных научных исследований · 2024

Аннотация

Ushbu maqolada inflatsiyaning mohiyati, uning kelib chiqish sabablari va iqtisodiyotga ta’siri tahlil qilinadi. Inflatsiya darajasining ortishi jamiyatning turli qatlamlariga qanday ta’sir ko‘rsatishi, uning iqtisodiy barqarorlikka bo‘lgan xavflari va potensial foydalari muhokama qilinadi. Shuningdek, davlatning inflatsiyani boshqarish strategiyalari, jumladan, pul-kredit va fiskal siyosat vositalari ko‘rib chiqiladi. Maqolada inflatsiyaning uzoq muddatli makroiqtisodiy oqibatlari va uni samarali tartibga solish yo‘llari haqida xulosalar beriladi. Inflyatsiya iqtisodiyotning eng muhim tushunchalaridan biri bo‘lib, u tovar va xizmatlar narxlarining umumiy darajada doimiy oshishi natijasida pulning qiymati pasayishini anglatadi. Bu jarayon har qanday davlatning iqtisodiy barqarorligi va ijtimoiy farovonligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Inflyatsiyaning sabablari turlicha bo‘lib, ular orasida talab va taklif omillari, pul massasining ortishi, ishlab chiqarish xarajatlarining ko‘tarilishi hamda tashqi iqtisodiy sharoitlarning o‘zgarishi kabilar mavjud. Iqtisodchilar inflyatsiyani mo‘tadil va yuqori darajali shakllarga ajratib o‘rganadilar, chunki har bir turli sharoitda iqtisodiy o‘sish yoki inqirozga olib kelishi mumkin. Inflyatsiyaning iqtisodiyotga ta’siri murakkab va ko‘p qirrali bo‘lib, u aholi daromadlarining haqiqiy qiymatiga, investitsiyalar hajmiga, ishlab chiqarish va bandlik darajasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Mo‘tadil inflyatsiya investitsiyalarni rag‘batlantirib, iqtisodiy o‘sishga turtki berishi mumkin, biroq haddan tashqari yuqori inflyatsiya pulning qadrsizlanishiga, jamg‘armalarning kamayishiga va iqtisodiy beqarorlikka olib kelishi mumkin. Nobel mukofoti sovrindori Milton Fridman inflyatsiyani “har doim va hamma joyda pul-kredit hodisasi” deb ta’riflab, uning nazoratsiz o‘sishi iqtisodiy inqirozga sabab bo‘lishi mumkinligini ta’kidlagan. Tarixiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, turli mamlakatlar inflyatsiya bilan kurashishda turlicha strategiyalarni qo‘llaganlar. Masalan, Germaniyaning 1920-yillardagi giperenflyatsiya davrida narxlarning kun sayin oshib borishi iqtisodiy inqirozga olib 49 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-3 kelgan bo‘lsa, XX asr oxirida AQSh va Yevropa davlatlari inflyatsiyani markaziy bank siyosati orqali samarali boshqarishga muvaffaq bo‘lgan. Shu sababli, har bir davlat o‘z iqtisodiy sharoitiga mos inflyatsiya siyosatini ishlab chiqishi muhimdir. Ushbu maqolada inflyatsiyaning sabablari, uning iqtisodiy ta’siri va nazorat qilish usullari keng tahlil qilinadi. Inflyatsiya iqtisodiyotning ajralmas qismi bo‘lib, uni to‘g‘ri boshqarish barqaror rivojlanish uchun muhim shartlardan biri hisoblanadi. Asosiy qism 1. Inflyatsiyaning sabablari Inflyatsiya turli iqtisodiy va moliyaviy omillar ta’sirida yuzaga keladi. Uni keltirib chiqaruvchi asosiy omillar quyidagilardan iborat: Talab inflyatsiyasi – aholining tovar va xizmatlarga bo‘lgan talabining taklifdan ortib ketishi natijasida narxlarning oshishi. Bu ko‘pincha iqtisodiy o‘sish davrida, ish haqlarining oshishi yoki kredit siyosatining yumshatilishi natijasida yuzaga keladi. Taklif inflyatsiyasi – ishlab chiqarish xarajatlarining oshishi sababli narxlarning ko‘tarilishi. Masalan, energiya resurslari, xomashyo yoki ish haqlari qimmatlashganda ishlab chiqaruvchilar bu xarajatlarni iste’molchilarga yuklashadi. Pul massasining ko‘payishi – markaziy bank yoki hukumat tomonidan iqtisodiyotga ortiqcha pul chiqarilishi natijasida pulning qadrsizlanishi sodir bo‘ladi. Milton Fridman ta’kidlaganidek, inflyatsiya “har doim va hamma joyda monetar hodisa” hisoblanadi. Valyuta kursining pasayishi – milliy valyutaning xorijiy valyutalarga nisbatan qadrsizlanishi import qilinadigan tovarlar narxining oshishiga sabab bo‘lib, umumiy narxlar darajasiga ta’sir qiladi. Tashqi iqtisodiy omillar – global iqtisodiy inqirozlar, pandemiyalar yoki geosiyosiy mojarolar natijasida narxlarning keskin oshishi mumkin. Masalan, 2022-yilda Ukrainadagi urush energiya va oziq-ovqat narxlarining butun dunyo bo‘ylab oshishiga sabab bo‘ldi. 2. Inflyatsiyaning iqtisodiyotga ta’siri 50 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-3 Inflyatsiyaning ta’siri uning darajasiga va davomiyligiga bog‘liq. Mo‘tadil inflyatsiya iqtisodiy o‘sishga yordam berishi mumkin, biroq yuqori yoki beqaror inflyatsiya turli salbiy oqibatlarga olib keladi. Aholining real daromadlari pasayishi – inflyatsiya oshgan sari pulning sotib olish qobiliyati kamayadi. Agar ish haqlari inflyatsiya darajasidan past bo‘lsa, turmush darajasi pasayadi. Jamg‘armalar va investitsiyalarga ta’siri – inflyatsiya darajasi yuqori bo‘lsa, odamlar va kompaniyalar o‘z pullarini uzoq muddatli jamg‘arishdan ko‘ra, tezroq sarflashga harakat qiladilar. Bu esa investitsiyalar hajmining kamayishiga olib keladi. Kredit bozori va foiz stavkalari – inflyatsiya ortganda markaziy banklar foiz stavkalarini oshiradi, bu esa kredit

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada inflatsiyaning mohiyati, uning kelib chiqish sabablari va iqtisodiyotga ta’siri tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada inflatsiyaning mohiyati, uning kelib chiqish sabablari va iqtisodiyotga ta’siri tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
iqtisodiyotga siri, inflyatsiyaning sabablari, ishlab chiqarish, maqolada inflatsiyaning, uning iqtisodiy, uzoq muddatli, inflyatsiya iqtisodiyotning
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники