К содержанию
РецензированоUZ2024

QADRIYATLAR NAZARIYALARI ASOSIDA TALABALARNI MA'NAVIY AXLOQIY TARBIYALASHNING AMALIYOTDAGI HOLATI

Otaqulova Sitora Erkin qizi

Журнал универсальных научных исследований · 2024

Аннотация

Ushbu maqolada talaba yoshlarning ma'naviy axloqiy fazilatlarini rivojlantirish, shaxsiy va kasbiy ijtimoiylashivini ta'minlash, farovonlikka intilish omilining kuchayishi, pedagogik faoliyatlarini takomillashtirish chora-tadbirlari, ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash kõlamini kengaytirish usullari, sharq xalqlari tafakkuri, milliy qadriyatlarimiz, õrta asrlardagi siyosiy qadriyatlar keng maʼnoda yoritilgan. Kalit soʻzlar: Respublika, qadriyat, axloq-odob, faoliyat, ta'limiy- tarbiyaviy usullar, mutafakkirlar, maʼnaviyat, madaniya, tadqiqot, maqsad. Keyingi yillarda yurtimizda ta`lim tizimining barcha bõğinlarida jumladan umumiy o`rta ta`lim maktablari talabalarida milliy va umuminsoniy qadriyatlar nazariyalari asosida ularda ma`naviy axloqiy fazilatlarni shakllantirish hamda rivojlantirishning ijtimoiy shart-sharoitlarini vujudga keltirish, xususan umumiy o`rta ta`lim maktablari talabalarida qadriyatlar nazariyalari asosida ma`naviy axloqiy tarbiyalash xususida koʻplab tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. Chunki, hech kimga sir emas, globalizatsiya jarayonlari avj olgan bugungi kunda talaba-yoshlar oʻrtasida manaviy-axloqiy qadriyatlarni oʻzlashtirishga qiziqishning susayishi, va, aksincha, moddiy farovonlikka intilish omilining kuchayishi kuzatilmoqda. Mazkur oʻzgarishlar talabalarda pedagogik faoliyatga aksiologik munosabatni tarkib toptirishda oʻzining salbiy taʼsirini koʻrsatmoqda hamda egallangan mutaxassislikka doir kasbiy faoliyat bilan shugʻullanmaslikning ommalashuviga olib kelmoqda. Ushbu mamlakatimiz pedagogika oliy oʻquv yurtlaridagi bu sohadagi mavjud muammolar nuqtai nazaridan atroflicha yoritish ehtiyoji bu xususda yangicha yondashuvlar asosida tadqiqotlar olib borish zaruratini hamda mavzuning dolzarbligini belgilab beradi. 54 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-3 Talaba-yoshlarining ma`naviy axloqiy fazilatlarini rivojlantirish, ularning muvaffaqiyatli shaxsiy va kasbiy ijtimoiylashuvni taminlash uchun umumiy o`rta ta`lim maktablari talabalarida qadriyatlar nazariyalari asosida ma`naviy axloqiy tarbiyalashning samarali texnologiyalari, ko'makchi-kompyuterli tizim hamda pedagogik mexanizmlarini ishlab chiqish hozirgi zamonaviy jahon ijtimoiy pedagogika fanining eng samarali usullaridan ekanligi maʼlum. Shu tufayli talabalarda ma`naviy ma`rifiy jarayonga aksiologik munosabatni qaror toptirish, ma`naviy axloqiy kompetentlikning aksiologik komponentini takomillashtirish, o`z - oʻzini nazorat qilish, o`z - oʻzini tahlil qilish, o`z - oʻzini baholash ko`nikmalarini shakllantirish asosida talabalarda faoliyatining sifat koʻrsatkichlarini oshirish hamda bu yo'nalishlardagi ilgʻor jahon tajribasini tadqiqotlarda samarali qoʻllash ehtiyoji mavjuddir. Respublikamizda uzluksiz ta`lim tizimining barcha bõg`inlari jumladan, umumiy o`rta ta`lim maktablari talabalarida aksiologik munosabatni tarkib toptirish, ma`naviy axloqiy tarbiyalash, bilimlarini yuksaltirishga doir faoliyat bilan shugʻullanmaslikning oldini olish boʻyicha salmoqli tadqiqotlar amalga oshirildi. Shunday boʻlsa-da, milliy pedagogika fani oldida talim tizimining barcha bõg`inlari jumladan, umumiy o`rta ta`lim makatablari talabalarida qadriyatlar nazariyalari asosida ma`naviy axloqiy tarbiyalashni, milliy va umuminsoniy qadriyatlar tizimi va faoliyat motivlari asosida ma`naviy axloqiy tarbiyalashning aksiologik komponentiga doir mezon va koʻrsatkichlarni aniqlashtirish, aksiologik yondashuv asosida talabalarda badiiy adabiyotlarni oʻqishga yo'naltirilish, talabalarda qadriyatlar nazariyalari asosida ma`naviy axloqiy tarbiyalashning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish, refleksiv ta'sir koʻrsatish asosida talabalarda ma`naviy axloqiy tarbiyalashning kreativ texnologiyalarini ishlab chiqish kabi dolzarb muammolar turgani sir emas. Zero, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil uchun moʻljallangan eng muhim ustuvor vazifalar toʻgʻrisidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida ham birinchi navbatda amalga oshirilishi lozim bolgan ustuvor vazifalar qatorida ilm-fan va taʼlim, taʼlim va ijtimoiy-iqtisodiy hayot munosabatlariga alohida urgʻu berilganligi bejiz emas. Modomiki, taʼlim tizimining markazida inson kapitali, undan samarali foydalanish va maqsadli yoʻnaltirish turar ekan, bunda umumiy o`rta ta`lim maktablarining barcha manfaatdor tomonlari, taʼlim jarayonining barcha subektlari bilan yaxlit bir butunlikda bugungi kun talablari asosida tashkil etish hamda qadriyatlar 55 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-3 nazariyalari asosida talabalarni ma`naviy axloqiy tarbiyalashga erishish oldimizda turgan muhim vazifalardandir. Bugungi kunda mamlakatimizni yangilash va modernizatsiya qilish, uni innovatsion asosda rivojlantirish, oʻz oldimizga qoʻygan koʻp qirrali va murakkab vazifalarni amalga oshirish maqsadida biz zamonaviy va kreativ fikrlaydigan, har qanday vaziyatda ham masuliyatni oʻz zimmasiga olishga qodir bolgan, gʻayrat sh

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada talaba yoshlarning ma'naviy axloqiy fazilatlarini rivojlantirish, shaxsiy va kasbiy ijtimoiylashivini ta'minlash, farovonlikka intilish omilining kuchayishi, pedagogik faoliyatlarini takomillashtirish c…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada talaba yoshlarning ma'naviy axloqiy fazilatlarini rivojlantirish, shaxsiy va kasbiy ijtimoiylashivini ta'minlash, farovonlikka intilish omilining kuchayishi, pedagogik faoliyatlarini takomillashtirish c… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
axloq-odob, tadqiqot, maqsad., Respublika, mutafakkirlar, maʼnaviyat, faoliyat, madaniya, qadriyat, ta'limiy- tarbiyaviy usullar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники