Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANG‘ICH SINFDA ARIFMETIK AMALLARNI O‘RGATISHDA DIDAKTIK O‘YINLARNING O‘RNI VA AHAMIYATI
Ibragimova Nozima Ulug‘bekovna
Журнал универсальных научных исследований · 2024
Аннотация
This article talks about the role and importance of didactic games in teaching arithmetic operations in elementary school. Key words: Mathematics, student, teacher, arithmetic operations, didactic game, quality of education. Har tomonlama barkamol insonni shakllantirish bugungi jamiyatimiz oldida turgan dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Hozirgi maktab o‘rindiqlarida o‘tirgan yosh avlod ertaga bizning qo‘limizdan ishimizni oladigan, hayotimizni davom ettirib, o‘zidan keyingi avlodga yetgazuvchi vorislarimiz, O‘zbekiston buyuk kelajagining egalaridir. Barkamol avlod haqida so‘z borganda, milliy o‘quv dasturlari va o‘quv adabiyotlarini takomillashtirish. Umumta’lim tizimida ta’lim yo‘nalishlari va mutaxasisliklarini bugungi kun talabalari nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqish zarur. Shuningdek, o‘quv jarayoniga yangi axborot va pedagogik texnalogiyalarni keng joriy etish, bolalarimizni komil inson etib tarbiyalashda jonbozlik ko‘rsatadigan o‘qituvchilarga e’tiborimizni yanada oshirish, qisqacha aytganda, ta’lim tarbiya tizimini sifat jihatidan butunlay yangi bosqichga ko‘tarish diqqatimiz markazida bo‘lishi darkor. Shu sababli zamon talablariga to‘liq javob 60 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-3 bera oladigan pedagogik texnologiyalarni barcha fanlarga,xususan,matematika darslarida ham joriy qilish ishlari hozirgi davr talablaridan biridir. Ma’lumki maktab ostonasida ilk qadam qo‘ygan bolaning faoliyatda o‘yin asosiy o‘rinni egallaydi. O‘yin ularning eng sevimli mashg‘uloti bo‘lib, ular har qanday mashg‘ulotni o‘yin bilan uyg‘unlashtirishga harakat qilishadi. Shunday ekan o‘qituvchi o‘quvchi faoliyatidan ularning sevimli mashg‘uloti – o‘yinni siqib chiqarmasdan, undan maqsadga muvofiq foydalanish bilan ta’lim jarayonining samaradoligini oshirishi lozim. O‘yin bola hayotining ma’lum qismidir. O‘yin orqali bola atrof – muhit, tabiat hodisalari, manzaralar, buyumlar o‘simliklar hayvonlar dunyosi bilan aloqa o‘rnatadi. Didaktik o‘yin texnologiyalari amalga oshiriladigan ayrim noananaviy dars shakllari Formulalar darsi – o‘quvchilarning formulalarni puxta o‘zlashtirishlari bo‘yicha turli o‘yinlar shaklidagi mashqlar o‘tkazish darsi. Kim oshdi savdosi darsi – o‘quv fani ayrim bo‘limi bo‘yicha bilimlarni har bir o‘qituvchi qanchalik ko‘p bilishini namoyish etish darsi. Yarmarka darsi – dars mavzusini bo‘laklar bo‘yicha oldindan o‘zlashtirgan o‘quvchilarning o‘zaro muloqot asosida sinfga qiziqarli tushuntirish orqali o‘tiladigan dars. “Tergovni bilimdonlar olib boradi” darsi - dars mavzusini oldindan puxta o‘rgangan o‘quvchilar yordamida qiziqarli savol-javoblar, tahlillar asosida isbotlab tushuntirish mashqlari bo‘lib, bunda o‘quvchilar dars mavzusini o‘zlashtirib, eslab qolishlari uchun qulaylik yaratiladi. Integral (integratsiyalashgan) darsi - bir necha fanlarga oid integratsiyalash uchun qulay bo‘lgan mavzular bo‘yicha tashkil qilingan dars bo‘lib, o‘quvchilarning turli fanlarga qiziqishlarini ortirib, ta’lim jarayonidagi faolliklarini ta’minlaydi. Bunday darslar o‘quvchilarga fanlararo bog‘liqlikni o‘rgatish orqali ulardan olam tuzilishining ularning ilmiy asoslarini to‘liq idrok etish, ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish, ijodiy tafakkurlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. “Mo‘jizalar maydoni” darsi – o‘quvchilar bilan o‘tkaziladigan qiziqarli o‘yin bo‘lib, turli savollarga belgilangan vaqt davomida to‘g‘ri javoblar topish va g‘oliblarni 61 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-3 rag‘batlantirish orqali o‘quvchilarda fikrlash, topqirlik, ziyraklik va bilimlarini kengaytirib borish sifatlarini shakillantiradi. Didaktik o‘yinlarni amalda qo‘llash shart-sharoitlari Didaktik o‘yinlarni tanlashda ishtirokchilarning yoshi, bilimi va tarbiyalanganlik darajasi hisobga olinadi. Har bir didaktik o‘yin mashg‘ulotlariga o‘ziga xos xavfsizlik talablari qo‘yiladi. Bu xavfsizlik talablariga to‘liq rioya qilinishi har bir tashkilotchining doimiy e’tiborida bo‘lishi kerak. Bundan tashqari har bir didaktik o‘yin uchun sarflanadigan vaqt miqdorini to‘g‘ri belgilash va unga rioya qilishning o‘ziga xos asoslarini bilish va darsning maqsadiga muvofiq qo‘llash talab qilinadi. Boshlang‘ich sinflarda arifmetik amallarni o‘rgatishda quyida keltirilgan didaktik o‘yinlarni qo‘llash mumkin. “Jim” o‘yini Bunda o‘yinda sonlar yozilgan kartochkalar doskaga ilinadi.O‘yinning asosiy sharti barcha o‘quvchilar jim o‘tirishadi,hamda o‘yin shartiga ko‘ra,qo‘shish yoki ayirish amaliga ko‘ra natijalar qo‘yiladi. va kartochkalar ilingan joyga ularning qo‘shish yoki ayirish natijasida,2 yoki 12 yozilgan kartochkalarni qo‘yadilar. “Karra bilimdonlari” o‘yini Ushbu o‘yinni tashkil etishda turlicha tashkil etish mumkin.Yuqoridagi singari kartochlaradan foydalanish ham mumkin.Yoki o‘qituvchi tomonidan “ha” yoki “yo‘q” shaklida karra jadvali natijasi tekshirib boriladi. Masalan: 4*5=20 -ha 8*6=46 – yo‘q 5*7=35– ha 5*6=29 -yo‘q 9*4=36
Доказательный фрагмент
«This article talks about the role and importance of didactic games in teaching arithmetic operations in elementary school.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article talks about the role and importance of didactic games in teaching arithmetic operations in elementary school. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Mathematics, student, teacher, arithmetic operations, didactic game, o‘qituvchi, o‘quvchi, arifmetik amallar, ta’lim sifati., Matematika, didaktik o‘yin
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024