К содержанию
РецензированоRU2025

Отягчающие обстоятельства ответственности за незаконный оборот сильнодействующих или ядовитых веществ

Mirsaid KHAYDAROV

Общество и инновации · 6 · 537-542 · 2025

Аннотация

Ключевые слова: Данная статья посвящена отягчающим и особо сильнодействующее отягчающим составам преступления незаконного оборота вещество, сильнодействующих или ядовитых веществ. В ней ядовитое вещество, рассматриваются вопросы ответственности за совершение преступление, отягчающий состав данного преступления при отягчающих обстоятельствах. преступления, особо отягчающий состав, рецидив, опасный рецидив, крупный размер, особо крупный размер, зарубежный опыт. Keyingi yillarda mamlakatimizda giyohvandlik vositalarining, ular analoglarining va psixotrop moddalarning, shuningdek kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning qonunga xilof muomalasiga qarshi kurashish bo‘yicha tizimli choralar amalga oshirilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga giyohvandlik vositalarining, ular analoglarining yoki psixotrop moddalarning, shuningdek kuchli ta’sir qiluvchi va zaharli moddalarning qonunga xilof muomalasiga qarshi kurashishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ–971-son Qonuni [1] bilan ushbu turdagi jinoyatlarni sodir etganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi normalar takomillashtirildi. Jumladan, Jinoyat kodeksining kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi 2511-moddasi yangi tahrirda qabul qilindi va uning 3-qismida kuchli ta’sir qiluvchi yoxud zaharli moddalarni o‘tkazish maqsadida qonunga xilof ravishda tayyorlash, qayta ishlash, olish, saqlash, tashish yoki jo‘natish, xuddi shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritganlik) uchun, 4 va 5-qismlarida esa ushbu jinoyatni og‘irlashtiruvchi va alohida og‘irlashtiruvchi tarkiblari uchun javobgarlik nazarda tutildi. Biroq, ushbu normalarni amalda qo‘llash bilan bog‘liq sud-tergov amaliyotining tahlili, bu borada o‘z yechimini kutayotgan muammolar mavjudligini ko‘rsatmoqda. Jumladan, tahlil qilinayotgan moddaning 4-qismida ushbu jinoyatni takroran yoki bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etganlik, 5-qismida esa uyushgan guruh tomonidan yoki ko‘p miqdorda sodir etganlik uchun javobgarlik belgilanib, moddaning aynan bitta qismida jinoyatni kvalifikatsiyalovchi ham obyektiv, ham 538 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 02 (2025) / ISSN 2181-1415 subyektiv belgilar bandlarga ajratilmagan holda nazarda tutilganligi, Jinoyat kodeksining konstruksiyasiga zid hisoblanib, norma mazmunini tushunishda turli qarashlar shakllanishiga sabab bo‘lmoqda. Bu boradagi xorijiy tajriba o‘rganilganda, ayrim davlatlar jinoyat qonuni normalarida jinoyatni kvalifikatsiyalovchi obyektiv va subyektiv belgilar alohida bandlarda nazarda tutilganligini ko‘rishimiz mumkin. Xususan, Tojikiston Respublikasi Jinoyat kodeksining [2] 206-moddasi (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarning qonunga xilof muomalasi) 2-qismi “a” bandida moddaning 1-qismida nazarda tutilgan qilmishni bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, “b” bandida takroran sodir etganlik uchun, 3-qismi “a” bandida uyushgan guruh tomonidan, “b” bandida esa ko‘p miqdorda sodir etganlik uchun javobgarlik belgilangan bo‘lsa, Turkmaniston Respublikasi Jinoyat kodeksining [3] 302-moddasi (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarning qonunga xilof muomalasi) 2-qismi “a” bandida moddaning 1-qismida nazarda tutilgan qilmishni takroran sodir etganlik uchun, “b” bandida esa bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etganlik uchun javobgarlik belgilangan. Shuningdek, Armaniston Respublikasi Jinoyat kodeksining [4] 405-moddasi (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni o‘tkazish maqsadida noqonuniy aylanmasi) 2-qismi 1-bandida moddaning 1-qismida nazarda tutilgan qilmishni bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, 2-bandida ko‘p miqdorda sodir etganlik uchun, 3-qismida esa uyushgan guruh tomonidan sodir etganlik uchun, Gruziya Jinoyat kodeksining [5] 261-moddasi (psixotrop moddalar, ularning analoglari yoki kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, ishlab chiqarish, olish, saqlash, tashish, jo‘natish yoki o‘tkazish) 6-qismi “a” bandi moddaning 4 yoki 5-qismida ko‘rsatilgan qilmishni ko‘p miqdorda, “b” bandida bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etganlik uchun, 8-qismi “a” bandida juda ko‘p miqdorda, “b” bandida esa uyushgan guruh tomonidan sodir etganlik uchun javobgarlik nazarda tutilgan. Bundan tashqari, mutaxassislar bilan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra respondentlarning 88 foizi Jinoyat kodeksining 2511-moddasida nazarda tutilgan jinoyatning kvalifikatsiyalovchi obyektiv va subyektiv belgilarini alohida bandlarga o‘tkazish taklifini qo‘llab-quvvatlashgan. Agar shaxs Jinoyat kodeksini

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: Данная статья посвящена отягчающим и особо сильнодействующее отягчающим составам преступления незаконного оборота вещество, сильнодействующих или ядовитых веществ.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: Данная статья посвящена отягчающим и особо сильнодействующее отягчающим составам преступления незаконного оборота вещество, сильнодействующих или ядовитых веществ. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
potent substance, jinoyat, large quantity, особо отягчающий состав, foreign experience, сильнодействующее вещество, рецидив, alohida og‘irlashtiruvchi tarkib, опасный рецидив, особо крупный размер, particularly aggravating element, kuchli ta’sir qiluvchi modda, зарубежный опыт, xorijiy tajriba, xavfli retsidiv, toxic substance, ядовитое вещество, crime, отягчающий состав преступления, juda ko‘p miqdor, jinoyatning og‘irlashtiruvchi tarkibi, dangerous recidivism, крупный размер, very large quantity, zaharli modda, aggravating element of crime, ko‘p miqdor, recidivism, преступление, retsidiv
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники