К содержанию
РецензированоRU2025

Применение мер обязательного исполнения и ограничений в международной практике

Islombek INOMJONOV · Tajikistan, is conducted (Law Enforcement Academy of the Republic of Uzbekistan)

Общество и инновации · 6 · 483-487 · 2025

Аннотация

Ключевые слова: В данной статье анализируются применение мер Принудительное принудительного исполнения и ограничений в исполнение, международной практике, порядок исполнения судебных судебные акты, актов в различных странах и их формирование в международный опыт, государственное соответствии с национальной правовой системой. исполнение, Отмечается, что принудительное исполнение судебных частное исполнение, решений в мировом масштабе может осуществляться на смешанная модель, основе государственной, частной и смешанной систем. Министерство юстиции, Проведен сравнительный анализ систем принудительного Финляндия, страны СНГ, исполнения таких стран СНГ, как Узбекистан, Россия, исполнение судебных Кыргызстан, Таджикистан, раскрыты их органы решений. управления и принципы делопроизводства. Sud hujjatlarini ijro etish tartibi har bir davlatning huquqiy tizimiga mos ravishda shakllanadi. Dunyo miqyosida sud qarorlarini va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish uch xil model asosida amalga oshiriladi: davlat, xususiy va aralash (davlat- xususiy) tizimlar. Shu sababli, turli davlatlardagi majburiy ijro tizimining mavjud modellari, ularning afzalliklari va kamchiliklarini tahlil qilish muhim ahamiyatga ega. Har bir davlatda majburiy ijro tizimi o‘zining tarixiy shakllanish jarayoniga ega bo‘lib, u milliy huquqiy tizim va boshqaruv tamoyillariga mos ravishda rivojlangan. Masalan, O‘zbekistonda sud va boshqa organlar hujjatlarining ijrosini ta’minlash tizimi davlat nazorati ostida tashkil etilgan bo‘lib, u Mamlakat Bosh prokuraturasi huzurida faoliyat yurituvchi Majburiy ijro byurosi (MIB) tomonidan amalga oshiriladi. Bu jihatdan O‘zbekistonning majburiy ijro tizimi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo boshqa davlatlarnikidan farqlanadi, chunki ba’zi MDH mamlakatlarida ushbu vazifalar mustaqil davlat organlari yoki xususiy ijrochilar tomonidan bajariladi. Huquqshunos Sh. Aminovning fikriga ko‘ra, Markaziy Osiyo hududida tashkil topgan davlatlarda uzoq asrlar davomida sud qarorlarini ijro etish davlatning bevosita nazorati ostida amalga oshirilgan. XIX asrning oxirigacha ushbu jarayon mirshablar tomonidan bajarilgan bo‘lib, ular o‘z hududlarida qonun va tartibni saqlashga mas’ul bo‘lgan. Mirshablarning asosiy vazifalaridan biri nafaqat jinoyatlarni tergov qilish, balki nizolarni hal etishda sudya – qozilarning farmon va qarorlarini ijro etish bo‘lgan. Ular sud hujjatlarining bajarilishini ta’minlash bilan bir qatorda, jamoat xavfsizligini saqlash va huquqbuzarliklarning oldini olishda ham faol ishtirok etganlar. Shu sababli, tarixiy nuqtayi nazardan, sud qarorlarining ijrosi har doim davlat tomonidan nazorat qilingan jarayon bo‘lib kelgan. MDH a’zo davlatlarda majburiy ijro etish organlari oʻz hududining milliy qonunchilik xususiyatlari, an’analariga mos ravishda turli vakolatli organlar huzurida tashkil etilgan. Jumladan, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus Respublikalarida hamda Rossiya Federasiyasida sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish organi Adliya vazirligi huzurida tashkil etilgan boʻlib, ushbu davlatlar hududlarida Adliya vazirligi ijro organlari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqadi, ular faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda nazoratini amalga oshiradi. Shuningdek, taalluqlilik qoidalariga koʻra qonun bilan oʻz vakolatiga kiritilgan boshqa vazifalarni amalga oshiradi. 484 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 02 (2025) / ISSN 2181-1415 Rossiya Federatsiyasida ayrim ijro harakatlari faqat sud sanksiyasi asosida amalga oshiriladi va bu jarayon manfaatdor shaxslarning arizalariga asosan davlat sudlari tomonidan nazorat qilinadi. Ya’ni, ijro jarayonining qonuniyligi va adolatliligi ustidan sudlarning doimiy nazorati mavjud bo‘lib, fuqarolarning huquqlari himoya qilinishiga alohida e’tibor qaratiladi. Qirg‘iziston Respublikasida esa qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining o‘z vaqtida va majburiy ijro etilishini ta’minlash Oliy sud huzuridagi Sud ijrochilar xizmati tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu xizmat sud ijrochilari va sud pristavlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi. Shunday qilib, Qirg‘iziston majburiy ijro tizimida sud hujjatlarining to‘liq bajarilishi maxsus davlat organi tomonidan kafolatlanadi. Yuqorida sanab oʻtilgan davlatlar hududidagi ijro etuvchi organlardan farqli oʻlaroq, Tojikiston Respublikasida sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish Hukumat huzuridagi Ijro xizmati tomonidan amalga oshiriladi. Ijro ishi yurituvi Hukumat huzurida tashkil etilishiga Tojikiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi Farmoni asos solgan boʻlib, mazkur yoʻnalishda muhim institusional oʻzgarishlar amalga oshirilgan. Bu esa, nazarimizda Tojikiston Respublikasi Hukumat raisi Prezident hisoblanganligi bois, Ijro xizmatini nufuzi va javobgarlik darajasi yanada oshishiga sabab boʻlgan. Tojikiston Respublikasi Hukumat huzuridagi Ijro xizmati ijro

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В данной статье анализируются применение мер Принудительное принудительного исполнения и ограничений в исполнение, международной практике, порядок исполнения судебных судебные акты, актов в различных с…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В данной статье анализируются применение мер Принудительное принудительного исполнения и ограничений в исполнение, международной практике, порядок исполнения судебных судебные акты, актов в различных с… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Enforcement, Uzbekistan, Russia, Kyrgyzstan, and Tajikistan, is conducted, CIS countries, xususiy ijro, international experience, court decisions, частное исполнение, aralash model, Adliya vazirligi, Finland, xalqaro tajriba, davlat ijrosi, Finlyandiya, международный опыт, Министерство юстиции, Принудительное исполнение, state enforcement, sud qarorlarining ijrosi, court ruling enforcement, Ministry of Justice, судебные акты, mixed model, MDH davlatlari, Majburiy ijro, государственное исполнение, Финляндия, private enforcement, страны СНГ, исполнение судебных решений, sud hujjatlari, смешанная модель
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники