К содержанию
РецензированоRU2025

Анализ концептуальных взглядов на развитие понятия политической модернизации

Furkat ANORBOEV

Общество и инновации · 6 · 437-442 · 2025

Аннотация

Ключевые слова: В статье рассмотрены концептуальные подходы к модернизация, понятию политической модернизации, роль политических политика, институтов в этом процессе, их влияние на развитие политическое сознание, государственного управления и формирование активных политический уровень, политический, граждан, а также политический анализ социальных социальный, изменений в обществе и их социальное, политическое и политические институты, духовное значение с научной точки зрения. современное общество, политическое мышление, идея, гармония. Siyosiy tizimning barqarorligi har qanday davlat boshqaruvining asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi. Unga ta’sir etuvchi omillardan biri siyosiy modernizatsiya hisoblanadi. Siyosiy fanlarda ushbu tushuncha muhim kategoriya hisoblanadi. Siyosiy modernizatsiya deganda noan’anaviy siyosiy tizimning jamiyatdagi o‘zgarishlarga muvaffaqiyatli moslashishi sifatida ta’riflash mumkin. Bunda hokimiyatni ratsionalizatsiya qilish, yangi siyosiy funksiyalarni differensiallashtirish hamda bu funksiyalarni bajarish uchun ixtisoslashgan tuzilmalarni ishlab chiqish va ommaviy ishtirok etish kiradi. Shuningdek, zamonaviy bo‘lmagan siyosiy tizimning post-an’anaviy zamonaviy siyosiy tuzumga chuqur o‘zgarishini ham ko‘rsatishi mumkin. Siyosiy modernizatsiya davlat boshqaruvi, fuqarolik jamiyati, demokratiya va inson huquqlari sohalaridagi o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi. Bu jarayonning asosiy maqsadi davlat tizimini samarali, adolatli va barqaror qilishdir. Bunday jarayonlarning o‘rganilishi, ayniqsa, XX va XXI asrda o‘zgargan siyosiy real jarayonlarni tahlil qilishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Siyosiy modernizatsiya o‘zgarishlari bir qator omillar bilan bog‘liq bo‘lib, ularga ijtimoiy, madaniy, iqtisodiy va texnologik rivojlanish, shuningdek, xalqaro siyosiy jarayonlarga ta’sir qiluvchi omillar kiradi. Har bir mamlakatning siyosiy tizimi o‘zining tarixiy rivojlanish yo‘li, ijtimoiy strukturasi va madaniy xususiyatlariga qarab farq qiladi, shuning uchun siyosiy modernizatsiya jarayoni har bir davlatda alohida amalga oshiriladi. Bugungi kunda siyosiy modernizatsiya jarayoni, ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlarda siyosiy islohotlar va yangi institutlar yaratishni talab qiladi. Bunda ko‘pincha demokratik tuzumlarni rivojlantirish, korrupsiyaga qarshi kurashish, inson huquqlari va fuqarolik erkinliklarini ta’minlash kabi muhim elementlarni o‘z ichiga oladi. Siyosiy modernizatsiya jarayonining muvaffaqiyati va samaradorligi ko‘plab omillarga, jumladan, xalqaro siyosat, iqtisodiy barqarorlik va ijtimoiy barqarorlikka bog‘liq. Bu jarayon V. Starostin tomonidan qayd etib o‘tilgan bo‘lib, unga ko‘ra, modernizatsiyaning maqsadi va ma’nosi faqat iqtisodiy o‘sishdan emas, balki texnologik madaniyat, boshqaruv madaniyati, siyosiy va ijtimoiy madaniyatlarni o‘z ichiga oluvchi ijtimoiy madaniyat taraqqiyotining ma’lum darajasiga erishishdan iboratdir. 438 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 02 (2025) / ISSN 2181-1415 Shu o‘rinda, siyosiy modernizatsiya jarayonidagi o‘zgarishlarni tahlil qilish, ularning qanday qilib davlat boshqaruvini, fuqarolik jamiyatini va ijtimoiy tuzilmalarni o‘zgartirishga olib kelganini o‘rganish zarur. Bunda davlatlar o‘rtasidagi farqlar, ularning siyosiy tizimlari, tarixiy yo‘llarini va xalqning modernizatsiya jarayoniga bo‘lgan qarashlarini inobatga olish muhim sanaladi. Siyosiy modernizatsiya jarayonining tahlili orqali uning muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz amalga oshirilgan holatlarini, shuningdek, bu jarayonlarning davlat va jamiyat uchun qanchalik samarali bo‘lishi mumkinligini aniqlashga erishish mumkin. Bu o‘zgarishlar, ayniqsa, demokratiya va siyosiy islohotlar sohasida, jamiyatda kuchli fuqarolik idorasini shakllantirish va siyosiy institutlarning ishonchliligini ta’minlashga qaratilgan muhim ahamiyatga ega. Siyosiy modernizatsiya jarayoni jamiyatning siyosiy tuzilmalari, institutlari va amaliyotlarida sezilarli o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi. Chunki u yanada murakkab va o‘zaro bog‘langan dunyo talablariga moslashib boradi. Bu o‘zgarishlar odatda iqtisodiy rivojlanish, ijtimoiy o‘zgarishlar, madaniy siljishlar va texnologik taraqqiyot kuchlari bilan ta’minlanadi. Siyosiy modernizatsiya ko‘pincha demokratik boshqaruvga o‘tish bilan bog‘liq bo‘lsa-da, turli sharoitlarda turli yo‘llarni bosib o‘tishi mumkin bo‘lgan ko‘p qirrali va chiziqli bo‘lmagan jarayon hisoblandi. Siyosiy modernizatsiyaning asosiy omillari iqtisodiy va ijtimoiy o‘zgarishlarda yotadi. Iqtisodiy rivojlanish, xususan, sanoatlashtirish, urbanizatsiya va o‘rta sinfning o‘sishi an’anaviy siyosiy tuzilmalarga tez-tez qarshilik ko‘rsatadigan yangi ijtimoiy dinamikani keltirib chiqaradi. Jamiyatlar sanoatlashgani sari, e’tibor ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hayotning tobora murakkablashib borayotganini boshqarish uchun yanada uyushgan va samarali boshqaruv tizimlariga bo‘lgan ehtiyojga qaratiladi. Bular zamonaviy iqtisodiyot talablariga javob bera oladigan v

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В статье рассмотрены концептуальные подходы к модернизация, понятию политической модернизации, роль политических политика, институтов в этом процессе, их влияние на развитие политическое сознание, госу…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В статье рассмотрены концептуальные подходы к модернизация, понятию политической модернизации, роль политических политика, институтов в этом процессе, их влияние на развитие политическое сознание, госу… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
DOI: https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss2/S-pp437-442, современное общество, political thinking, ijtimoiy, political institutions, modernization, political level, социальный, политическое сознание, zamonaviy jamiyat, g‘oya, гармония, mutanosiblik, modernizatsiya, siyosat, political consciousness, harmony, политические институты, idea, siyosiy tafakkur, social, siyosiy saviya, идея, политика, politics, modern society, политический, политическое мышление, политический уровень, модернизация, siyosiy, siyosiy institutlar, political, siyosiy ong
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники