К содержанию
РецензированоRU2025

Актуальность вопросов защиты предпринимательства в цифровой торговле

E’zoza RAZZAKOVA · March -/© in Science LLC. (Tashkent State University of Law)

Общество и инновации · 6 · 417-422 · 2025

Аннотация

Ключевые слова: В данной статье рассматриваются проблемы защиты цифровая торговля, прав предпринимателей в цифровой торговле и электронная коммерция, существующие правовые механизмы их решения. правовая защита, Обсуждаются правовые вопросы, связанные с бурным конкурентное право, интеллектуальная развитием электронной торговли, нарушением собственность, конкуренции, договорными правами и защитой электронный контракт. интеллектуальной собственности. So‘ngi yillarda butun dunyo bo‘ylab raqamli iqtisod shiddat bilan rivojlandiki, bu barcha sohalarga o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmadi. Ayniqsa, pandemiya davridan so‘ng elektron tijoratga talab ortdi. Huquqshunoslar oldida esa, birmuncha yangi bo‘lgan raqamli bozorlarda nafaqat iste’molchilar, balki tadbirkorlarning ham huquqlarini himoya qilish masalalari turar edi. Raqamli bozorlarda tadbirkorlarning huquqlari qay yo‘llar bilan cheklanishi mumkinligini ko‘rib chiqishdan avval, elektron tijorat atamasiga qonunda qanday ta’rif berilganligiga to‘xtalib o‘tamiz. Elektron tijorat – tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) tadbirkorlik faoliyati doirasida axborot tizimlaridan foydalangan holda elektron savdo maydonchasi orqali tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladigan oldi-sotdisi. Demak, yuqoridagi fikrlardan shu anglashiladiki, elektron tijorat bu elektron savdo maydonchalari orqali amalga oshiriladigan savdo-sotiq ishlari ekan. Elektron savdo maydonchasi – tovarlar (ishlar, xizmatlar) oldi-sotdisini masofadan turib amalga oshirish imkonini beruvchi axborot tizimi. Yuqorida elektron tijorat tushunchasiga ta’rif berib o‘tdik, endi nega aynan raqamli bozorlarda tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish ayni kunlarda dolzarb masala ekanligini yoritib o‘tamiz. Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 67-moddasida quyidagi fikrlar keltirilgan. Davlat qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini ta’minlaydi. Tadbirkorlar qonunchilikka muvofiq har qanday faoliyatni amalga oshirishga va o‘z faoliyati yo‘nalishlarini mustaqil ravishda tanlashga haqli. O‘zbekiston Respublikasi hududida iqtisodiy makon birligi, tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy mablag‘larning erkin harakatlanishi kafolatlanadi. Monopol faoliyat qonun bilan tartibga solinadi va cheklanadi. Demakki, tadbirkorlarning huquqlari konstitutsiya darajasida himoya qilinadi va monopol faoliyat qonun bilan qo‘riqlanadi, biroq raqamli bozorlarda tadbirkorlarga nisbatan ularning raqobat, fuqarolik shartnomaviy hamda intellektual mulk huquqlari buzilish holatlari mavjud bo‘lganligi uchun ham, ularning huquqlarini himoya qilish dolzarbligi bois, bosh qomusimiz tarkibiga ushbu modda kiritilgan. Shu bilan bir qatorda konstitutsiyaning 65-moddasi ham mavzu dolzarbligini yaqqol misoli. Fuqarolar farovonligini oshirishga qaratilgan O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat bozor munosabatlarini rivojlantirish va halol raqobat uchun shart-sharoitlar yaratadi, iste’molchilarning huquqlari ustuvorligini hisobga olgan holda iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini kafolatlaydi. Tadbirkorlar va iste’molchilar huquqlari konstitutsion darajada himoya qilinadi va bu zamon bilan hamnafaslik belgisidir. 418 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 02 (2025) / ISSN 2181-1415 Shu bilan bir qatorda Prezidentimiz tomonidan tashabbus qilingan “Raqamli iqtisodiyot – 2030” strategiyasining negizi ham iqtisodning barcha sohalarini raqamli platformalarda rivojlantirish sanaladi. Bundan shu anglashiladiki, endi avvalgidan-da tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilishga ehtiyoj ulkan, sababi an’anaviy bozorlarning geografik chegaralari barchaga ma’lum va uni tasarruf etish, undagi qonundan chetlanishlarni oldini olish bir muncha oson edi, biroq raqamli bozorlarning chegaralari ulkan u bir paytda davlatning ichki qonuni bilan qo‘riqlanibgina qolmay, transchegaraviy huquqlarga murojaat etishi barchamizga ma’lum. Shu boisdan, 2022-yil mamlakatimizda “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri, 2023-yilda “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri qabul qilindi. Shuningdek, 2024-yilda qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining 256-son qarorining 2-ilovasi ham raqamli bozorlarda tadbirkorlik subyektlari huquq va manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. “Raqamli platforma operatorining ustun mavqeyini va ustun muzokara kuchini e’tirof etish hamda raqobatning cheklanishiga va (yoki) iste’molchilarning, boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kamsitishga olib keladigan harakatlarni aniqlash tartibi to‘g‘risida”gi nizom nizomning nomi ham elektron tijoratda subyektlar huquqlarini himoya qilishga qaratilganligini isbotlab turibdi. Demak, yuqoridagi dolzarblik masalalarini ketma-ketlab quyidagicha ko‘rsatish mumkin: 1. Elektron tijoratning jadal rivoji va huquqiy nizolar ortishi: Elektron tijorat dunyo bo‘ylab jadal rivojlanib, global

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В данной статье рассматриваются проблемы защиты цифровая торговля, прав предпринимателей в цифровой торговле и электронная коммерция, существующие правовые механизмы их решения.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В данной статье рассматриваются проблемы защиты цифровая торговля, прав предпринимателей в цифровой торговле и электронная коммерция, существующие правовые механизмы их решения. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
This is an open access article under the Attribution 4.0 International, elektron tijorat, правовая защита, legal protection, raqobat huquqi, электронная коммерция, intellectual property, intellektual mulk, конкурентное право, huquqiy himoya, интеллектуальная собственность, цифровая торговля, competition law, electronic contract, электронный контракт, raqamli tijorat, e-commerce, elektron shartnoma, Digital commerce
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники