Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Лексико-семантические особенности терминов, используемых в ходе предварительного следствия и судебного процесса
Fotima ALTINOVA · Shokhrukhbek MIRZAJONOV
Общество и инновации · 6 · 228-233 · 2025
Аннотация
Ключевые слова: В данной статье исследуются лексико-семантические государственный язык, особенности лексических единиц, используемых в судебно- правотворчество, следственных процессах, а также роль русских и узбекский язык, интернациональных моделей в современном юридический перевод, юридическая переводоведении. Кроме того, представлены научные терминология. предложения и рекомендации по терминологии, встречающейся в законах и законодательных актах, лингвистическим проблемам в правотворчестве и судебно- следственной практике, а также способам их устранения. Подчеркивается необходимость сохранения единообразия и стабильности терминов, усиления сотрудничества между юристами и лингвистами в упрощении и совершенствовании текстов законов. Ma’lumki, har bir soha o‘z leksik qatlam va atamalariga ega. Chunki sohadagi birliklar ma’lum tushunchalarni anglatadi va funksional uslublarda ish ko‘radi. Har qanday funksional uslub ma’lum bir adabiy til doirasida ish ko‘radi.Bu funksional uslublar adabiy til doirasida ish ko‘rsa-da, adabiy tilda mavjud bo‘lgan barcha til vositalarini o‘zida to‘la aks ettira olmaydi, til vositalarining ayrim tomonlarinigina o‘zida mujassamlashtirishi yoki ayrim tomonlarini umuman ifodalay olmasligi mumkin. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, “Adolat va qonun ustuvorligi – xalqchil davlat qurish, inson qadr-qimmatini ta’minlashning eng asosiy va zarur shartidir. O‘tgan davrda O‘zbekistonda bu borada katta ishlar amalga oshirildi. Ayni vaqtda odil sudlov tizimining chinakam mustaqilligi va ochiqligini ta’minlash, huquq-tartibot organlari faoliyatini takomillashtirish, advokatura institutini kuchaytirish, ushbu sohalar faoliyatini raqamlashtirish bo‘yicha oldimizda ko‘pgina vazifalar turibdi”. [1] Qonun tili ham rasmiy ish uslubining asosi sifatida leksik-semantik jihatidan o‘ziga xos xususiyatlarga egadir. Unda qat’iylik, xolislik, rasmiylik, aniqlik va lo‘ndalik, qisqalik va mantiqiy izchillik, shaxssizlik xususiyatlari uning asosiy belgilari sanaladi. Qonun va qonunosti hujjatlarida foydalaniladigan atamalar, asosan o‘z ma’nosida qo‘llaniladi. Dastlab qonun loyihasi O‘zbekiston Respublikasi huzuridagi Atamalar qo‘mitasiga, so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Til va adabiyot institutiga ekspertiza uchun jo‘natiladi va bu yerda tilshunoslar tomonidan muhokamadan o‘tkaziladi va xulosalar Parlament a’zolariga taqdim etiladi. Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev sud-tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. [2] Hujjatda, jumladan, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan fuqarolarni qiynash, ularga nisbatan shafqatsiz va kamsituvchi muomalada bo‘lish, ushlangan shaxsning huquqlarini poymol qilishning oldini olishga alohida urg‘u qaratildi. Qonun matnlarida atamalarni qo‘llashga doir eng muhim talablardan yana biri terminlar birligi, yaxlitligi va barqarorligini saqlash prinsipidir. Prokuratura, Ichki ishlar organlari va Davlat xavfsizlik xizmati tergovchilari tomonidan olib boriladigan tergov 229 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 02 (2025) / ISSN 2181-1415 jarayonlarida so‘z tanlash, zarur so‘zni boshqa ma’nodagi so‘zlar qatoridan ajratib olish muhim ahamiyatga ega. So‘zlarni nutqning turiga, nutqning kimga atalganiga va maqsadiga ko‘ra tanlash lozim: huquqshunos-publitsist nutq uchun siyosiy-falsafiy ruhdagi o‘tkir, ta’sirchan so‘zlar, ilmiy nutq uchun termin xarakteridagi atama so‘zlar, badiiy nutq uchun esa badiiylik bo‘yog‘iga ega bo‘lgan, obrazlilikka xizmat qiladigan so‘zlardan foydalanadi. Rasmiy nutqning turli hujjatlar ko‘rinishlaridagi til xususiyatlari ham bir-biridan birmuncha farq qiladi. [3] Tanlangan so‘z adabiy nutqqa xos, nutq madaniyati me’yorlari doirasida bo‘lishi lozim, chunki har qanday nutq – tarbiyalovchi omil, u eshituvchi va o‘quvchilarda to‘g‘ri so‘zlash va to‘g‘ri yozish ko‘nikmalarini, savodxonlikni tarbiyalaydi. Davlatimizda bugungi kunda islohotlar keng qamrovda olib borilayotgan sharoitda qonunlar tili va uslubi, huquq terminologiyasi muammolari hamda zamonaviy yuristning nutq madaniyati masalalari muhim ahamiyat kasb etmoqda. Har qanday turdagi islohotlar qonunlarni o‘zgartirmasdan amalga oshirilmaydi, bu esa o‘z-o‘zidan, yangi- yangi til birliklarining rivoj topishi uchun zamin hozirlaydi. Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 18-fevralda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlari himoya qilinishini ta’minlash bilan bog‘liq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunida ko‘plab atamalar ma’no jihatidan istisno holatlari kelib chiqqani uchun ularning ma’nodoshlariga almashtirilgan. [4] Dastlabki tergov va sud jarayonida foydalaniladigan atamalar va ulaning qonunosti hujjatlarida qanday ma’nolarni anglatishini ko‘rib chiqamiz. Dastlabki tergov – sudgacha tergov yoʻli bilan dalil toʻplash. Dastlabki tergov davomi
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В данной статье исследуются лексико-семантические государственный язык, особенности лексических единиц, используемых в судебно- правотворчество, следственных процессах, а также роль русских и узбекский…»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В данной статье исследуются лексико-семантические государственный язык, особенности лексических единиц, используемых в судебно- правотворчество, следственных процессах, а также роль русских и узбекский… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- State language, importance of maintaining consistency and stability in, узбекский язык, юридический перевод, xolislik, Uzbek language, qonun tarjimashunosligi, surishtiruv, правотворчество, государственный язык, tergov harakati, legal translation, law-making, lingvokriminolingvistika, sud lingvistikasi, юридическая терминология, legal terminology, leksema
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025