Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Понятие и коллизионные вопросы алиментных отношений, осложненных иностранным элементом
Gavhar KHOLIKOVA
Общество и инновации · 6 · 148-154 · 2025
Аннотация
Ключевые слова: В статье анализируется понятие алиментных алименты, отношений, осложненных иностранным элементом. трансграничные Исследованы вопросы коллизионного регулирования алименты, алиментных обязательств, осложненных иностранным международная конвенция, элементом. Освещены аспекты регулирования алиментных размер алиментов, отношений, осложненных иностранным элементом, иностранный элемент. в международном частном праве. Изучены проблемы, связанные с трансграничными алиментными отношениями, приведены причины их возникновения. Рассмотрены международные документы по регулированию алиментных отношений, осложненных иностранным элементом. Chet el elementi bilan murakkablashgan aliment munosabatlari – bu zamonaviy oilaviy huquqning o‘ziga xos, murakkab va dolzarb masalalaridan biridir. Bugungi kunda globalizatsiya jarayonlari, migratsiya va transmilliy aloqalar rivojlanishi bilan aliment masalalari nafaqat ichki qonunchilik, balki xalqaro huquqni ham qamrab olishga majbur bo‘lmoqda. Chet el elementiga ega bo‘lgan aliment munosabatlari, ya’ni aliment to‘lash va olishning transmilliy muammolari, mamlakatlar o‘rtasidagi farqlarni, ularning huquqiy tizimlari o‘rtasidagi kolliziyalarni o‘rganishni taqozo etadi. Aliment munosabatlari nafaqat o‘z davlatida, balki boshqa davlatlar bilan ham bog‘liq bo‘lgan vaziyatlarda juda murakkablashadi. Shunday qilib, chet el elementi mavjud bo‘lgan aliment munosabatlari, xalqaro shartnomalar, ixtilofli huquq tizimlari va muqobil yondashuvlarni talab qiladi. Xalqaro huquq, ayniqsa, aliment to‘lash va olish bo‘yicha o‘zaro yordamni tartibga soluvchi ko‘plab konvensiyalarni o‘z ichiga oladi. Ammo, bu qonunlar va shartnomalar amaliyotda ba’zan samarali ishlamaydi, chunki turli mamlakatlarning huquqiy tizimlari o‘rtasida farqlar mavjud Agar aliment majburiyatlari ta’rifiga yanada aniqroq, zamonaviy tushuncha nuqtai nazaridan yondashadigan bo‘lsak, “bu qonunda nazarda tutilgan yuridik faktlar: taraflarning kelishuvi yoki sud qarori asosida yuzaga keladigan huquqiy munosabatlar bo‘lib, unga ko‘ra oilaning ayrim a’zolari uning boshqa a’zolariga ta’minot berishlari shart, keyingilar esa buni talab qilish huquqiga egadirlar”. Bugungi kunda xalqaro elementlar bilan murakkablashgan aliment huquqiy munosabatlarini tartibga solish muammosi tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Zamonaviy dunyo oilaviy munosabatlarning murakkabligi bilan ajralib turadi. Bolalar va ota-onalar turli mamlakatlarda yashaydigan, shuningdek, ajrashgan er-xotin o‘rtasida boshqa davlat hududida bo‘lgan bolalarga ta’minot berish bo‘yicha aliment majburiyatlari masalasi yuzaga keladigan hollar tez-tez uchraydi. Shu sababli, ushbu tadqiqotning maqsadi – chet el elementi bilan murakkablashgan aliment munosabatlari tushunchasini o‘rganish va bu sohadagi kollizion masalalarni tahlil qilishdir. Tadqiqotda, aliment to‘lash va olishdagi muammolarni, xalqarodagi huquqiy yondashuvlar, shuningdek, amaliy muammolarni yechish uchun zarur bo‘lgan mexanizmlar, shartnomalar va qonunlar o‘rganiladi. 149 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 02 (2025) / ISSN 2181-1415 Chet el elementi bilan murakkablashgan aliment munosabatlari tahliliga o‘tishdan avval aliment tushunchasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, aliment – bu fuqarolarning o‘zaro ijtimoiy va huquqiy majburiyatlaridan biri bo‘lib, ko‘pincha oilaviy huquq doirasida talqin etiladi. Odatda aliment to‘lash majburiyati, turmush o‘rtog‘ining ajralishi, ota- onaning farzandlariga bo‘lgan qarzlari yoki voyaga yetmagan bolalarga bo‘lgan ta’minot sifatida yuzaga keladi. Alimentning maqsadi, uning oluvchisi (odatda farzand yoki ota- ona, ajrashgan turmush o‘rtog‘i) ga moliyaviy holatini ta’minlash, hayotiy ehtiyojlarini qoplashga yordam berishdir. Chet el elementi – bu aliment munosabatlariga taalluqli bo‘lgan vaziyatda bir yoki bir nechta tomonlarning chet elda yashashini anglatadi. Masalan, aliment to‘lovchisi yoki oluvchisi boshqa mamlakatda yashashi yoki taraflardan biri chet el fuqarosi bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda aliment to‘lash yoki olish bo‘yicha mavjud me’yorlarni aniqlash, tegishli qonunlarni aniqlash va tanlash juda murakkab bo‘ladi. Davlatlarning ichki qonunchiliklari o‘rtasida hech qanday farq bo‘lmasa, chet el elementi bilan huquqiy munosabat yuzaga kelganda kollizion muammo vujudga kelmaydi. Ushbu holat, mazkur munosabatda chet el elementi mavjudligiga qaramay, uni tartibga solish uchun xalqaro xususiy huquq normalariga murojaat qilish zaruratini istisno etadi. Shu sababli, chet el elementi bilan murakkablashgan xususiy huquqiy munosabatlarning xalqaro xususiy huquq doirasiga kiritilishiga sabab bo‘luvchi yana bir omil turli mamlakatlar qonunchiligidagi farqlardir. G.Yu. Fedoseeva o‘rinli ta’kidlaganidek, chet el elementining nikoh-oila munosabatlarida mavjudligi ularning nikoh-oila munosabatlari sifatidagi tavsifini o‘zgartirmaydi, aksincha qo‘llaniladigan huquqni tanlash muammosini o‘rganish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Bu e
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В статье анализируется понятие алиментных алименты, отношений, осложненных иностранным элементом.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В статье анализируется понятие алиментных алименты, отношений, осложненных иностранным элементом. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- alimony, foreign element are also examined, трансграничные алименты, international convention, xorijiy element, международная конвенция, xalqaro konvensiya, alimony amount, transchegaraviy aliment, алименты, размер алиментов, cross-border alimony, foreign element, иностранный элемент, aliment miqdori, aliment
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025