Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Правовые средства защиты детей от атак вредной информации: сравнительно-правовой анализ опыта европейских государств
Marjona JUMANAZAROVA
Общество и инновации · 6 · 189-196 · 2025
Аннотация
Ключевые слова: В статье представлен всесторонний сравнительно- права детей, правовой анализ существующих систем правовой защиты вредная информация, детей от вредоносной информации в европейских информационная государствах. Рассмотрены правовые и безопасность, европейский опыт, институциональные механизмы защиты молодежи от правовая защита, вредной информации в Германии на основе закона онлайн-безопасность. «Jugendschutzgesetz», а также механизмы, предусмотренные законопроектами Великобритании «Online Safety Bill» и «Age Appropriate Design Code» для обеспечения онлайн-безопасности детей. Также проанализированы правовые подходы Франции на основе Уголовного кодекса (Code pénal) и Кодекса об образовании (Code de l’éducation), направленные на защиту несовершеннолетних от вредного контента. В статье представлены общие стандарты защиты несовершеннолетних от вредной информации, предусмотренные Директивой ЕС об аудиовизуальных медиауслугах (AVMSD). На основе проведённого анализа зарубежного опыта предложены конкретные рекомендации по совершенствованию законодательства Республики Узбекистан. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi insoniyat uchun yangi imkoniyatlar yaratish bilan bir qatorda, yosh avlodning xavfsiz rivojlanishi uchun jiddiy xavflarni ham yuzaga keltirmoqda. Ayniqsa, internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilayotgan zararli axborot bolalarning psixologik, jismoniy va axloqiy sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu sababli, bolalarni zararli axborotdan himoyalash uchun samarali huquqiy vositalarni ishlab chiqish va tatbiq etish dolzarb ilmiy va amaliy vazifa 190 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 02 (2025) / ISSN 2181-1415 hisoblanadi. Yevropa davlatlari bu sohada ilg‘or tajribaga ega bo‘lib, ularning huquqiy yondashuvlarini qiyosiy-huquqiy jihatdan tahlil qilish orqali umumiy tendensiyalarni aniqlash va milliy qonunchilik tizimini yanada takomillashtirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur maqolada Yevropa davlatlarining bolalarni zararli axborotdan himoyalash borasidagi huquqiy tajribasi ilmiy va qonunchilik manbalari asosida tahlil qilinadi. Zararli axborot tushunchasi zamonaviy huquqshunoslikda tobora ko‘proq muhokama qilinayotgan mavzulardan biridir. Ushbu tushuncha mazmunan juda keng bo‘lib, turli davlatlarning qonunchilik tizimlarida o‘ziga xos tarzda talqin etiladi. Huquqiy nuqtai nazardan zararli axborot deb, odatda, bolalarning jismoniy, psixologik yoki axloqiy rivojlanishiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan axborot tushuniladi. Masalan, Rossiya Federatsiyasi qonunchiligida zararli axborot tushunchasi “Bolalarni ularning salomatligi va rivojlanishiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoyalash to‘g‘risida”gi Federal qonunda belgilangan bo‘lib, unda zararli axborot turli toifalarga ajratilgan (Федеральный закон от 29 декабря 2010 г. №436-ФЗ). Mazkur qonunga ko‘ra, zararli axborotning asosiy belgilariga zo‘ravonlikni targ‘ib qilish, giyohvandlik va alkogolni iste’mol qilishni targ‘ib qilish, pornografik va jinsiy ekspluatatsiyani aks ettiruvchi materiallar, o‘z joniga qasd qilishni rag‘batlantirish va boshqa shunga o‘xshash xavfli tarkiblar kiradi. Germaniya qonun hujjatlarida esa, zararli axborot sifatida yoshlarning rivojlanishiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan yoki rivojlanishiga xavf tug‘diruvchi materiallar belgilangan. Buyuk Britaniya qonunchiligida ham zararli axborot tushunchasi keltirib o`tilgan bo‘lib, unga ko‘ra zararli axborot – bu foydalanuvchilarning, ayniqsa bolalarning, ruhiy va jismoniy sog‘lig‘iga xavf soluvchi yoki ularni xavfli xatti- harakatlarga undovchi onlayn kontent hisoblanadi. Ilmiy adabiyotlarda zararli axborot tushunchasiga oid munozaralar juda keng bo‘lib, ko‘pchilik tadqiqotchilar uning mohiyatini yosh avlodga nisbatan xavf tug‘diruvchi har qanday axborot sifatida belgilaydi. Masalan, Oksford Universiteti tadqiqotchisi Livingstone ta’kidlaganidek, zararli axborot yoshlarning ijtimoiylashuvi va shaxsiy rivojlanishiga to‘sqinlik qiladigan yoki ularning psixologik rivojlanishini buzadigan har qanday kontentni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, professor Van der Hof ta’rifiga ko‘ra, zararli axborot bolalarning sog‘lom rivojlanishiga tahdid soluvchi yoki ularni zo‘ravonlik, agressivlik va boshqa salbiy harakatlarga undaydigan materiallarni qamrab oladi. Bizningcha, zararli axborotlar deganda voyaga yetmaganlarning ruhiy rivojlanishiga salbiy ta’sir etuvchi ma’lumotlar, masalan, onlayn jinsiy zo‘ravonlikka uchrashiga, qonunga xilof harakatlar sodir etishiga, diniy yoki ijtimoiy ruxsat etilgan odatlarni noto`g`ri talqin etilishi va oqibatda voyaga yetmaganlarning jismoniy va ruhiy zarar ko`rishiga sabab bo`luvchi axborotlarning jamlanmasini tushunish mumkin. Shunday qilib, zararli axborot tushunchasi turli mamlakatlar qonunchiligida hamda xalqaro huquqiy hujjatlarda keng va chuqur tahlil etilgan bo‘lib, uning mazmuni davlatlar o‘rtasida muayyan farqlar bilan ta
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В статье представлен всесторонний сравнительно- права детей, правовой анализ существующих систем правовой защиты вредная информация, детей от вредоносной информации в европейских информационная государ…»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В статье представлен всесторонний сравнительно- права детей, правовой анализ существующих систем правовой защиты вредная информация, детей от вредоносной информации в европейских информационная государ… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- children’s rights, highlighting relevant provisions in the Criminal Code (Code, правовая защита, bolalar huquqlari, европейский опыт, yevropa tajribasi, axborot xavfsizligi, legal protection, права детей, информационная безопасность, huquqiy himoya, information security, harmful information, onlayn xavfsizlik, онлайн-безопасность, zararli axborot, online safety, european experience, вредная информация
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025