Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Причины и способствующие условия совершения преступлений ранее судимыми лицами
Khurshid UMBAROV · March -/© in Science LLC. (Supreme School Judges with the Supreme Judicial Council of the Republic of Uzbekistan)
Общество и инновации · 6 · 443-457 · 2025
Аннотация
Ключевые слова: В данной статье анализируются криминологические ранее судимое лицо, характеристики ранее судимых лиц. Рассматриваются рецидив, социально-духовные особенности лиц, совершивших криминологическая преступления, факторы, влияющие на их преступное характеристика, причины преступления, поведение, включая духовные, социальные, экономические профилактика. и психологические причины. Bugungi kunda jinoyat oqibatlari bilan kurashishni emas, balki jinoyatchilikning asl omillarini aniqlash va o‘z vaqtida bartaraf etish orqali uning barvaqt oldini olishni ustuvor maqsadga aylantirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shu bilan birga respublikada kuzatilayotgan jinoyatchilik tendensiyalarini tahlil va prognoz qilish, jinoyatchilik omillarini ilmiy diagnoz qilish, qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish orqali ularni bartaraf etish, shuningdek, ilmiy tadqiqotlarni huquq-tartibot amaliyotidagi muammolarning manzilli hal etilishiga yo‘naltirish mexanizmlarini tubdan isloh qilish zarurati yuzaga kelgan [1]. Shu boisdan, hududlardagi kriminogen vaziyatni chuqur tahlil qilish, jinoyatlarning dinamikasi va sodir etilishiga ta’sir qilayotgan omillarni aniqlash va “ilmiy diagnoz” qo‘yish orqali jinoyatchilikni prognozlash va uning oldini olishga alohida e’tibor qaratilmoqda. So‘nggi paytlarda yuzaga kelayotgan xavf-xatar va tahdidlar, avvalo, xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm, noqonuniy migratsiya, odam savdosi, yoshlar o‘rtasida xalqimizga yot g‘oyalar tarqalishining tobora kuchayib borayotganligi ichki ishlar organlari oldiga o‘z vaqtida ularning oldini olish va ularga barham berish bo‘yicha yangi vazifalarni qo‘ymoqda [2]. Ayniqsa, “huquqbuzarliklarning sodir etilish sabablari va shart-sharoitlarini o‘z vaqtida bartaraf etish, aholining barcha qatlamlari huquqiy madaniyatini oshirish, ularda qonunga hurmat, qonun buzilishining har qanday ko‘rinishiga murosasizlik tuyg‘usini singdirish yo‘li bilan huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasi va oldi olinishini ta’minlash” [2] huquqni qo‘llash amaliyotidagi muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Huquqni qo‘llash amaliyotida huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar va muassasalar tomonidan g‘ayriijtimoiy xulq-atvorli, huquqbuzarliklar sodir etishga moyil, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan, ilgari sudlangan, huquqbuzarliklar sodir etgan hamda o‘zining g‘ayriijtimoiy xulq-atvori bilan jamiyatga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi shaxslarga nisbatan tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishga qaratilgan profilaktika chora-tadbirlarini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu o‘z navbatida, ichki ishlar organlari faoliyatining samaradorligini oshirish, fuqarolarning tinch va osoyishta hayot kechirishini ta’minlash, yurtimizda jinoyatchilikning o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslik, jinoyatlarni barvaqt aniqlash va ularning oldini olish imkonini bermoqda. Ta’kidlash kerakki, ilgari sudlangan shaxslar o‘rtasida profilaktik ishlarni samarali tashkil etish, voyaga yetmaganlar va yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazilishini ta’minlash, fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish jinoyatlarning sodir etilishini barvaqt oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday ishlarning tashkil etilishi ma’muriy hududlarda kriminogen vaziyatning yaxshiligini ta’minlashga xizmat qiladi. 444 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 02 (2025) / ISSN 2181-1415 Bugungi kunda bozor munosabatlari jarayonida bo‘sh ish o‘rinlarining yaratilishi borasida mamlakatimizda olib borilayotgan ko‘plab amalga oshirilayotgan choralarga qaramasdan aholining ko‘pchilik qismining ishsizligi, shu jumladan bu holatlar ilgari sudlangan shaxslarni ishga joylashtirishdagi muammolarni keltirib chiqarayotganligi dolzarb masala hisoblanadi. Jinoyatchilik ijtimoiy hodisa sifatida o‘rganilganida jinoyatchi shaxsi va uning xususiyatlari ham o‘rganiladi [3]. Ma’lumki, jinoyatchi shaxsining ijtimoiy xavfli va aybli qilmishlari bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni kriminologiya fani tadqiq etadi. Zero, jinoyat sodir etgan shaxslarni ilmiy jihatdan o‘rganish o‘zining mazmun va mohiyatiga ega [4] bo‘lib, jinoyatchi shaxsiga oid ma’lumotlarni o‘rganishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, “jinoyatchi shaxsi” ko‘p qirrali tushuncha bo‘lib, bir qator fanlarning o‘rganish obyekti hisoblanadi. Jinoyatchi shaxsi yuridik psixologiya uchun ham, kriminologiya uchun ham alohida qiziqish uyg‘otadi. Zero, u muayyan tashqi shart- sharoitlarni oddiygina aks ettirib qolmay, balki o‘zaro aloqaning faol tomonini tashkil etadi. Kriminologiyada “jinoyatchi” va “jinoyatchining shaxsi” kabi atamalar kategoriya, ya’ni har biri mustaqil tushuncha sifatida talqin qilinadi. “Jinoyatchi shaxsi” tushunchasi o‘ziga xos ravishda jinoyatchining ijtimoiy belgilarini ifodalaydi, ya’ni shaxsning “ijtimoiy qiyofasi”ni ochib berishga xizmat qiladi [5]. Huquqbuzar shaxslarga xos bo‘lgan yana bir
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В данной статье анализируются криминологические ранее судимое лицо, характеристики ранее судимых лиц.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В данной статье анализируются криминологические ранее судимое лицо, характеристики ранее судимых лиц. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- This is an open access article under the Attribution 4.0 International, kriminologik tavsif, ранее судимое лицо, рецидив, причины преступления, profilaktika, Previously convicted person, профилактика, retsidiv jinoyatchilik, jinoyatchilik sabablari, causes of crime, prevention, criminological characteristics, Ilgari sudlangan shaxs, криминологическая характеристика, recidivism
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026