Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Понятие "когнитивная деятельность", её педагогическое и психологическое значение
Gulnoza VAISOVA · Keywords: -/© in Science LLC. (preschool children through various types of activities.)
Общество и инновации · 6 · 103-106 · 2025
Аннотация
Ключевые слова: В данной статье освещается необходимость широкий путь, педагогического и психологического решения проблем в интенсивный путь, изучении понятия когнитивной деятельности, а также когнитивный процесс, путей и методов развития когнитивной деятельности когнитивная способность, педагогический феномен, детей дошкольного возраста. Подчеркивается, что двусторонний когнитивная деятельность является социально значимым взаимообусловленный качеством личности, и рассматривается важность ее процесс, формирования у детей дошкольного возраста в различных активность, активизация. видах деятельности. Maktabgacha ta’lim bosqichi uzluksiz ta’limning eng mas’uliyatli, bola ta’lim va tarbiya olishi poydevori, asoslari shakllanadigan bosqich hisoblanadi. Maktabgacha ta’limning muhim vazifalari sifatida maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim olish ehtiyojini, o‘qib-o‘rganishga bo‘lgan intilish moyilliklarini shakllantirib, ularni muntazam ravishda ta’lim jarayoniga tayyorlash, ularning tafakkurini, mustaqil fikrlashini, o‘zining fikrini mustaqil va erkin ifodalash malakalarini shakllantirishdan iborat. Maktabgacha yoshdagi bolalar kognitiv faoliyatini rivojlantirish yo‘llari va usullarini o‘rganish muammosi pedagogikaning muhim muammolaridan biridir. Atrof- olam, dunyoni anglashga qiziqish, noma’lum narsani bilish istagi – asosan o‘qitish va faoliyat samaradorligini belgilaydigan ustuvor xususiyatdir. Kognitiv harakatlarni tashkil etish bolada allaqachon shakllangan ehtiyojlarga, shu jumladan kattalar bilan muloqot qilish zarurligiga asoslangan bo‘lishi kerak (harakatlar, amallar, qarorlar, fikrlarni tasdiqlash). Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, hozirgi kunda kognitiv (bilish) faoliyatini rivojlantirish muammosini hal qilishning ikki yo‘li mavjud: keng va intensiv. Ularning ikkalasi ham bitta yakuniy maqsadga ega: bilimli, axloqli, ijtimoiy faol, qobiliyatli shaxsni tarbiyalash. Biroq, maqsadga erishishning yondashuvlari turlicha. Keng yo‘l, birinchi navbatda, bolalarga yetkazilgan bilim hajmini oshirish orqali amalga oshiriladi. Intensiv yo‘l subyektiv, shaxsiy manfaatdorlik pozitsiyasini shakllantirishga asoslanadi va bu ta’lim dasturlari tarkibidagi o‘zgarishlarni va o‘qitish uslublarini intensivlashtirishni (rivojlanish, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim) nazarda tutadi. Kognitiv faoliyatni rivojlantirish muammosining yana bir dolzarbligi shundaki, insonning tashqi dunyo bilan o‘zaro aloqasi faqat uning faoliyati va faolligi tufayli amalga oshadi, bu esa o‘z navbatida mustaqillik va tashabbusni shakllantirishga yordam beradi. Kognitiv faoliyat bolaning faolligini, uning bilimga bo‘lgan ishtiyoqini, noma’lumdan ma’lumni aniqlashga bo‘lgan harakatini ta’minlaydi. Ilmiy adabiyotlarda “bilish faoliyati” tushunchasi turli talqinlarda ifoda etiladi. Kognitivlik bolaning mustaqil faoliyatga intilishini anglatadi, ijtimoiy tajribani, insoniyat tomonidan to‘plangan faoliyat usullarini o‘zlashtirishni o‘z ichiga oladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni kognitiv faoliyatini rivojlantirish muammosi bolalar pedagogikasi, psixologiyasining yildan-yilga ortib borayotgan dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Bolalarning atrof-olam bilan o‘zaro munosabati, muloqoti 104 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 02 (2025) / ISSN 2181-1415 uning faolligi va faoliyati kognitiv jarayonlar orqali amalga oshadi. Kognitiv faoliyat bolalarning kognitiv qobiliyatlarini, aqliy fazilatlarini, ularning tashabbuskorligi va individualligining ajralmas qismidir. Kognitiv faoliyatning rivojlantirish mazmunini aniqlash avvalambor “kognitiv faoliyat”, “kognitiv jarayon” va “kognitiv qobiliyat” kabi tayanch tushunchalarni tahlil qilish zaruratini tug‘diradi. Bu borada quyida batafsil to‘xtalib o‘tiladi: Kognitiv faoliyat. Kognitiv faoliyat shaxsning ijtimoiy ahamiyatli fazilati bo‘lib, maktabgacha yoshdagi bolalarning turli faoliyat turlarida shakllanadi. Shaxs faoliyat jarayonida shakllanadi va rivojlanadi, shaxsning faoliyatga bo‘lgan munosabatiga qarab, faoliyat turli darajaga, turlicha xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkin. Faoliyat – bu shaxsning o‘ziga xos xususiyati bo‘lib, u shaxsning faoliyatga bo‘lgan munosabatida namoyon bo‘ladi: tayyorlik holati, mustaqil faoliyatga intilish, uni amalga oshirish sifati, maqsadga erishishning maqbul usullarini tanlash. Kognitiv faoliyat katta maktabgacha yoshdagi bolalarning yangi bilim, ko‘nikma, ichki qat’iyat va ma’lum bilimlarni to‘plash, kengaytirish uchun turli xil harakat usullaridan foydalanish zaruriyatiga bo‘lgan qiziqishini aks ettiradi. Kognitiv faoliyatni rivojlantirish muammosi o‘qituvchilar va psixologlarning turli xil asarlarida ko‘rib chiqilgan. Ya.A. Komеnskiy, K.D. Ushinskiy, D. Lok, Jan-Jak Russo kognitiv faoliyatni maktabgacha yoshdagi bolalarning o‘rganishga bo‘lgan tabiiy istagi sifatida belgilagan. M.A. Xolodnaya, T.M. Golovastikova, S.M. Vishnyakova, G.I. Sukina va boshqalar kognitiv faoliyatning xususiyatlarini va uni maktabgacha yoshdagi bol
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В данной статье освещается необходимость широкий путь, педагогического и психологического решения проблем в интенсивный путь, изучении понятия когнитивной деятельности, а также когнитивный процесс, пут…»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В данной статье освещается необходимость широкий путь, педагогического и психологического решения проблем в интенсивный путь, изучении понятия когнитивной деятельности, а также когнитивный процесс, пут… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- 2181-1415/© 2025 in Science LLC, ikki tomonlama o‘zaro bog‘liq jarayon, активизация, kognitiv qobiliyat, activation, широкий путь, intensiv yo‘l, bilaterally interconnected process, cognitive process, cognitive ability, broad approach, activity, педагогический феномен, faollashtirish, двусторонний взаимообусловленный процесс, keng yo‘l, intensive approach, pedagogik hodisa, интенсивный путь, pedagogical phenomenon, когнитивная способность, активность, kognitiv jarayon, когнитивный процесс, faollik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025