К содержанию
РецензированоRU2025

Правовой анализ вопросов молодежи в государственной политике Узбекистана

Azimbek AZIMOV · Sardor JAKBAROV

Общество и инновации · 6 · 120-126 · 2025

Аннотация

Ключевые слова: В данной статье анализируются правовые основы Конституционное право, государственной молодежной политики Республики государственная Узбекистан, ее современное состояние и тенденции политика, развития. Исследованы институциональные механизмы, молодежная политика, союз молодежи, правовые гарантии и существующие проблемы молодежная стратегия, молодежной политики. Также был рассмотрен законы, международный опыт в этой области и направления правовые гарантии. совершенствования национального законодательства. Bugungi kunda davlat va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarni izchil tartibga solish va ushbu munosabatni adolatli hamda shaffof amalga oshishi uchun huquqiy jarayonlarda yoshlarga e’tibor va ularni qo‘llab-quvvatlash orqali ulkan siljish bo‘lishiga turtki bo‘lmoqda. 2030-yil kun tartibidagi Barqaror rivojlanish maqsadlariga (BRM) erishishning belgilangan sanasi – 2030-yilga kelib, yoshlar soni 7 foizga oshib, qariyb 1,3 milliard kishini tashkil etishi kutilmoqda [1]. Buning natijasida dunyoda yoshlarga oid davlat siyosatining dolzarbligi quyidagi omillar bilan asoslanadi: birinchidan, demografik o‘zgarishlar, ya’ni dunyo aholisi tarkibida yoshlar ulushi soni 7 foizga oshadi, ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlarda yoshlar soni tez o‘sadi. Ikkinchidan, yoshlar sonining oshishi ayrim bir global muammolarni keltirib chiqaradi. Jumladan, ta’lim tizimini kengaytirish zarurati, ish o‘rinlari yaratish ehtiyoji, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, yoshlarning diniy-mafkuraviy zaharlanish holatlarini oldini olish dolzarb masalaga aylanishi kutilmoqda. Xorij ilmiy adabiyotlarida “Yoshlar deganda, muayyan yosh xususiyatiga ko‘ra boshqalardan ajralib turadigan, ijtimoiy maqomi va ijtimoiy tizim, madaniyat, ijtimoiylashuvning faol subyekti, zamonaviy yosh chegaralari asosida aniqlanadigan ijtimoiy-demografik guruh tushunilishi” [2] ta’kidlab o‘tilgan. Hozirgi kunda yer yuzi aholisining qariyb 20 foizini yoshlar tashkil qiladi. O‘zbekistonda esa bu ko‘rsatkich 60 foizdan oshadi, bu shuni anglatadiki, yoshlar siyosati O‘zbekiston taraqqiyotining muhim asoslaridan biridir. Davlatda yoshlar uchun barcha shart-sharoit imkoniyatlar eshigi keng ochilgan. Davlatimiz rahbarining 2017-yil 5-iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi Farmoni bu boradagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqdi [3]. Farmonga muvofiq, yoshlarga oid davlat siyosatini izchil va samarali amalga oshirish, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini tubdan isloh etish maqsadida O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati negizida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil etildi.Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan PF–4947 sonli Farmoni asosida “2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”ning IV bobining 4.5 bandida yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish haqida davlat dasturi ishlab chiqilgan [4]. Qolaversa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan 60-sonli “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” farmoni qabul qilinganligi va ushbu farmonning “Adolatli 121 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 02 (2025) / ISSN 2181-1415 ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish” IV bobining 70-maqsadida: yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish aks etgan [5]. Shuni ta’kidlash lozimki, prezidentimiz tomonidan qabul qilinayotgan bu kabi qaror va ustuvor vazifalar yurtimizda yoshlarning keng huquq va imkoniyatlarga ega bo‘lishiga xizmat qilmoqda. Chunki yoshlar milliy davlatchilik asoslarini yaratish jarayoniga keng jalb qilinsa, davlat va jamiyat mustahkam bo‘ladi. Ana shundagina yangicha tafakkur zamonaviy sivilizatsiya asosida ilg‘or ong qaror topadi [6]. Ushbu maqolada huquqiy tahlil qilish uchun doktrinal tadqiqot yondashuvi asosida batafsil mavzuga doir ma’lumotlar berib boriladi. O‘zbekiston va jahonda yoshlarga oid davlat siyosati va ushbu siyosatni amalga oshirish mexanizmlari haqida ma’lumotlar va uning samaradorligini baholash, yoshlarning huquq va burchlarini ta’minlovchi islohotlar ko‘lamini yanada oshirish masalalari tahlil qilinadi. O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosatini” konstitutsiyamiz misolida oladigan bo‘lsak, O‘zbekiston Respublikasining 1992-yilda qabul qilingan konstitutsiyasi bilan amaldagi yangi tahrirdagi konstitutsiyasi o‘rtasida sezilarli farqni ko‘rishimiz mumkin. Birinchi konstitutsiyamizning faqatgina 56-moddasining birinchi qismida “yoshlar tashkiloti” jamoat birlashmasi sifatida e’tirof etilishi belgilab o‘tilgan va o‘z navbatida, 1992-yilda qabul qilingan konstitutsiyamizni qolgan qismida yoshlar masalasiga alohida urg‘u berilmagan. Yoshlarga oid davlat siyosati yangi tahri

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В данной статье анализируются правовые основы Конституционное право, государственной молодежной политики Республики государственная Узбекистан, ее современное состояние и тенденции политика, развития.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В данной статье анализируются правовые основы Конституционное право, государственной молодежной политики Республики государственная Узбекистан, ее современное состояние и тенденции политика, развития. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
DOI: https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss2/S-pp120-126, yoshlar ittifoqi, правовые гарантии, qonunlar, государственная политика, молодежная политика, legal guarantee, huquqiy kafolat, laws, законы, huquqiy tahlil, yoshlar strategiyasi, yoshlar siyosati, Конституционное право, legal analysis, Constitutional law, youth strategy, konstitutsiyaviy huquq, союз молодежи, youth policy, youth alliance, молодежная стратегия, davlat siyosati, public policy
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники