К содержанию
РецензированоRU2024

Лингвопоэтическая характеристика повторов в стихотворениях Халимы Ахмедовой и Зебо Мирзо

Khalima Akhmedova · Zebo Mirzo · Rukhsora GOFUROVA · Marifat KOSIMOVA

Зарубежная лингвистика и лингводидактика · 3 · 339-345 · 2024

Аннотация

Ключевые слова: В статье рассматривается использование фонетических, стилистические фигуры, синтаксических и морфологических повторов в аллитерация, стихотворениях Зебо Мирзо и Халимы Ахмедовой, а также ассонанс, их влияние на художественное качество произведения. анафора, эпифора, строфа, рефракционная единица, повтор глаголов. Sintaktik figuralar nafaqat nasrda, nazmda ham o‘ziga xos lingvopoetik vazifalarni bajaradi. Bunda poetik nutqqa xos deb qaralgan qarashlar, vaqtlar o‘tib prozaik hodisa sifatida ham o‘rganilmoqda. “Stilistikaga oid adabiyotlarda sintaktik figuralarga tasviriylikning turli usullari kiritiladi. Bular dastlab poeziya doirasida, keyinchalik proza doirasida qarala boshlandi. Keyingi yillarda nashr qilingan adabiyotlarda esa sintaktik figuralar boshqa uslublar doirasida ham o‘rganilmoqda. Sintaktik figuralar musiqa va takrorlanuvchi musiqiy frazalar kabi nutqni ohangdor, ta’sirchan va jozibador qilish, shu yo‘l bilan uning tinglovchi tomonidan osonlik bilan qabul qilinishida muhim stilistik vositasidir. Mana shuning uchun ham sintaktik figuralarni ma’lum darajada nutq musiqasi deb atash mumkin” Sintaktik figuralar, stilistik figuralar, uslubiy figuralar – bu uch atama bir ma’noni anglatadi. R. Qo‘ng‘urovning “O‘zbek tili stilistikasi”kitobida sintaktik figuralar nomi bilan ataydi. To‘xta Boboyevning “Adabiyotshunoslik asoslari” darsligida poetik sintaksis (yoxud stilistik figuralar) deb ham atagan. Ba’zi adabiyotlarda stilistik hamda uslubiy figuralar deb ham qo‘llanadi. Qo‘ng‘urov sintaktik figuralarning asosiy ko‘rinishlariga anafora, epifora, kompozitsion bog‘lanish, takror, sintaktik personalizm, antiteza, gradatsiya, ritorik so‘roq kabilarni kiritgan. Xotam Umurovning “Adabiyot nazariyasi” kitobida so‘zlar poeziyada qofiya, vazn, band, tovush takrori, so‘z takrori (epifora, anafora, hojib, radif), inversiya, musiqiylik, ritm, turoq, misra, band turkum, ritmik pauzalarga ajratilgan. To‘xta Boboyev she’r tuzilishiga xos bo‘lgan unsurlar – musiqiylik, ohang, ritm, bo‘g‘in ,turoq, bosh turoq, turkum vazn, qofiya, radif, refren, epifora, naqorat, band, ko‘chimlar, figuralar, badiiy san’atlar va boshqalarni sanab o‘tgan. “Ma’lumki stilistik figuralar yordamida badiiy so‘zning ifodaviyligi kuchayadi, bo‘yoqdorligi va ta’sirchanligi oshadi, muallif tomonidan aytilayotgan fikrning tag maqsadi ochiladi.”. Ayniqsa, she’rning ohangdorligi, ta’sirchanligini oshirishda sintaktik figuralarning o‘rni beqiyos. Shu bilan birga sintaktik figuralar lingvopoetik tahlilda ham alohida ahamiyat kasb etadi. Zebo Mirzo va Halima Ahmedova ijodida ana shunday stilistik figuralardan unumli foydalanilgini kuzatishimiz mumkin. “Anafora-bunda bir qancha gaplar, strofalar, abzaslar bir xil konstruksiyasi bilan boshlanadi. Bu parallelizm hosil qilib, tinglovchi-o‘quvchi e’tibori takrorlanuvchi konstruksiyalarga tortiladi. Anaforalar gaplar, strofalar, abzaslarning o‘zaro munosabatga kirishish usuli bo‘lib xizmat qiladi.”. 340 Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Special Issue – 2 (2025) / ISSN 2181-3701 To‘xta Boboyev esa anaforani quyidagicha talqin qilgan. “Anafora (yun.anaphora- yuqoriga chiqarish)-qat’iy tizimli takrorlardan biri. She’r yoki banddagi misra(gap)larning boshidagi so‘z yoki so‘z birikmasining boshqa misralarning boshidan aynan takrorlanib kelishi anafora deb yuritiladi.”. To‘xta Boboyevning “Adabiyotshunoslik asoslari”da strofa-she’riy band. She’rning alohida qofiyalangan tartibga ega bo‘lgan yirik ritmik bo‘lagidir. Xotam Umurovning “Adabiyot nazariyasi”da esa misra haqida quyidagicha izoh berilgan. “Band. She’riyatda bo‘g‘inlar guruhlanib turoqni, turoqlar guruhlanib vaznni tashkil etadilar. Bunday guruhlanishdagi izchillik va takroriylik musiqiylikni yuzaga keltiradi. Bu qonuniyat misralarning ham guruhlarnib kelishini, uning izchil va takroriyligini talab qiladi. Bu talabning ijrosi band deb yuritiladi.”. Ko‘roydin… Maysalar xotirga mengzar, Yodingni o‘padi notanish azob. Bir ishqning nafasi eritar dilni, Hali o‘qilmagan muqaddas kitob. Ko‘roydin… Ortingga qarash qo‘rqqulik, Joning hovuchlasang sig‘ar qo‘lingga. Bir umr yetib ham, ortib qoladi Seni tahlikaga solgan o‘limga. Ko‘roydin… Men uni sevaman hamon , Hatto nafratini keladi quchgim. Ammo ne uchundir faromish tunda Yurakka sanchilar daraxtlar uchi. Ko‘roydin… (Halima Ahmedova) Ushbu she’rda Halima Ahmedova strofalar tarkibida anaforalardan mohirona foydalangan. Ushbu she’rda lirik qahramonning ruhiy holatini ifodalash uchun “ko‘roydin” leksemasidan foydalanilgan. Bu she’rning ohangdorligi va musiqiy ritmikligini ta’minlagan. “Ko‘roydin-bulutlar orqasidan o‘tib tushib turgan xira tarzdagi oydin. U (Lola) uzoqdan alla narsaning qorasini ko‘rib qoldi-da ko‘roydin bo‘lgani uchun, yaxshi taniy olmay, suyunganidan otini choptirib ketdi. Y. Shukurov, Birinchi parvoz. ...Ko‘roydinda qop-qorayib yotgan daladan ilon izi bo‘lib ketgan oqish yo‘lning ufqida bir nim

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В статье рассматривается использование фонетических, стилистические фигуры, синтаксических и морфологических повторов в аллитерация, стихотворениях Зебо Мирзо и Халимы Ахмедовой, а также ассонанс, их в…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В статье рассматривается использование фонетических, стилистические фигуры, синтаксических и морфологических повторов в аллитерация, стихотворениях Зебо Мирзо и Халимы Ахмедовой, а также ассонанс, их в… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
stylistic figures, fe’llar takrori, epiphora, рефракционная единица, repetition verb, strofa, epifora, строфа, аллитерация, stropha, assonans, alleteratsiya, stilistik figuralar, повтор глаголов, anaphora, эпифора, repitation, refractory unit, ассонанс, assonance, alliteration, refrik birlik, анафора, стилистические фигуры, anafora
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники