К содержанию
РецензированоRU2024

Понимание концепции и этапы ее исследования

Sitora TURABOEVA

Зарубежная лингвистика и лингводидактика · 3 · 72-77 · 2024

Аннотация

Ключевые слова: Данная статья посвящена всестороннему анализу понимание, понятия концепта и определению его границ, отличающих слово, его от понятия и слова. Также освещается роль концепта в лингвокультурология, процессе лингвистических исследований и этапы его когнитивный, фразеологизм. изучения. В статье сравниваются теории различных лингвистов и филологов, изучаются их взгляды на концепт. В ходе исследования также обсуждается формирование, развитие и значение понятия концепта в различных науках. Madaniyatlararo va millatlararo muvaffaqiyatli kommunikatsiya xorijiy tillarni o‘rganish bilan birga, o‘rganilayotgan tilga oid madaniyatni ham tadqiq qilishni talab etadi. Madaniyatni tilda aks ettirgan lingvokulturologik birliklarni o‘rganishda, muayyan til va jamiyatdagi konseptlarni anglash va ifodalash muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, konseptlarning konseptosferadagi sistem-struktur o‘rnini aniqlash, ularning freym tuzilishini – qolip va qobig‘ini belgilash hamda uning atrofida shakllangan slotlar va ulardagi geshtelt bog‘lanishlarni tahlil qilish zarur. Buning uchun, avvalo, konsept tushunchasining mohiyatiga e’tibor qaratish lozim. Uni tushuncha va so‘zdan ajratib turuvchi chegaralarni belgilash ushbu jarayonning muhim bosqichlaridan biri hisoblanadi. Konsept termini bir vaqtning o‘zida oppazitsion paradigmatik munosabatda ham qadimiy, ham navqiron termin sanaladi. Bu termin tilshunoslikda faol qo‘llanilib kelinayotganligi va ko‘plab tilshunoslar tomonidan muayyan tavsif vata’riflar berilgan bo‘lishiga qaramay, aniq tavsif borasida hanuz bahs-munozaralar davom etmoqda. V.Z. Demyanenkov konsept atamasining qo‘llanilishi va semantik tuzilishining evolyutsiyasiga to‘xtalib, mumtoz lotin adabiyotida muayyan fikrning paydo bo‘lishi, shakllanishi ma’nosida qo‘llanilishini, o‘rta asrlar italyan, fransuz, nemis adabiyotida ham turli ma’nolarda (embrion, tushuncha, tasavvur, fikr, g‘oya, reja, ekstravagant badiiy obraz, konspekt va h.k.) uchrashini ta’kidlaydi. Konsept atamasining joriy davr kognitologiyasida qo‘llanilayotgan ma’nosi S.A. Askoldovning 1928-yilda chop etgan “Konsept va so‘z” nomli maqolasida aks ettiriladi. Biroq, S.A. Askoldov ko‘targan mazkur masala o‘tgan asrning o‘rtalariga qadar jiddiy yondashuvlar asosida o‘rganilmagan. Tilshunoslikda “konsept” yaxlit ta’rif berilmagan. R.Jekendof hazil shaklida konsept nima ekanligining javobini psixolog, filosof yoki tilshunosdan so‘rash massa nima ekanligini fizik mutaxassisdan so‘rash bilan barobardir – savolga yagona javob mavjud emas. Tadqiqotchilar konsept borasida yakdil fikrga ega bo‘lmasa-da, ular bergan ta’riflarda pragmatik jihatdan mazmun-mohiyat yaqinligi sezilib turadi. R. Jackendoff konseptni inson ongi, tafakkuri, til va mazmun tabiatini o‘zida mujassam etgan murakkab fenomen sifatida izohlaydi. Uning fikricha, konseptni to‘liq anglash uchun uni faqat til birliklari orqali emas, balki uning shakllanishiga ta’sir etuvchi omillarni ham hisobga olish zarur. Konseptning mohiyatini tushunish uchun uning asl negizini eskizsiz baholab bo‘lmaydi. Shu bilan birga, konseptning ahamiyati aks etgan madaniy muhit va dunyoqarashni ham chuqur tadqiq qilish lozim. Faqat shundagina, konseptning to‘liq mazmunini anglash va izohlash mumkin bo‘ladi. 73 Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Special Issue –2 (2025) / ISSN 2181-3701 D.S. Lixachev konseptni inson yozma nutqida harakatga keltiradigan ma’noning algebraik tarzda ifodalanishi sifatida tushuntiradi. P.M. Frumkina esa konseptni madaniyatning muayyan kategoriyasida aks etgan verbal tushuncha deb ta’riflaydi. Ushbu ta’riflar konseptning turli jihatlarini ochib bersa-da, V.N. Teliyaning yondashuvi o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Uning fikricha, konsept inson tafakkurining mahsuli bo‘lib, u mukammal tushuncha sifatida nafaqat til bilan bog‘liq, balki inson ongiga xos bo‘lgan umumiy kategoriya hisoblanadi. Bu nuqtai nazarga ko‘ra, konseptni faqat lingvistik birlik sifatida emas, balki kognitiv va madaniy hodisa sifatida ham o‘rganish lozim. Shu sababli, konsept til va tafakkur o‘rtasidagi o‘zaro aloqani chuqur anglashga xizmat qiluvchi muhim ilmiy kategoriya sanaladi. R. Pavilenis esa konseptga “bilim va fikrlarning kognitiv asosli quyi tizimini tashkil etuvchi ma’no”, deya ta’rif beradi. Konseptning keng ko‘lamli va ko‘p sathli ekanligini hisobga oladigan bo‘lsak, S.X. Lyapin, Yu.S. Stepanov va V.I. Karasik ta’kidiga ko‘ra, tadqiqotning obyektidan kelib chiqib, muayyan konseptning ustuvor yarusi belgilanishi mumkin, ya’ni qaysidir tadqiqot uchun masalaning psixologik yoki psixolingvistik sathi ustuvor bo‘lsa, boshqasi uchun etimologik, etnografik, yana birlari uchun esa, madaniy, lingvokulturologik aspektlari diqqat markazida bo‘lishi mumkin. Yuqoridagi konsept haqida aytilgan ilmiy xulosalar va ta’riflarni yana davom ettirish mumkin. Ularning har birida asos va ilmiy haqiqat mavjud bo‘lsa-da, konsept berilgan ta’r

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: Данная статья посвящена всестороннему анализу понимание, понятия концепта и определению его границ, отличающих слово, его от понятия и слова.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: Данная статья посвящена всестороннему анализу понимание, понятия концепта и определению его границ, отличающих слово, его от понятия и слова. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
concept, понимание, frazeologik birlik, фразеологизм, phraseological unit, so‘z, lingvokulturologiya, лингвокультурология, lingvoculturology, когнитивный, tushuncha, слово, cognition, word, kognitivlik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники