Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Роль пословиц и поговорок в обеспечении навыков межкультурного общения студентов
Gulchekhra KHAZRATOVA
Зарубежная лингвистика и лингводидактика · 3 · 13-16 · 2024
Аннотация
Ключевые слова: Данная статья посвящена тесной связи пословиц и мораль и традиционные поговорок, являющихся продуктом устного народного взгляды, творчества, с культурой народа. Пословицы и поговорки лингвокультурологический представляют собой единство, воплощающее мудрость и анализ пословиц и поговорок, опыт мировоззрения предков, и позволяют глубже понять стереотипы, ценности, обычаи, культуру и характер данного народа. национально-культурная семантика, лингвокультурология. Ma’lumki, biror bir xalqning donishmandligi va ruhiyati o‘sha xalq maqol va matallarida namoyon bo‘ladi, u yoki bu xalqning maqol va matallarini bilish esa nafaqat o‘sha xalq tilini bilish, balki o‘sha xalq tafakkuri va xarakterini yanada yaxshiroq tushunish imkoniyatini beradi. Maqol biror bir xalq tarixiy tajribasining mahsulidir. Maqol va matallar tillarda qadimdan mavjud. Maqollarning aniq qofiyasi, sodda shakli va qisqaligi nutqning barqaror, oson esda qoluvchi va zaruriy qismiga aylanishiga sabab bo‘ldi. Maqol va matallarning paydo bo‘lishi uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Ayrimlari, hattoki hali yozuv paydo bo‘lishidan oldin dunyoga kelgan. Shu boisdan, maqol va matallarning dastlabki manbasi sifatida xalqning jamoaviy fikrlashidir deb ta’kidlash o‘rinli. АQShdagi maqollarni o‘rganish bo‘yicha eng mashhur olim Volfgang Mayder hisoblanadi, va u mazkur sohaga oid ellikdan ortiq kitoblarning muallifi sanaladi. Mayder maqollarni quyidagicha ta’riflaydi: “Maqol – bu bir avloddan ikkinchi avlodga o‘tadigan va biror xalqning donoligi, haqiqati, axloq va an’anaviy qarashlarini metaforik, qat’iy va esda qolarli tarzda aytilgan qisqa, barchaga ma’lum bo‘lgan xalq og‘zaki ijodi mahsulidir”. [1] А.N. Аfanasev maqolni quyidagicha ta’riflaydi: “Maqollar shakliga ko‘ra o‘zgarishga uchramaganligi bois qadimdan shakllangan qarashlar haqida ma’lumot beruvchi yodgorlikdir. Maqollar ajdodlar donoligining asosiy manbai, xotirasini o‘zida mujassam etuvchi, insoniyat tajribasini tarqatish vositasidir” [2] Bilamizki, maqollar ko‘pchilik lisoniy jamoalar uchun umumiy, xarakterlovchi dunyoqarash stereotiplarini o‘zida aks ettiradi, bundan tashqari ular konkret etnik jamiyatgagina xos bo‘lgan mental belgilarni ham ifodalaydi. Xalq og‘zaki ijodining qolgan barcha janrlari singari maqol va matallarda asrlar mobaynida u yoki bu xalq duch kelayotgan va turmush tarzi bilan bog‘liq barcha narsa va hodisalar o‘z aksini topadi. Bunga mehnat qurollaridan tortib to geografik atrof-muhitning har tomonlama tavsifi, o‘tib ketgan voqea-hodisalar haqidagi xotiralar, taniqli tarixiy shaxslar, diniy qarashlarning aks-sadosi kabi turli qadriyat va udumlarni kiritish mumkin. Tilshunoslikning til va madaniyatni o‘zaro munosabatini o‘rganuvchi tarmog‘i bo‘lgan lingvokulturologiyaning asosini tilning kumulyativ funksiyasini o‘rganish tashkil qilib, til nolisoniy jamoat tajribasini o‘zida to‘plovchi va uni boshqalarga yetkazib beruvchi vosita sifatida namoyon bo‘ladi, hamda u maqol va matallarda yanada yaqqol namoyon bo‘ladi. Rus tilshunoslari Ye.M. Vereshagin va V.G. Kostomarov tomonidan taklif etilgan ma’noning madaniy komponenti tushunchasini qamrab oluvchi lisoniy- 14 Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Special Issue – 2 (2025) / ISSN 2181-3701 madaniyatshunoslik nazariyasi maqol va matallarning lingvomadaniy jihatdan o‘rganish imkoniyatini berdi. Maqol va matallarning lingvomadaniy tahlili mamlakat tarixi, uning madaniyati, turmush tarzi singari tashqi omillarga chambarchas bog‘liq bo‘ladi. Maqol va matallarning lingvomadaniy jihatdan tahlili milliy-madaniy semantikaga ega bo‘lgan maqollarning qo‘shimcha ma’noviy belgilarini aniqlash imkonini beradi. Hammaga ayonki, dunyoda yuzlab, hattoki minglab millat va elat vakillari mavjud. Har bir millat yoki etnik guruh o‘ziga xos urf-odatlar, an’ana, udumlarga ega bo‘lib, bir vaqtning o‘zida, ular biror bir millat madaniyatini tashkil qiladi. Dunyodagi turli millatlar haqida so‘z borganda, ularni ayrim o‘ziga xos jihati bilan boshqa madaniyat vakillaridan ajralib turishi tilga olinadi. Masalan, ruslarning tavakkalchiligi, nemislarning o‘ta punktualligi barchaga ma’lum. O‘zbeklar bolajonligi va mehmondo‘stligi bilan ajralib turadi. Xususan, o‘zbek xalqi uchun xos bo‘lgan or-nomus, sharm-hayo, uyat, andisha singari yuksak axloqiy tushunchalar o‘zbek xalqi madaniyatida o‘z aksini topgan. Maqol va matallar millat madaniyati ko‘zgusi sifatida ham ta’riflanadi. Turli maqollar to‘plamida uchraydigan o‘zbek xalq maqollari to‘g‘risida so‘z borar ekan, o‘zbek xalq maqollari jamoaviylik, saxiylik, mehmondo‘stlik, mehr-oqibatlilik singari o‘zbek madaniyatiga xos bo‘lgan xususiyatlarni ifodalashiga guvoh bo‘lamiz (masalan, Hashar elga yarashar; Saxiy xor bo‘lmas, baxil behishtga kirmas; Mehmon otangdek ulug‘; Mehmon kelar eshikdan riski kelar teshikdan; Bol shirin, boldan bola shirin; Bola aziz boladan tarbiyasi aziz). [3] Ingliz madaniyatida maqol va matallar
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: Данная статья посвящена тесной связи пословиц и мораль и традиционные поговорок, являющихся продуктом устного народного взгляды, творчества, с культурой народа.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: Данная статья посвящена тесной связи пословиц и мораль и традиционные поговорок, являющихся продуктом устного народного взгляды, творчества, с культурой народа. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- morality and traditional, stereotiplar, axloq va an’anaviy qarashlar, linguocultural analysis of proverbs and sayings, мораль и традиционные взгляды, стереотипы, лингвокультурология, linguistic and cultural studies, stereotypes, лингвокультурологический анализ пословиц и поговорок, maqol va matallarning lingvomadaniy tahlili, milliy-madaniy semantika, national-cultural semantics, национально-культурная семантика, lisoniy-madaniyatshunoslik, morality and traditional views
Смежные источники
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024