Interpretation and researchesШ. Саттаров2026
Описание Шейбани-хана в "Бабур-наме"
Sadokat YUSUPOVA · Zahiriddin Muhammad (Samarkand State University named after Sharof Rashidov)
Зарубежная лингвистика и лингводидактика · 3 · 277-282 · 2024
Аннотация
Ключевые слова: В данной статье представлена информация о жизни и Султан Мухаммад творческом пути великого полководца, царя и поэта Шейбани-хан, Султана Мухаммада Шейбани-хана, а также об истории Захириддин Мухаммад Шейбани-хана и династии Шейбанидов. В частности, на Бабур, «Бабур-наме», основе конкретных фактов рассматриваются вопросы самаркандская анализа образа Султана Шейбани-хана в произведениях литературная среда, Мирзо Мухаммада Хайдара «Тарихи Рашиди», Захириддина литература, Мухаммада Бабура «Бабур-наме» и трудах Камолиддина перевод, Бинои. Подробно исследуются жизнь и деятельность историчность, критический текст, Мухаммада Шейбани-хана, его вклад в науку, образование и художественность. просвещение, а также вопросы его творчества. Istiqlol shabadasi esayotgan mustaqil yurtimizda inson va uning qadr-qimmati yuqori pog‘onada turadi. Mustqaillikka erishganimizdan so‘ng o‘z yurti, tili, madaniyat va qadriyatlar tarixini bilishga, o‘zlikni anglashga qiziqish ortib bormoqda. Albatta, bu tabiiy hol bo‘lib, odamzod borki, avlod-ajdodi kimligini, tug‘ilib o‘sgan Vatanining buyuk tarixini bilishga intiladi. Shunday ekan, biz o‘z o‘tmishimiz va tariximizni asl holida o‘rganmog‘imiz lozim. O‘z nomini tarixga muhrlay olgan shaxslarning hayoti va faoliyatini, erishgan yutuq va yo‘l qo‘ygan xatolarini oqilona baholay olsak – bu, albatta, biz uchun, kelajak avlod uchun tarbiya vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Shoʻro davrida, hatto bugungi kunga kelib ham Zahiriddin Muhammad Bobur va Shayboniyxon munosabatlari bir-biriga zid ravishda oʻrganilib, ularni oq va qora ranglarda koʻrish, ijobiy-salbiy baho berish holatlarini uchratamiz. Bunday talqinlar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi. Shu jumladan, Muhammad Shayboniyxon ham o‘zbek madaniyati tarixi va adabiyoti taraqqiyotida munosib o‘rin tutgan sarkarda va ijodkordir. Muhammad Shayboniyxonning tarixiy va adabiy asarlardagi tasviriga e’tibor qaratish, XV–XVI asr Vatanimiz va ajdodlarimiz tarixi bitilgan tarixiy-memuar asarlarning har tamonlama keng tadqiq etilishi o‘zbek xalqi tarixi va adabiyoti bilan bog‘liq masalalarni yaratishga xizmat qiladi. Tarixiy-adabiy asarlarda Shayboniyxon timsolini tarixiy, adabiy jihatdan o‘rganish orqali Muhammad Shayboniyxon hayoti va faoliyati, uning shaxs va ijod masalalari ham keng tadqiq etiladi. Bu esa kelajak avlodni har tamonlama barkamol inson qilib tarbiyalashda muhim estetik vazifani bajaradi. O‘zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi. Isbot talab bo‘lmagan ushbu haqiqat davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan bugungi kunda Muhammad Shayboniyxon singari shoir, sarkarda, davlat arbobining hayoti va faoliyati mukammal aks etgan, qolaversa, o‘tmish tarixiy voqeyligi to‘la bayon etilgan asarlarni yangicha nuqtai nazardan o‘rganish ham muhim ahamiyatga ega. Shoh va shoir, shayboniylar sulolasi asoschisi, buyuk sarkarda Sulton Muhammad Shayboniyxonning hayot va ijod yo‘li bugungi kunga kelib Sharq va G‘arb tarixchi, adabiyotshunos olimlari tomonidan ulkan qiziqishga sabab bo‘lmoqda. Biroq Shayboniyxon va shoir sulolasi tarixi dunyo hamjamiyatida yetuk figuralar Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur, Chingizxon kabi sarkardalarga nisbatan kamroq o‘rganilib kelingan. Mustaqillikning birinchi choragidan to 2007–2008-yillargacha Shayboniyxon va shayboniylar sulolasining tarixini o‘rganilishining chetda qolishiga bo‘lgan bir 278 Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Special Issue – 1 (2025) / ISSN 2181-3701 qancha sabablar mavjud. Birinchidan, mustaqillikning birinchi yillaridanoq, 1993-yilda Bobur Mirzoning 510 yilligi, 1994-yilda Mirzo Ulug‘bekning 600 yilligi juda keng nishonlandi. 1996-yilda esa buyuk davlat arbobi Amir Temurning 660 yillik yubileyi nishonlandi. Shu munosabat bilan temuriylar shaxsiga e’tibor oshib bordi. Natijada Zahiriddin Muhammad Boburga o‘z davrida dushman bo‘lgan Shayboniyxon va sulolasi tarixining o‘rganilishi ortda qola boshladi. Bundan tashqari Sulton Muhammad Shayboniyxonning o‘zbek xalqi va davlatchiligi tarixini xolis yoritish borasida 1998-yilda Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov va tarixchi, adabiyotshunos olimlar bilan uchrashuv o‘tkazib, unda “O‘zbek” nomini Shayboniyxon bilan bog‘lanilayotganligini hamda o‘zbek xalqining ildizlari juda ham qadimiy ekanligini ta’kidlab o‘tadi. Natijada Shayboniyxon va uning sulolasi tarixi, adabiy muhitini o‘rganishga go‘yo ko‘proq urg‘u bermaslik kabi ko‘rsatmadek qabul qilingan edi. Biroq bu ko‘rsatma berilmagan edi. Bobur Mirzo xalqimizning buyuk farzandi bo‘lgani kabi Shayboniyxon ham yetuk davlat arboblaridan biri hisoblanadi. “Adabiyot, ilm, ma’rifat nuqtai nazaridan u hamon yashayapti. O‘zligimizni anglab, buyuk tariximizni yoshlarga tushuntirsak, ilm-ma’rifatni rivojlantirsak, hech qachon kam bo‘lmaymiz.” [Oʻzbekiston Ruspublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoevning Andijon viloyati “Bogʻi Bobur” istirohat maskanida soʻzlagan nutqidan. 05.06.2017.] Bu kabi sabablar Shayboniyxon va sul
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В данной статье представлена информация о жизни и Султан Мухаммад творческом пути великого полководца, царя и поэта Шейбани-хан, Султана Мухаммада Шейбани-хана, а также об истории Захириддин Мухаммад Ш…»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В данной статье представлена информация о жизни и Султан Мухаммад творческом пути великого полководца, царя и поэта Шейбани-хан, Султана Мухаммада Шейбани-хана, а также об истории Захириддин Мухаммад Ш… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Sultan Muhammad Shaybani Muhammad Shaybani Khan, his contributions to science, “Boburnoma”, "Baburnama", Samarqand adabiy muhiti, Zahiriddin Muhammad Bobur, литература, literature, художественность., critical text, tarixiylik, Самаркандская литературная среда, Захириддин Мухаммад Бабур, Sultan Muhammad Shaybani Khan, adabiyot, artistry, Султан Мухаммад Шайбанийхан, Sulton Muhammad Shayboniyxon, перевод, tarjima, Zahiriddin Muhammad Babur, «Бобур-наме», критический текст, tanqidiy matn, Samarkand literary environment, историчность, translation, badiiylik., historicity
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025