The American Journal of Social Science and Education InnovationsB.M. Botirov, Jour nal Website:2021
RAQAMLI JURNALISTIKANING KELAJAGI
RAQAMLI JURNALISTIKANING KELAJAGI · Sevara Rasulova
Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
This article covers the stages of development, current trends and future prospects of digital journalism. The changes brought by digital technologies to journalism, the processes of artificial intelligence and automation, as well as the changing demands of the audience are analyzed. Keywords: digital journalism, internet journalism, artificial intelligence, media platforms, social networks, information technologies. Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi jurnalistika sohasiga ham katta ta’sir ko‘rsatdi. An’anaviy jurnalistikadan farqli ravishda, raqamli jurnalistika axborotni yetkazishning yangi usullarini yaratdi va auditoriyaning yangiliklarga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirdi. Bugungi kunda raqamli jurnalistika tezkor, interaktiv va auditoriyaga moslashuvchan bo‘lib bormoqda. Jurnalistika jamiyat uchun asosiy axborotyu manbai bo`lib, uning rivojlanishi har doim texnologik taraqqiyot bilan bog`liq bo`lgan. Matbaadan radio va televizorgacha bo`lgan bosqichlarni bosib o`tgan jurnalistika hozirda raqamli davrga moslashmoqda. Raqamli jurnalistika an’anaviy matbuotning elektron shakliga o‘tishidan boshlab internet jurnalistikasi va mobil texnologiyalar orqali axborot tarqatishgacha bo‘lgan jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Dastlab, veb-saytlar orqali axborot yetkazish ommalashgan bo‘lsa, bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar va mobil ilovalar asosiy manbaga aylangan.[1] Sun`iy intellektning rivojlanishi esa jurnalistika sohasiga yangicha yondashuvlarni taqdim etmoqda. Raqamli jurnalistika- bu internet va zamonaviy texnologiyalar yordamida axborotni to`plash, qayta ishlash, nashr qilish va tarqatish usuli. U ana`naviy jurnalistikadan farqli o`laroq, asosan raqamli platformalar- veb saytlar, ijtimoiy tarmoqlar, bloglar, mobil ilovalar va podkastlar orqali tarqatiladi. “Sun`iy intellekt jurnalistlar o`rnini egallay oladimi?” mavzusi bo`yicha factcheck.uz jamoasi tadqiqoti: Sun`iy intellekt algoritmlarining axloqiy me`yorlariga rioya qilishdagi qiyinchiliklari muhokama qilinadi. Masalan, sun`iy intellekt tomonidan yaratilgan kontentning asl nusxasi ekanligi va mualliflik huquqi masalalari, shuningdek, sun`iy intellekt algoritmlarining tarafkashligi va no`to`g`ri ma`lumotlar tarqatish xavfi kabi muammolar yuzaga kelishi mumkin. Inson jurnalistlari o`z auditoriyasi bilan aloqa o`rnatish,fikr almashish, hamdardlik va empatiya namoyish qilish qobiliyatiga ega. Sun`iy intellekt esa hozircha bunday imkoniyatlarga ega emas.[2] Sun`iy intellekt jurnalistlarning ish usulini o`zgartirayotgan bo`lsa-da, inson jurnalistlarning ijodiy tafakkuri va axloqiy qaror qabul qilish qobiliyatini to`liq almashtira olmaydi. “Sun`iy intellekt jurnalistikaga madad” “Amerika ovozi” jamoasi tadqiqoti. Sun`iy intellekt kichik ommoviy axborot vositalarini profossional jihatdan kuchaytirishi, katta 152 medialarda esa xodimlar sonini qisqartirishga olib kelishi mumkinligi ta`kidlanadi. Sun`iy intellekt jurnalistlarning faoliyatini osonlashtirsa-da, inson jurnalistlarining muloqot qilish, intervyu olish va ta`sirchan materiallar yaratish kabi qobiliyatlarini to`liq almashtira olmaydi. Sun`iy intellekt katta hajmdagi ma`lumotlarni tahlil qilishda yordam berib, ularning ishini samarali qiladi. Biroq, bu texnologiya inson jurnalistlarining o`ziga xos mehnatini, ijobiy qobiliyatlarini va muloqot qilish ko`nikmalarini to`liq almashtira olmaydi. Raqamli jurnalistikaning turli muammolari ha ko‘zga tashlanadi.[3] Soxta yangiliklar: Internetda yolg‘on ma’lumotlarning tarqalishi jurnalistika uchun katta muammo tug‘diradi. Ma’lumotlar xavfsizligi: Foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Monetizatsiya: Raqamli media kompaniyalari barqaror daromad olish yo‘llarini izlamoqda. Raqamli jurnalistika yanada interaktiv va foydalanuvchiga moslashtirilgan shaklga o‘tishi kutilmoqda. Virtual reallik (VR) va kengaytirilgan reallik (AR) kabi texnologiyalar jurnalistika tajribasini o‘zgartirishi mumkin. Shuningdek, blokcheyn texnologiyasi orqali axborotning haqiqiyligi kafolatlanishi rejalashtirilmoqda. Har ikkala tadqiqotda ham sun`iy intellekt jurnalistika sohasida ma`lumotlarni tahlil qilish va yangiliklarni yaratishdagi ro`li ta`kidlangan. Factcheck.uz maqolasida axloqiy masalalar va qonunchilikka oid xavflar ko`rsatilgan bo`lsa, “Amerika Ovozi” maqolasida ish o`rinlarining qisqarishi kabi ijtimoiy oqibatlar haqida so`z yuritiladi. Har ikkala tadqiqotda sun`iy intellekt jurnalistika sohasida katta imkoniyatlar yaratishi bilan birga, muayyan xavf va cheklovlarni ham keltirib chiqarishi mumkinligi ta`kidlanadi. Sun`iy intellekt tizimlari ko`pincha belgilangan algoritmlar va ma`lumotlar asosida qaror qabul qiladi.[4] Ular siyosiy, ijtimoiy va madaniy konteksni to`liq anglashda qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Inson jurnalistlari esa voqea- hodisalarni to`liq anglash uchun tarixiy tajribaga tayanadilar. Inson jurnalistlari ko`p yillik tajribaga ega bo`lib, bu tajriba ularning qaror qabul qilish jarayoniga katta ta`si
Доказательный фрагмент
«This article covers the stages of development, current trends and future prospects of digital journalism.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article covers the stages of development, current trends and future prospects of digital journalism. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- digital journalism, internet journalism, artificial intelligence, media platforms, internet jurnalistikasi, axborot texnologiyalari., raqamli jurnalistika, sun’iy intellekt, ijtimoiy tarmoqlar, media-platformalar
Смежные источники
The American Journal of Social Science and Education InnovationsBased On Grammatical Signals, Farokhat Sattarbergan Qizi Karimova +12021
The American Journal of Social Science and Education InnovationsThe Saudi Scholarly Arrangement, Greenbaum G. +12021
Обзор законодательства УзбекистанаИ Эргашев2019