РефератыXoliyorova K. (Ilmiy rah. Baxriyeva D)2015
ALISHER NAVOIY QIT’A VA NASRIY MUQADDIMALARIDA FAXRIYA
Otaqulova Sarvinoz Fozil qizi
Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
В статье рассматривается, что стихотворные строки Алишера Навои полностью написаны в теме гордости, и поскольку основная сущность этих строк формируется чувством гордости, их называют фахрия стихами. Также через примеры раскрыты характерные особенности и функции художественного средства гордости в прологах эпических произведений поэта. Ключевые слова: Фахрия, Фахрия стихи, Художественное средство, Тематический тип. Annotation: he article discusses that Alisher Navoi's stanzas are entirely written in the theme of pride, and because the main essence of these stanzas is formed by the feeling of pride, they are referred to as 'faxriya' stanzas. The article also reveals, through examples, the distinctive features and functions of the artistic tool of pride in the prologues of the poet’s epic poems. Key words: faxriiya, faxriya stanza, artistic tool, thematic type. Faxriya deganda, mumtoz she’riyatda lirik janrlar tarkibida uchraydigan, xususan, lirik qahramon maqsadini yuzaga chiqarishga ko‘maklashuvchi adabiy usul tushiniladi. Bu borada B.Valixo‘jayev faxriya borasidagi fikrlarni davom ettirib, “O‘rta Osiyo xalqlari ijodida bu nomda adabiy janr mavjud bo‘lmasa-da, ammo adabiy-tanqidiy qarashlarni ifoda etish vositalaridan biri sifatida ushbu badiiy vosita qo‘llanishi”[1.10] ni aytib o‘tadi. O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasida “faxriya kichik lirik she’rlarda bir bayt, katta hajmli asarlarda bir necha baytdan iborat bo‘ladi. Ana shunday baytlar ishtirok etgan yoki butunlay shunday baytlardan iborat bo‘lgan asarlar g‘azali faxriya, qasidayi faxriya deb ham nomlanadi”[2.211] , degan mulohazalar keltiriladiki, bularning ba’zilari ilmiy asosga ega emas. Haqiqatan ham kichik lirik janrlardan g‘azalda faxriya bayt bitta bo‘lib, u asosan, maqtadan oldingi bayt hisoblanadi. Ammo, ba’zi bir kichik janrlarda, masalan, qit’alardagi barcha baytlar faxriya ruhida ekanligini ko‘ramiz. Quyida fikrimiz isboti sifatida Navoiy devonidan olingan qit’ani keltiramiz: Navoiy she’ri to‘qqiz bayt-u, o‘n bir bayt, o‘n uch bayt, Ki lavh uzra qalam ziynat berur ul durri maknundin. Bukim, albatta, yeti baytdan o‘ksuk emas, ya’ni, Tanazzul aylay olmas, rutba ichra yetti gardundin.[3.509] Ushbu qit’ada shoir she’rlarining yetti baytdan kam emasligini va undagi har bir so‘zni durga qiyoslab, o‘zining ijodiy mahoratidan faxrlanadi. Bu qit’ada faxriya bayt bir baytni tashkil etmay, balki butun bir qit’a faxriya yo‘sinida yozilganligini sezish qiyin emas. 155 To‘laligicha faxriya ruhida yozilganligi uchun qit’ayi faxriya deb atashimiz mumkin. Alisher Navoiy o‘z ijodida qit’alarini faxriya yo‘sinida yozish usulidan unumli foydalangan. Quyida yana bir misol keltiramiz: Ey Navoiy so‘z ila oncha gavhar sochtingkim, Bahr-u kon kirdi qora yerga sening kilkingdin. Biriga, yo o‘nig‘a, yo yuzig‘a, yo mingiga, Degay el naylagay ortug‘ esa ellik mingdin.[4.508] Birinchi misrada shoir gavhar so‘zini istiora sifatida qo‘llagan va bu istioraviy so‘z orqali ma’noli va qimmatli she’rlarini nazarda tutadi. O‘z ijodini qimmatbaho gavharga teng qo‘yadi. Bu boylik oldida, hatto, dengiz tubidagi xazina konlari uyalib yerga kirganini mubolag’a baddiiy vositasidan foydalangan holda ta’kidlash bilan she’rlariga yuksak baho beradi. Oxirgi ikki baytida nazmiy asarlarining hajmiga urg‘u berish orqali mazmun va hajm jihatdan xalqni hayratga solgan she’rlar yozganligidan faxrlanadi. Yuqorida ko‘rib o‘tganimiz ikkala qit’a ham boshdan- oxir faxriya usulida yozilganligi uchun bu o‘rinda faxriyaga badiiy san’at sifatida emas, balki qit’alarning faxriya qit’a deb nomlanuvchi mazmuniy turi o‘laroq qaraymiz. Ammo lirik janrlarda faxriya baytlar bir necha baytnigina tashkil etgan bo‘lsa, uni g‘azali faxriya yoki qasidayi faxriya deb atay olmaymiz. Chunki bunday hollarda butun bir she’r mazmuni boshqa bo‘lib, faqat bir yoki ikki baytda shoir o‘z menligini namoyish etgan bo‘ladi. To‘laligicha o‘zidan g‘ururlanish ruhida bo‘lmaganligi sabab bunday baytlarga lirik janrlarda faxriya badiiy san’ati qo‘llangan deb qarash maqsadga muvofiq. Yuqorida ko‘rib o‘tgan qit’a yoki “Avesto”dagi Ahura Mazdaga bag‘ishlangan qasidani qasidayi faxriya, qit’ayi faxriya deb nomlaymiz. Bunday vaziyatlarda faxriya badiiy san’at bo‘lmay, lirik asarning mavzu ko‘lami va mazmunini ifodalab keladi. Binobarin, faxriya baytlar faqat lirik asarlar tarkibida emas, balki liro-epik turdagi yirik hajmli dostonlarda ham uchraydi. Bu borada A.Hojiahmedov “faxriya, odatda, liro-epik asarlarning xotima qismidan o‘rin olishi”[5.156] ni alohida ta’kidlagan. Adabiyotshunos tomonidan berilgan ushbu nazariy fikr o‘rinli asosga ega. Ammo yirik hajmli dostonlarda faxriyalar faqat xotima qismlardan o‘rin olmay, muqaddimalarda ham yozuvchining ijodidan iftixori aks etgan baytlar ko‘zga tashlanadi. Namuna sifatida “Saddi Iskandariy”ning muqaddimasidan olingan quydagi parchani keltirishimiz mumkin: Ki, chun “Xamsa” azmin durust ayladim, Kamargohig‘a panja rust ayladim. Yetishmay ko‘p ul ishta panjamg‘a ranj, Nasib o‘ldi besh ganj
Доказательный фрагмент
«В статье рассматривается, что стихотворные строки Алишера Навои полностью написаны в теме гордости, и поскольку основная сущность этих строк формируется чувством гордости, их называют фахрия стихами.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ статье рассматривается, что стихотворные строки Алишера Навои полностью написаны в теме гордости, и поскольку основная сущность этих строк формируется чувством гордости, их называют фахрия стихами. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- faxriiya, faxriya stanza, artistic tool, thematic type, faxriya, mazmuniy tur., qit’a faxriya, badiiy vosita
Смежные источники
The American Journal of Social Science and Education InnovationsPragmatic Aspect, + Yugay Nadejda Yurevna +12021
The American Journal of Social Science and Education InnovationsScientific Project For Humanities Students, Rakhimov Adham Barat Oglu +12021
The American Journal of Social Science and Education InnovationsTorayeva Sayyora Sattorovna2020